10- sinf ona tili
1.juring, chig‘ing, ataso'zlari qaysi shevalarga xos?
A) Farg'ona shevasiga B) Xorazm shevasiga
C)Toshkent shevasiga D) Buxoro shevasiga
2.Adabiy til ifodalanishiga ko‘ra necha turli bo'ladi?
A)4 turli B) 3 turli C) 2 turli D) 1 turli
3. Ma'dan so'zining ma'nosi xato berilgan javobni toping
A) mieral B) gavhar C) ruda D) metall
4.Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi...
So‘z san’atkorlari tilga alohida e’tibor berib keldilar, uslub va ifodaning sodda bo‘lishini, nutqda fikriy mujmallikka yo‘l qo‘ymaslikni targ‘ib etdilar
A) Badiiy uslub B) Ilmiy Uslub
C) Publitsistik uslub D) Rasmiy uslub
5. To‘g‘ri gapirish va yozishni o‘rgatadigan bo'lim?
A) Grammatika B) Morfologiya
C) Sintaksis D) Orfoepiya
6.MURSHID so'zining ma'nosi tog'ri berilgan javobni toping.
A) Pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs.
B) Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz
C) Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilim don kishilarga, so‘ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan.
D) Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta xonasi.
7.Ovqat so'zining faqat odamlar iste'mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo'llanuvchi sinonimi tog'ri berilgan qatorni toping
A) tomoq B) xo'rak C) oziq D) taom
8.yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor sinonimlar qatorida salbiylik bo'yogiga ega sozlar soni qancha?
A) 4 ta. B) 3 ta. C) 5 ta. D) 2 ta
9. Arxaik so'z berilgan qatorni toping
A) otaliq. B) qozi. C) dudoq. D)cho'ri
10.Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma'nosini anglatuvchi so'z to'g'ri berilgan javobni aniqlang.
A) Diversifikatsiya B) Modernizatsiya
C) Brifing D) Strategiya
11.o‘tgan zamon shakli so‘zlashuv uslubi taqozosiga ko‘ra kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan
A) Shunda sizni azob emas, rohat kutadi
B) Bir kun bu alamlar unutilgay
C) Xo‘sh, anovi divanni nima qildik?
D) Buvasi gapiradi, Mamadali tinglaydi.
12. Buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shimchasi ko‘pchilikni «senlash» ma’nosida qo'llangan gapni toping
A) Nazoratchi kelib, sim to‘siqning beriyog‘ida to‘planib qolgan tomoshabin mahbuslarga, ketinglar deb buyurdi.
B) Voy, bo‘ylaringizga tasadduq. Xush kelibsizlar.
C) Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab qoldilaringmi? Qani, jo‘nalaring!
D) Menga holiroq joy bering, keyin o‘sha odamni sekin chaqirasiz.
13.so‘roq bilan birgasevinch-hayajon ma'nolari yuklangan soz berilgan qatorni toping
A) Shunaqayam bo‘ladimi?!
B)Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?!
C) Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?
D) Tez-tez yurmaysanmi?!
14.BALO so'zining «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun qollanuvchi varianti berilgan qatorni toping
A) Ustamon B) Bilarmon
C) Epchil D) Uddaburon
15. Qaysi qatordagi undalmada emotsionallik bo'yog'i ortiqroq
A) Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydir ko‘ngil.
B) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim.
C) Qizginam-ey, qizginam-ey nimalar qilib qo‘yding
D) Hamqishloq, yaqinda muddatingiz tugab uyga ketasiz
16. Ergash gap qismida tovush o'zgarishi bo'lgan ergashgan qo'shma gap berilgan javobni aniqlang
A) Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman, negaki yo‘qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan.
B) Shodi akaning gaplarini eslayman, ammo qanday ko‘rinishi esimdan chiqib ketgan.
C) To‘satdan yana nog‘oralar gumburlaydi, otlar kishnaydi
D) Bu yoqqa tashib ovora bo‘lmayin deb, idish-tovoqlarni tashqari hovlida yuvdim.
17. Istak, mamnunlik ma'nosini ifodalagan kirish berilgan qatorni toping
A) Tavba, u kelmaydimi? B) Xullas, u keladi
C) U, xayriyat, keldi D) U, albatta, keladi
18.Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A)Aql ko‘pga yetkazadi // hunar bo‘lsa insonni ulug‘likka yetkazadi.
B)Men bu qizni yaxshi taniyman // o‘tgan yil tanlovda birga qatnashgan edik.
C)Dadam shu atrofdan // qishloqdan chiqaverishdan, do‘kon qidirdi.
D)Uylar, devorlar, daraxtlar // hamma narsa qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
19.Jismoniy poklik − har kimning ishi, ma’naviy poklik esa vijdonning ishi.
Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A)Ushbu gapda bitishuvli, moslashuvli va boshqaruvli so‘z birikmalari ishtirok etgan.
B)Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida ot va sifat turkumiga oid so‘zlar hokim qism vazifasini bajargan.
C)Ushbu gapdagi barcha so‘z birikmalarining tobe qismlari yasama so‘zlar bilan ifodalangan.
D)Ushbu gapdagi barcha so‘z birikmalari aniqlovchili birikmalar sanaladi.
20.Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri emas?
A) oq oltin − pilla
B) charm qo‘lqop ustalari − bokschilar
C)yaylov bahodirlari − cho‘ponlar
D)hayvonlar podshosi − sher
Do'stlaringiz bilan baham: |