1. Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalari. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatini rivojlanishining davrlari



Download 27,13 Kb.
bet3/8
Sana27.03.2022
Hajmi27,13 Kb.
#513035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalari. Jismoniy tarbiya

davrlari

Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojlanishi bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi.


Birinchi davr - bashariyat tarakkiyotining ilk davridagi harakat-faoliyatini organizmga ta’siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.I. 1975), ularning to‘planishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va to‘plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
Ikkinchi davr — jismoniy tarbiya jarayonida ko‘llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi — qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri za O‘rta asrni o‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati konuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o‘rganib ulgurmaganliklari orkali jismoniy mashqlar ta’sirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar^Shunga ko‘ra bu davr jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning foydasini tashqi ko‘rinishlarga qarab baholangan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo‘lib, u mavjud zositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
O‘rta asrning o‘rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o‘yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo‘yicha dastlabki qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy dunyoqarashlari vujudga keldi (Usmonxo‘jaev T.N. 1995).
Uchinchi davr — jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiz to‘planishi, uyg‘onish davridan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o‘qitish, davolash haqidagi fanning rivojlanishi
filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammolariga e’tibor kila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mohiyati haqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy ma’lumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu ma’lumotlar hali turlicha, chunki, ko‘pincha o‘sha davrda mustakilrok sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo‘l-yo‘lakay, ammo zarur bo‘lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko‘pincha o‘z muammolarini jismoniy tarbining rolini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayok pedagog-gumanistlar va hayoliy sotsialistlar jismoniy tarbiyada bir butun tarbiyaning majburiy kismlardan biri deb karay boshladilar.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat pedagog I.G.Pestalotsii tomonidan (1746-1827) bolalar harakat qobiliyatini rivojlantirish uchun tuzilgan jismoniy mashklar tizimida bo‘g‘inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika nazariyasi ichida alohida o‘rinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashklar «biomexanika»si bo‘yicha izlanishlar olib borildi, 19 asrda esa jismoniy tarbiya haqida ilmiy- nazariy ishlar vujudga keldi.
Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning o‘rni hamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘llari aniklandi.
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha bo‘yicha ilmiy farazlar va bilimlar to‘planishi orkali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
To‘rtinchi davr — 19 asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga xam ta’sir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi' nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (18371909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr — rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib,
fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o‘sha davrda progressiv hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali mehnat kildilar. Amaliy materiallarning mo‘lligi, yangi konuniyatlarning ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metrologiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolaщ fizkulturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yukoridagi fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muammosi — bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izohlab, isbotlab olishni isbotladi.



Download 27,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish