1. Kasbiy shakllanish tarixi. Shaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida tushuncha. Motivatsiyani boshqarish masalalari



Download 390,32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2022
Hajmi390,32 Kb.
#646188


1. Kasbiy shakllanish tarixi.
2. Shaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida tushuncha.
3. Motivatsiyani 
boshqarish masalalari
 
1. Kasbiy shakllanish tarixi.
Psixologiya fanining o’z oldiga vazifa qilib qo’yadigan muammolari juda xilma-xil bo’lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning 
asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo’llarini 
aniqlash
, har bir psixik prosessning asosida qanday mexanizm borligi, 
uning o’zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o’rganadi. Psixologiya psixik faoliyatning u yoki bu sharoitda qanday 
ro’yobga chiqqanligini o’rganish bilangina shug’ullanib 
qolmasdan
, bu jarayonlarni qanday boshqarib borish masalalarini ham 
ilmiy asosda o’rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o’rganilayotgan predmetlar orasida eng 
asosiy 
fanlardan hisoblanadiki
, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi. Psixologik 
fenomenga turlicha nazariya bilan yondashish mumkin. Biologik yondashuv miyadagi jarayonlarni va jismoniy o‘zgarishlarini 
o‘rganadi, masalan, yuz qizarishi, asabiylashish holatlari. Evolyutsion yondashuv uchun individning “g‘azab” holati geniga 
ta’siri e’tiborlidir. Bugungi kunda zamonaviy psixologik yondashuvlar ham psixologiyaning nazariyasini boyitib boradi. Ularni 
quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.3 Psixologiya - o‘zi nima? degan savolga bir nechta psixologik ta’riflarni ko‘rish mumkin. 
Avvaliga psixik jarayonlarni o‘rgangan V.Vuntning fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi introspeksiya bo‘lib, u shaxsiy 
psixolog ya’ni emotsional holat va hissiy jarayonlarni o‘zi tahlil qilishidir. 1920 yillardan 1960 yilga qadar amerikalik psixolog 
J.B.Uotson 
introspeksiyani rad etib
, psixologiyani xatti-harakati kuzatuvchi fan deb atadi. Psixologlar 1960 yillarda bu fanni 
xulq va ruhiy jarayonlar haqidagi fan deb atashgan. Ruhiy jarayonlar ichki subektiv jarayon bo‘lib, buni hulqiga qarab 
aniqlaymiz – his qilish, anglash, tush ko‘rish. O‘y-xayol hislardir. Psixologiya fan sifatida kuzatuv asosida fikrlarni tahlil qilish 
va g‘oyalarga baho berishga intiladi - degan ilmiy fikrlar ham bo‘lgan. Turli mazmundagi taassurotlar tufayli paydo bo’ladigan 
hissiy holatlar hayotimizning turli-tuman ko’rinishlaridirki, bularning hammasini psixologiya fani o’rganadi. Psixologiyaning o‘z 
chegaralari bor. U sizga aniq va yakuniy javob bermaydi. Masalan, Lev Tolstoyning quyidagi “Nima uchun yashayapman? 
Nimadir qilishim shartmi? Hayotda kutib turgan o‘limga bo‘ysunmaslikdan maqsad bormi”,-degan savollarga har bir shaxs 
o‘zicha javb beradi. Biroq psixologiya sizga odamning hissiyoti, o‘yi, xatti-harakatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.4 
Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo’lishi haqida yana bir qancha turlituman fikrlar bor. Uzoq asrlar davomida psixika va 
uning paydo bo’lishi, taraqqiyoti masalalariga har xil nuqtai nazardan yondashib kelindi. Psixologiyani to’g’risidagi fan sifatida 
shakllanishida quyidagi 4 asosiy bosqichni ajratish mumkin: 
Psixikaning taraqqiyoti
, uning harakati - o’zgarishidir. Qadimgi 
faylasuflar ruhiy hodisalarning rivojlanishini turlicha talqin etib keldilar, uni ilohiy kuchga bog’lab tushuntirishga harakat 
qiladilar. Masalan, grek filosofi Fales (eradan avvalgi 624-547 yillar) odamning ruhiy hayotini bug’ shaklida tasavvur qilgan 
va uning asosida suv yotadi degan. Anaksimen esa (eradan avvalgi 588-525 yillar) ruhiy hayotning manbai havodir deb 
ta’lim bergan. Geraklit (eradan avvalgi 544-488 yillar) ruhiy hayotning manbaini olov deb targ’ib qilgan. Qadimgi falsafaning 
mashhur namoyandalari Suqrot (eradan avvalgi 469-399) va Platon (eradan avvalgi 427-347 yillar) ham inson psixikasi, 
ruhiy hayoti haqida butunlay boshqacha nazariyani olg’a surganlar. 
Ularning fikricha
, tana va jon boshqa-boshqa qismlardir. 
Go`yoki jon inson tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma’lum vaqtdan so’ng yana o’sha dunyoga qaytib ketadi. Mashhur 
faylasuf Demokrit esa (eramizdan avvalgi 460-370 yillar) inson organizmi atomlardan tashkil topgan, uning ruhi mayda 
atomlardan iborat degan fikrni olga suradi. Psixologiya tarixida psixika va uning taraqqiyoti haqida turli-tuman fikrlar 
yuqoridagilardan tashqari ham juda ko’p. Psixik hodisalarni materialistik nuqtai nazardan talqin etishda mashhur grek 
faylasufi Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) xizmati kattadir. Aristotel qadimgi faylasuflardan birinchi bo’lib 
psixologiyani 
alohida fan sifatida qaradi
, psixik hodisalarga materialistik nuqtai nazardan yondashdi. Uning “Etika”, 
“Ritorika”, “Metafizika”, “Hayvonlar tarixi” kabi asarlarida turli psixik hodisalarga oid fikrlar juda ko’p. Psixologiya bo’yicha 
birinchi ilmiy asar Aristotelning «Ruh to’g’risida» traktati hisoblanadi. Aristotel o’zigacha bo’lgan faylasuflarning, jumladan, 
o’z ustozi Platonning psixologik qarashlarini tahlil qildi. Aristotelning psixologik ta’limotida ruh va tananing o’zaro munosabati 
muammosi muhim o’rin tutadi. 
Geraklit
, Demokrit, Aflotun, Aristotellarning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni 
rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo’ldi. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hozir biz psixika deb atayotgan darajaga 
nisbatan qo’llanila boshladi. Psixika kategoriyasi zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va 
tafakkurga ega bo’lib qolmasdan, ularni unga mansubligini e’tirof etishga ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu 
harakatlarni uni o’zi qilayotganini bilishga ham qodirdir. XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni 
ochib berdi. Fransuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi ta’limotini yaratdi. Ingliz olimi Gobes 
(1588-1679), Fransuz olimi Spinoza (1632- 1677) olamning bir butunligini, tana va jon to’g’risidagi ta’limotni yaratdilar. 
Ingliz olimi Jon Lokk (1632-1704) empirik (tajriba) asosidagi ta’limotni 
empirik psixologiyani yaratdi
, shundan keyin rus 
olimlari I.M.Sechenov, I.P.P avlov, I.E.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy inikos nazariyalarini yaratdilar. Refleks haqidagi tushuncha 
organizmning tashqi ta’sirga qonuniy javob reaksiyasi sifatida paydo bo’ldi. I.M.Sechenov (1829-1905) «Bosh miya 
reflekslari» (1963) asarida «ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir», 
degan xulosaga kelgan edi. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g’oyasini ilgari 
surdi. Bu muhim nazariy qoidalari I.P.Pavlov (1849-1939) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va 8 aniqlashtirildi.

Download 390,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish