Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo’llari. Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. Iqtisodiy jinoyatga:
1) oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish;
2) oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlar;
3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;
4) xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga aylantirildi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-may kuni imzolangan farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjatda departament vazifalari va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan izohlanadi.
Departament Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish,shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash kabilarni amalga oshiradi.
Xulosa O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga aylantirildi. Bu O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-may kuni imzolangan farmonida ko'zda tutilgan. Hujjatda departament vazifalari va vakolatlarini qayta ko'rib chiqish zaruriyati budjet mablag'larini talon-taroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan izohlanadi.
Departament Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo'yicha tezkor qidiruv faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o'tkazish, shuningdek koʻrsatib o'tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar oʻmini qoplash kabilarni amalga oshiradi.
Departament tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi, Axborot-tahlil bo'limi va Tashkiliy nazorat bo'limi tashkil etildi. 2018 yil 1-iyuldan prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalari kompleks ekspertiza markazi departamentga shubhali operatsiyalar to'g'risidagi zarur axborotlarni taqdim etishni boshlaydi. Departamentga Markaziy bank va Moliya vazirligidan bank hisoblari va yagona g'aznachilik hisobi bo'yicha davlat pul mablag'lari harakati bilan bog'liq ma'lumotlarni so'rash va olish huquqi berildi.