3-MAVZU. Byudjet muassasalarida kassa muomalalarining xisobi
Reja
1. Kassa muomalalarini yuritish tartibi.
2. Kassaning kirim va chiqim orderi, kassa daftarini rasmiylashtirish
3.1.Kassa muomalalarini yuritish tartibi.
Kassa muomalalarini yuritish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” bilan tartibga solinadi. Bevosita korxona kassasidan nakd pulni olish va sarflash bilan bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari jumlasiga kiradi. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar o’z kassalarida naqd pul qoldiqlari limitlari chegarasida nakd pullarni sakdab to’rishlari va ularni tushumdan olib, mehyorlar chegarasida foydalanishlari mumkin.
Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o’zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but sakdanishi uchun to’liq moddiy javobgar shaxe hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo’yicha buyruq chiqqanidan so’ng korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to’liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o’z vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqginchalik almashtirishga extiyoj tug’ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O’z navbatida, u bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuziladi. Kassir to’satdan ishni tashlab ketishga majbur bo’lganida (kasal bo’lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komistsiya boshqa kassirga o’tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komistsiya ahzolari imzo chekadi.
Korxona rahbari pul mablaglarining kassada but saqlanishini tahminlaydigan zarur sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan byokitishi va surg’uchli muxr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muxr- lagan paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi. Kassir nakd pul belgilari va tangalarni kassaga qabul qilib olishda O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasining to’lovga yarokutilik alomatlarini aniqpash qoidalariga rioya qilishi lozim.
Bu qoidalarga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining haqiqiyligiga shubha tug’dirmaydigan hamda O’zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri, ataylab buzish alomatlari bo’lmagan, shuningdek, buzilish tarzidan qathiy nazar yuza tomoni (o’ngi)da qiymatining to’lik, mikdori va tasviri saqlangan harfli seriya va raqamlari to’liq saqlangan qog’oz pullar va tangalar to’lovga yaroqli hisoblanadi. Quyidagi kamchiliklarga ega bo’lgan qog’oz pullarni korxonalar tushum sifatida so’zsiz qabul qilishi va bankka topshirishi shart:
♦ istalgan joyida teshiklar, yirtiqlar, qirilgan joylar, dog’lar, qalam va siyoxda yozilgan yozuvlar bo’lgan qog’oz pullar;
♦ yirtilgan va shu yirtilgan joyidan yelimlab yopishtirilgan, lekin ikkala qismi ham bir qog’oz pulga tegishli bo’lgan qog’oz pullar;
♦ bo’yoq tegib, o’z rangini o’egartirib yuborgan joylari bo’lgan qog’oz pullar;
♦ to’liq katgaligi saqlanib qolmagan qog’oz pullar.
Do'stlaringiz bilan baham: |