3. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash
Kadrlar zaxirasi deyilganda o’z amaliy va shaxsiy sifatlari bo’yicha muayyan darajadagi rahbarga qo’yiladigan talablarga javob beradigan, saralashdan, maxsus boshqaruv va kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan hamda rahbarlik faoliyatini amalga oshirishga qodir bo’lgan xodimlarning maxsus shakllantirilgan guruhi tushuniladi.
Personal bilan ish olib borishning boshqa ko’pgina yo’nalishlari kabi kadrlar zaxirasi bilan ishlash ham kompleks xarakterga ega va o’zaro bog’liqdir (21- rasm).
Ma’lumki, kompaniya va firmalarda kadrlar siyosati yopiqhamda ochiq bo’lishi mumkin. Yopiq turdagi kadrlar siyosatida zaxira manbalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
Ochiq turdagi kadrlar siyosatida zaxiraga korxona o’zidagi, boshqa kompaniya va firmalardagi, davlat, tijorat va xususiy korxonalardagi, jamoat birlashmalari, boshqa tashkilotlardagi rahbar xodimlar, mutaxassislar kiritilishi mumkin. Xodimlarni deyarli barcha bo’g’inlardagi rahbarlik lavozimida o’stirishga jalb etish zaxirani shakllantirish oshkoraligini ta’minlaydi.
Zaxiraga kiritishning ikki turi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |