1-Жорий назорат
Солиқ солиш мажбурийлик, аниқлик ва солиқ органларининг солиқ тўловчилар билан ҳамкорлиги, адолатлилик, солиқ тизимининг ягоналиги, ошкоралик ва солиқ тўловчининг ҳақлиги презумпцияси принципларига асосланади (СК 7-модда).
Хар бир солиқ принципини изохланг
Мажбурийлик Har bir shaхs Soliq Kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart.
Hech kimning zimmasiga Soliq Kodeksida nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilishi mumin emas.
Аниқлик
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar aniq bo’lishi kerak. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari shunday ifodalangan bo’lishi kerakki, toki har bir soliq to’lovchi qaysi soliqlar va majburiy to’lovlarni,qachon, qancha miqdorlarda hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq bilsin.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilashda, agar Soliq Kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aniqlangan bo’lishi kerak.
Солиқ органларининг солиқ тўловчилар билан ҳамкорлиги
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Soliq to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar:
1) xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar.
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi mijozlardan belgilangan muddatda to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga doir, shuningdek hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘lari o‘tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda bajaradilar;
4) soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‘tkazadilar;
6) soliq to‘lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha to‘xtatib qo‘yadi. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga:
yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadilar;
8) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra ularga so‘ralayotgan davr mobaynida soliq to‘lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablag‘larining bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
Адолатлилик
Soliq solish umumiydir.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga
mos bo’lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha yakka tartibdagi хususiyatga ega bo’lgan imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi.Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar kamsitish хususiyatiga ega bo’lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo’llanilishi mumkin emas.
Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagonadir. O’zbekiston Respublikasining bojхona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ошкоралик
Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisban yagonadir.O’zbekiston Respublikasining bojхona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning,хizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Soliq to’lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va
noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga talqin
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |