16-rasm. T-RNK molekulasining beda bargi modeli.
Hosil bo‘lgan t-RNK va aktivlashgan aminokislota birikmasi ribosoma bilan bog‘lanadi va u erda oqsil sintezi jarayoni boradi.
Shu vaqtgacha to‘plangan ko‘plab tajribalar asosida RNK va DNK ni oqsil sintezidagi ishtiroki quyidagicha ta’riflanadi:
Hujayra yadrosidagi DNK ning molekulyar strukturasi uning ribosomalardagi sintezlanadigan oqsil strukturasini belgilaydi. DNK molekulyar strukturasida oqsil molekulasidagi aminokislotalar tarkibi va ketma-ketligini shifrlangan. Bu shifr oqsil sintezlanadigan hujayra ribosomasiga qanday uzatiladi? DNK strukturasidagi shifrlangan informatsiya RNK ning boshqa bir turi - informatsion RNK (i-RNK) yordamida ribosomalarga uzatiladi.
17-rasm. T-RNK molekulasinin beda bargli modeli sxemasining ko‘rinishi.
Informatsiyani tashuvchi t-RNKning i-RNK fraksiyasi hujayradagi ribonuklein kislota miqdorining juda oz kismini tashkil qiladi (2-5%). DNK molekulasidagi shifrlangan informatsiyaning ribosomaga i-RNK orkali uzatilishi uning tarkibidagi purinli va pirimidinli asoslarning komplementarligi hisobiga amalga oshadi.
A.S.Spirinning fikricha i-RNK ma’lum oqsillar bilan birikib informosomalar hosil qiladi. o‘simlik rivojlanishining ma’lum bos qichlarida, masalan, etilgan urug‘ murtaklarida i-RNK uzoq vaqt (unub chiqquncha) aynan informosoma ko‘rinishida, aktiv bo‘lmagan holda saqlanishi mumkin.
I-RNKning sintez jaraeni transkripsiya deyiladi. Quyidagi sxemada hujayra yadrosida DNK dan i-RNK ning sitez jarayoni ko‘rsatilgan.
18-rasm. Yadroda DNK dan RNK sintezi.
Bu jarayon transkripsiya (ko‘chirib yozish) deyiladi. Ya’ni i-RNK ribosomalarga oqsil "shifrini" olib keladi, shu erga transport RNK esa aktivlangan aminokislotalarni keltiradi va aminokislotalar "shifrga" muvofiq polipeptid zanjirini hosil qilib ulanadilar. Sintezlanayotgan oqsilning o‘ziga xos strukturasi ribosomaning tabiatiga emas, balki i-RNKning molekulyar strukturasiga bog‘liqdir. Sintezlanayotgan oqsil strukturasini faqat ribosomaga yadrodan kelgan i-RNK nazorat qiladi. Har bir aminokislotani i-RNKdagi tripletlar shifrlaydi, ya’ni uchta nukleotid ketma-ketligi bitta aminokislotani shifrlaydi yoki kodlaydi va kodon deb nomlanadi. Uchta tirplet - UAA, UAG va UGA oqsil sintezini tugashi haqidagi signalni beruvchi tripletlar hisoblanadi. Ayrim aminokislotalar quyidagicha tripletlar bilan shifrlanadi: UUA va UUG - leysin, AUG - metionin, UAU va UAG - tirozin, AAA va AAG - lizin, AGU va AGG - serin.
Shuni ta’kidlash kerakki, kodonlardagi avvalgi ikkita nukleotid yoki "Harf" muhim bo‘lib uchinchisining ahamiyati kam. Kodonlarda o‘xshash hususiyatlarga ega bo‘lgan aminokislotalar birga gruppalanadi; masalan, ikkinchi o‘rinda U (uratsil)tutgan tripletlar gidrofob aminokislotalarni kodlaydi. Shuni aloxida takidlash kerakki, genetik kod universaldir. Ya’ni, bakteriya, o‘simlik va hayvon organizmlari uchun bir-xildir. Qanday qilib aktivlangan aminokislota olib kelayotgan t-RNK i-RNKdagi shu aminokislotaning polipeptid zanjirdagi o‘rnini aniqlayda?
T-RNK molekulasidagi triplet i-RNKdagi tripletga komplementarlik asosida yaqinlashadi va vodorod bog‘i bilan bog‘lanadi. Bu triplet antikodon deyiladi. Oqsil sinteziga yuqorida keltirilganlardan tashqari bir qator qo‘shimcha faktorlar kerak. Bular polipeptid zanjiri sintezini boshlanishi (initsiatsiya) faktorlari va polipeptid zanjiri sintezining terminator tripletlar tomonidan to‘gatilishi (terminatsiya) faktorlaridir.
Informatsion RNK molekulasi bir vaqtda bir nechta ribosomalar bilan bog‘lanishi mumkin, ular poliribosomalar yoki polisomalar deyiladi.
I-RNK bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan ribosomalarning soni sintezlanishi kerak bo‘lgan oqsil zanjirining uzunligiga bog‘liq bo‘lib 4 dan 100 gacha bo‘lishi mumkin. Oqsil sintezlanadigan joy - ribosomalar faqat sitoplazmada emas, balki mitoxondriya va xloroplastlarda ham bo‘ladi. Ribosomalarda i-RNK ishtirokida oqsilning sintez jarayoni translyasiya deyiladi.
Shunday qilib oqsil sintezining qisqacha sxemasi va bu jarayonda nuklein kislotalarning ishtiroki quyidagicha: DNK molekulasining spirallari ayrim qismlarida bir-biridan uzoqlashib i-RNK sintezlanadi.
I-RNK hujayra yadrosi tashkarisidagi ribosomalar yuzasiga chiqib joylashadi, u erda oqsil sintezi sodir bo‘ladi, ya’ni shu erga t-RNK olib kelgan aminokislotalar polipeptid zanjirini hosil qiladi. Aminokislotalarning polipeptid zanjiridagi o‘rni kodon bilan, ya’ni i-RNK molekulasidagi azotli asoslar tripleti bilan belgilanadi. Sintezlangan oqsil polipeptid zanjiri ribosoma yuzasidan "sirpanib" mustaqil yashashni boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |