1. Йўлдошев Н.Қ., Набоков В. И. Менежмент назарияси. Дарслик. Т.: Тдиу, 2013,-433 6



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana09.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#190283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-maruza. BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL QILISH

Ishlash qobiliyatining o’rtacha 

statistik o'zgarishlari


41

Majlis ishtiroqchila rining holatini

uning davomiyligiga bog'liqligi



Qabulga tayyorgarlik ko’rish uchun quyidagilar 

zarur:


•keluvchidan kelishning maqsadini aniqlash;

•suhbatning davomiyligini oldindan belgilash;

•agar mo'ljallangan maqsadga rejalashtirilgan 

vaqt davomida erishishning iloji bo’lmasa, 

suhbatni boshqa vaqtga ko’chirish;

•xususiy axborotni qabul oxirida bayon qilish;

•suhbatga tayyorlanish va kerakli hujjatlarni 

tayyor holda ushlab turish.

42



Agar majlis cho’zilib ketsa, keluvchi esa uni 

tugatishni istamasa, quyidagilar maqsadga 

muvofiqdir:

-umumiy xulosani aytish va suhbatni yakunlash;

-qo'l soatiga qarash;

-turish va keluvchini eshikkacha kuzatish;

-kotib bilan, u suhbatni uzib qo’yishi va keyingi 

ish haqida eslatishni kelishib olish;

-keluvchini suhbatgacha va uni yakunlashdan 

oldin sizni boshqa keluvchilar kutayotganligi va 

sizning vaqtingiz cheklanganligini xabardor qilish;

-oddiygina qilib, siz hozir suhbatni tugatishni 

istayotganligingizni aytish.

43



Keraksiz qo'ng'iroqlardan himoyalanish va 

ularni qulay vaqtga ko’chirish uchun 

quyidagilarni qilish kerak:

•bo’lajak abonentlarni qachon ularni qo'ng'iroq 

qilishlarini istashingizni xabardor qilish;

•suhbatning ohirida "Menga bir amallab 

qo'ng'iroq qiling" kabi jumlalardan qochish;

•sizdan xabar kutayotgan sherikka, aniq 

ma'lum vaqtda, u sizga qo’ng’iroq qilmasidan 

oldinroq qo’ng’iroq qilish;

•barcha kiruvchi telefon qo’ng’iroqlarini kotib 

orqali o’tkazish yoki vaqti-vaqti bilan avtojavob 

beruvchidan foydalanish.

44



Telefonda so'zlashishlarni olib borish bo'yicha bir 

necha aniq maslahatlarni beramiz.

1. Qisqa bo'lish va suhbatni boshlanishi uni borishi va 

tugashini belgilab berishini hisobga olish zarur.

2. Oldin sherikka qo'ng'irog'ingizning maqsadini xabar 

qiling, keyin esa sababini tushuntiring.

3. Suhbatni boshqa apparat bo'yicha muhim qo'ng'iroq 

bo'lganligi sababli uzib qo'ymang. 

4. Xodimlar bilan "parallel" suhbatlardan qoching.

5. Uzun suhbatning oxirida qisqacha xulosalar qiling va 

qo'rilishi kerak bo'lgan choralarni sanab o'ting.

6. Suhbat vaqtida muhim axborotlarni yozib boring, u 

bilan, ehtimol, qo'l ostidagilar va hamkasblarni 

tanishtirish kerak bo'lishi mumkin.

7. Suhbatni muloyimlik bilan tugating. 

45



Kiruvchi pochtani ishlab chiqishni ratsionalizatsiyalash 

uchun quyidagilar zarur:

•sizning stolingizga faqat siz uchun ahamiyatga ega 

bo'lgan yozishmalarni qo’yish haqida ogohlantirish;

•kotibga kiruvchi pochtani oldindan navlarga ajratishni 

(masalan, ustivorligi bo’yicha) va uni maxsus papkalarga 

joyl ashtirishni topshirish;

•kiruvchi xatlarga kerakli izohlovchi materiallarni 

qo’shish haqida topshiriq berish;

•xatlarni o’qishda muhim joyl arni darhol belgilab 

qo’yish, bu sizga va boshqalarga ularning keyinchalik 

ishlab chiqishni osonlashtiradi.

•xatni ishlab chiqish bo’yicha ko’rsatmalar va 

mulohazalar bilan ta'minlash;

•xatni olgandan keyin darhol, ya'ni pochta ko’rib chiqish 

vaqtida ishlab chiqish va choralar ko’rish.

46



O'zining yillik, oylik, haftalik va kunlik 

rejalarning quyidagi savollarga javob bergan 

holda, muntazam ravishda nazoratini amalga 

oshirish zarur:

-Qanday natijalarga erishildi?

-Nima qilinmay qoldi va nima uchun?

-Qayerda vaqt yo'qotildi?

-Keyingi davrni rejalashtirish uchun qanday 

xulosalar chiqarish mumkin?

47



7.4. Menejer faoliyatini 

rejalashtirish va tashkil qilish 

uchun qurollar

48



Vaqtning kundaligi 

- bu ishni 

boshqarishning uni soatlar bo'yicha 

bajarilishini rejalashtirish, umumiy 

maqsadning bir qismi sifatida kundalik 

vazifalarni belgilash va ulardan eng 

muhimlarini ajratishga imkon beruvchi 

vositadir.

49

Vaqtning kundaligi



- bu

shaxsiy maqsadlarga

erishish, vaqtdan samarali

foydalanish uchun

qo'shimcha vositadir. 



Xizmat va xususiy ishlar bo'limida (tegishli 

varaqlar va ishchi daftarlarda) quyidagi 

axborotlarni yozish va doimo o'zi bilan olib 

yurish mumkin:

yarmarkalarni o’tkazilishi muddati;



kitoblar ro’yxati;

poezdlar va samalyotlarni harakatlanish 



jadvali;

tug’ilgan kunlar ro’yxati;



rejalashtirish uchun universal varaqlar;

g’oyalarni yozish uchun varaqchalar va 



h.k.

50



Jahonda keng tan olingan menejer vaqtini 

rajalashtirish va boshqarishning bir necha aniq 

tizimlari mavjud. Ulardan biri - bu Yevropada 

1-reytingga ega "Taym Menejer" tizimidir. U 

birinchi marta Time Manager International 

kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, bu 

kompaniya menejment va shaxsiy rivojlanish 

sohasida Yevropada yetakchi bo'lib, 1975 yilda 

Daniyada tashkil topgan.

51



Taym Menejerning har qanday bazaviy varianti 

majmuasi beshta asosiy elementlardan tashkil 

topadi:

halqali qisqichlarga ega papkalar;



blankalarning standart majmuasiga ega 

qutilar;

Taym Menejerdan foydalanish bo'yicha 



"Shaxsiy samadorlikka kalit" yo’riqnomalari;

kompaniya mahsulotlari katologi;



qo’shimcha blankalar namunalari.

52



Halqali mexanizmga ega papkada qo’yidagilar 

bo’ladi:


17 ta xatcho’p;

alfavitli telefon davt archasi va 18 oylik 



kalendar - yon daftarcha ga ega chiqarib 

olinadigan muqova. Muqovada yana chek 

daftarchasi, bloknot va kichkina qalamcha 

uchun joy bor;

avtomatik qalam;



Taym Menejerning standart majmuasiga 

kiruvchi har bir blankaning bittadan nusxasi.

53



Taym Menejer tizimi quyidagilarga imkon 

beradi:


ishda yuqori natijalarga erishish;

ustivorliklarni belgilash;



holatni to’g’ri baholash;

muhim ishlarni esdan chiqarmaslik;



vaqtdan samarali foydalanish;

boshqa insonlar bilan yaxshi hamkorlik 



qilish;

o’zining ijodiy solohiyatini oshirish;



vazifalarni to’g’ri taqsimlash;

o’zgarishlarga egiluvchan va xotirjam 



munosabatda bo’lish.

54



55

Vakolat – bu biror shaxs, muassasa, tashkilot, davlat va 



shu kabilar nomidan ish qilish uchun berilgan huquq, 

vakillik huquqi. Masalan, xalq noyibi o’zining yuksak 

vakolmtini saylovchilardan oladi.

Vakolatli – vakolati bor, vakillik huquqiga ega bo’lgan 



sub’yekt. Masalan, vakolatli muassasa, tashkilotlar 

bo’lmasa xalq demokratiyasining bo’lishi mumkin emas.

Vakolatnoma – vakillik huquqini beruvchi hujjat, 



ishonch qog’ozi, tilxat.

Vakolatxona – biror davlat tomonidan o’zga yerda ta’sis 



etilgan va uning manfaatlarini ko’zlab ish ko’radigan 

muassasa. Masalan, O’zbekistonning chet eldagi muxtor 

vakolatxonasi.



56

Boshqaruv tizimida rahbarlar tomonidan o’z 



qo’li ostidagi xodimlarga o’zi javobgar 

bo’lgan vazifalarni hal etish yoki ishlarni 

amalga oshirish huquqini berib qo’yishi 



57

Vakolatlarni topshirib qo’yish tufayli rahbar boshqa 



ishlarning talayginasini bajarishi, istiqbolli va eng asosiy 

masalalarga diqqat-e’tiborini ko’proq jalb etish 

imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni chog’da u umumiy 

rahbarlik va umumiy nazoratni o’z qo’lida saqlab qoladi.

Vakolat shaxsga emas, balki lavozimga beriladi. 



Shaxsning lavozimi o’zgarishi bilan unga berilgan 

vakolat ham o’z kuchini yo’qotadi. Masalan, mahsulotni 

sotish bo’limida rahbar bo’lib ishlagan, so’ngra 

mahsulot rusumiga javob beruvchi yuqori lavozimga 

ko’tarilgan bo’lsa, endi u oldingi bo’limdagi xodimlarga 

to’g’ridan to’g’ri bo’yruq bera olmaydi.




58

Vakolat ma’sliyatni keltirib chiqaradi




59

Vakolat – bu vakillik huquqi bo’lsa, 



Mas’uliyat bu biror ish, hatti-harakat oqibati, 

natijasi uchun bo’lgan javobgarlikdir. 



60

- umumiy mas’uliyat;

bu korxonaning 

boshqaruv faoliyatini ta’minlovchi shart-

sharoitlarni yaratish bo’yicha mas’uliyatlar 

majmuasidir. 

- funksional mas’uliyat.

bu aniq 


ishlarni bajarish bilan bog’liq bo’lib, u 

odatda bajaruvchilarga yuklanadigan 

mas’uliyatdir.



61

Vakolat > mas’uliyat ---> ma’muriy 



o’zboshimchalikka yo’l qo’yiladi;

Vakolat < mas’uliyat ---> boshqaruv 



faoliyatini falajlikka olib boradi;

Vakolat=mas’uliyat ---> boshqaruvning bir 



maromda borishini  ta’minlaydi. 


62

- markazlashgan

- markazlashmagan 



63

Vakolatlarning markazlashuvi – bunda vakolatlar asosan 

boshqaruvning yuqori bo’g’inida markazlashgan 

bo’ladi.


Afzalliklari – boshqaruvning strategik yo’nalishdagi 

ustuvorlikni, qaror qabul qo’ilish imkonini vaziyatni 

yaxshi tushunadigan kishilar qo’lida bo’lishini 

ta’minlaydi, boshqaruv funksiyalarining takrorlanishiga 

barham beradi. 

Kamchiliklari – axborotlarni jo’natish xarajatlarini 

ko’paytiradi, ularni aniqligiga putur yetkazadi, qaror 

qabul chqilish imkonini vaziyatni yaxshi 

tushunmaydigan kishilar qo’lida bo’lishiga imkon 

tug’diradi, boshqarish jarayoni bo’g’ib qo’yadi, uni 

dag’allashtiradi.



64

Markazlashmagan vakolat – bunda vakolatlar asosan 

boshqaruvning quyi bo’g’inida mujassamlashgan 

bo’ladi.


Afzalliklari – boshqaruvning ixchamligi, harakatchanligini 

va mohirligini ta’minlaydi, markazni ikkinchi darajali 

muammolar bilan shug’ulllanishdan holi qiladi, 

axborotlar oqimini qisqartiradi, qaror qabul qilish 

imkonini vaziyatni yaxshi tushunadigan kishilar qo’lida 

bo’lishini ta’minlaydi.

Kamchiliklari – qarorlarning taktik xarakterda bo’lishini 

ahamiyatli qiladi, boshqaruv faoliyatini 

muvofiqlashtirishni qiyinlashtiradi, umumtashkiliy 

manfaatlarni inkor etadi, ko’pchilikdan ajralishga va 

tashkilotning yemirilishiga olib kelishi mumkin.



65

Vakolatlar butkul markazlashgan 



yoki batamom markazlashmagan 

bo’lishi mumkin emas.




66

Sabablari:

1.

«Men buni yaxshiroq bajaraman» degan yanglish fikrga 



borish (ya’ni rahbar mayda-chuyda ishlar domiga 

tortiladi);

2.

Bo’ysunuvchilarga ishonmaslik (ya’ni  xodimlar aynan 



shu muhitda ishlashga moslashadilar, tashabbau 

yo’qoladi);.

3.

Tavakkalchilikdan qo’rqish (ya’ni muammolarga javob 



berish xavfi tug’iladi);

4.

Rahbarlik qilish qobiliyatiga nisbatan gumonsirash;



5.

Rahbariyatni kutilishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoh 

qilish uchun tanlama nazoratning yo’qligi (vakolat 

berish orqali rahbariyat joylardagi xodimlar ishini 

samarali nazorat qilishga va natijalar to’g’risida axborot 

olishga imkon tug’dirishi lozim).




67

Sabablari:

1. Bo’ysunuvchi muammoni o’zi yechishdan ko’ra, uni hal 

qilish yo’lini rahbardan so’rab olishni afzal ko’radi.

2. Bo’ysunuvchi yo’l qo’ygan xatosi uchun tanqidga 

uchrashdan qo’rqadi.

3. Berilayotgan topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishi uchun  

bo’ysunuvchi ixtiyorida zaruriy resurslar va axborotlar 

bo’lmaydi.

4. Bo’ysunuvchi zimmasiga yuklangan ish u bajarishi 

lozim bo’lgan ish ko’lamidan ham ko’p yoki u aynan 

shundoq deb hisoblaydi.

5. Bo’ysunuvchi o’ziga nisbatan ishonchi yo’q. 

6. Bo’ysunuvchiga topshirilayotgan qo’shimcha vakolat 

yoki mas’uliyat qo’shimcha rag’batlantirilmaydi.



68

farmoyishli vakolat,



bu vakolatga ega bo’lgan 

shaxs kimga taalluqli bo’lsa, o’shalarning ijro etishi 

uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilishga haqlidir. 

idoraviy vakolatlar.



korxonadagi funksiyalarning 

murakkablashib, u bilan bog’liq bo’lgan boshqarish 

jarayonining qiyinlashib borishi sababli vujudga keladi. 

Ushbu boshqarish strukturasi har bir yo’nalishdagi 

vakolatga ega bo’lgan rahbar qoshida ixtisoslashgan 

xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablarni 

tuzish orqali tashkil etiladi. O’z vakolatiga ega bo’lgan 

shtablarning vazifaschi o’zlariga tegishli muammolarni 

o’rganish orqali bo’g’in rahbarlariga qarorlar qabul 

qilishda yordam berishdan iborat.




69

Chiziqli vakolatlar

, vakolat turlarining eng asosiysi bo’lib, tashkilotlarning 

iyerarxik tuzilishining paydo bo’lishi bilanoq vujudga kelgan. U yakka 

hokimlik tarzda rahbarlik qilishga, ya’ni qonun doirasida:

- buyruq va farmoyishlar berishga;

- barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishga asoslangan. Chiziqli 

vakolatli rahbarni odatda, chiziqli rahbar deb ataladi.

Chiziqli vakolatda rahbar bilan bo’ysunuvchi o’rtasida to’g’ridan to’g’ri 

ma’muriy aloqa o’rnatilib, rahbar bo’ysunuvchiga mo’ljallangan 

maqsadli bajarish uchun qachon, qayerda va nimani bajarish yoki 

bajarmaslik to’g’risida bevosita ko’rsatma beradi. Uni farmoyish yoki 

buyruqda ifoda etadi.

Chiziqli vakolatga ega bo’lgan rahbar zimmasiga, odatda korxona 

faoliyatini tezkorlik bilan boshqarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar 

kiradi.


Funksional vakolatlar

, odatda bilvosita aloqa sharoitida amalga oshiriladi. 

Bunda vakolatlar ma’lum doirada cheklangan bo’ladi. Chunki har bir 

boshqaruv bo’g’inidagi rahbarga muayyan funksiyalar biriktirib 

qo’yiladi.

Bu tarzda vakolatlarni berish  boshqarish samaradorligini ancha oshiradi. 

Chunki oldin boshqarishning barcha funksiyalarini bajarish vakolatiga 

ega bo’lgan yagona universal rahbar o’rniga endi o’z soxasini puxta 

biladigan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan 



70

Tavsiyali vakolatlar   faqat tavsiya xarakteriga ega. Bu vakolatga ega bo’lgan 

shaxslar rahbarlarga yoki bajaruvchilarga u yoki bu murakkab masalalar yechimi 

bo’yicha o’z takliflarini, zaruriyat tug’ilgan hollarda beradilar. Rahbar bu 

takliflarni qabul qilishi yoki e’tiborsiz qoldirishi ham mumkin. 

Ammo e’tiborsiz qoldirgan hollarda tavsiya beruvchi mutaxassis o’z takliflarini 

mazkur masala yechimi uchun o’ta zarurligini, o’z xizmatini behudaga 

qilmaganini rahbarga tushuntirib, uni ishontirishga harakat qilmog’i darkor.

Muvofiqlashtiruvchi vakolatlar hamkorlikda qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish 

bilan bog’liq. Mazkur vakolatga ega bo’lgan shaxs yoki bo’lim yuqori rahbariyat  

nomidan ayrim boshqaruv sub’yektlari faoliyatini moslashtirib, uni korxona 

maqsadiga qarab yo’naltirishga haqlidurlar. Odatda, bunday vakolatga korxonada 

murakkab yoki bahsli muammolar vujudga kelib ularni yechish zaruriyati 

tug’ilgan hollarda ehtiyoj tug’iladi.

Hisob va nazorat qilish vakolatiga ega bo’lgan shax syoki guruhlar tekshirilayotgan 

ob’yekt bo’yicha ularning rahbarlaridan barcha zarur ma’lumotlarni talab qilishga 

haqlidurlar. Tekshiruv asosida tayyorlangan materiallarni o’zlarining xulosalari 

Bilan birga yuqori bo’g’inga taqdim etish hisob va nazorat qilish vakolatiga ega 

bo’lganlarning asosiy vazifasidir.

Murosaga keltiruvchi vakolatlarning mohiyati shundan iboratki, shu huquqga ega 

bo’lgan shaxs qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan daxldorlik darajasiga qarab 

albatta o’z fikrini bildiradi. Buni u ham chiziqli, ham funksional vakolatlar 

doirasida bajaradi. Bunday vakolatlar: 

- ehtiyotkorlikka da’vat etuvchi va

- muhosara qiluvchi vakolatlar ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Ehtiyotkorlikka da’vat etuvchi vakolatga ega bo’lgan shaxs, masalan, yurist rahbar 

qabul qilgan qarorlarning qonun va o’rnatilgan tartiblarga mos tushish yoki 

tushmasligini tekshiradi va undagi kamchilik yoki qonunni buzganligini aytib, uni 

to’g’rilashga da’vat etadi. Agar rahbar haqqoniyligini isbotlasa-yu, yurist bu bilan 

qoniqmasa, u holda rahbarning zimmasida mazkur qonunbuzarlikning oqibati 

saqlanib qoladi.

Muhosara qilish vakolatiga bosh buxgalter ega bo’ladi. Uning roziligisiz, imzosisiz 




1. Qanday mehnat boshqaruvchi bo'ladi?

2. Boshqaruv mehnatning xarakt eri nimadan iborat?

3. Boshqaruv mehnatning qaysi turlari mavjud?

4. Boshqaruv mehnatni ilmiy tashkil qilish nimaga asoslanadi?

5. Boshqaruv mehnatni ilmiy tashkil qilishning yo'nalishlari qanday?

6. Ish kunini suratga olishda nima o'rganiladi?

7. Rahbarning "o'zini o'zi boshqaruvni" atamasi nimani bildiradi?

8. Rahbarning shaxsiy ishini (o'zini o'zi boshkaruvining ) tashkil qilish qanday 

vazifadan boshlanishi kerak?

9. O'zini o'zi boshqarish doirasini markazida qanday vazifa turadi?

10. Menejer vaqtini rejalashtirishning qanday asosiy qoidalari maqjud?

11. O'rtacha statistik odamning ishlash qobiliyati ish kuni davomida qanday 

o'zgaradi?

12. Ishga doir majlislarni tayyorlash va o'tkazishning asosiy qoidalari qanday?

13. O'zini o'zi nazorat qilishning qanday turlari mavjud?

14. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish qurollarini nimalar 

tashkil qiladi?

71



Savollar???????????????????

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish