7-Mа’ruzа: Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari
1.Jarohat va kasbiy kasalliklar.
2.Xotin-qizlar, yoshlar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilish.
3.Jarohatlarni tadbiq qilish turlari.
Jarohat va kasbiy kasalliklar.
Jarohat - tana a’zolarini va tukimalarni kutilmagan xolatda tashki ta’sir ostida shikastlanishidir. Jaroxatlar ikki turli buladi:
1 - ishlab chikarish jaroxatlari
2 - maishiy jaroxatlar.
Ishlab chikarish jaroxatlari uz navbatida
- mexanik (urib olish, kesilib ketishi, ezilish va x.k.);
- kimiyaviy (ximiyaviy kuyishlar);
- issiqlik (kuyish va muzlatib olish);
- elektrik (elektr zarbalar);
- aralash jaroxatlar turlariga bulinadi.
Korxonalarda kupincha aralash jaroxat turlari uchraydi.
Kasbiy kasalliklar - bular ishlovchi uchun zararli ish sharoitlarining ta’siri natijasida xosil buladi.
Tuqimachilik, yengil sanoat va tolali materiallarni dastlabki ishlash (paxta tozalash zavodlari lubzavodlar) korxonalariga taallukli kasbiy kasalliklar silikoz, pnevmokonioz, teri kasalliklari, dermatitlar, gidroadenitlar (ipakchilik korxonalari) va sh.u.
Zararli ish sharoitlariga tananing ayrim a’zolarining yoki bir gurux mushaklarning uzok vakt majburan zurikish, sex xavosiga tarkalib ketgan zararli moddadalrning ta’siri, yokimsiz meteorologik sharoitlar, normadan yukori shovkin, titrash, yoritilganlik, atmosfera bosimidagi katta tafovutlar.
4. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishning sabablarini shartli ravishda qo’yidagilarga ajratish mumkin:
1. Texnik;
2. Tashkiliy;
3. Sanitariya-gigienik;
4. Ruhiy-fiziologik;
5. Iqtisodiy;
6. Xodimlarni aybi bilan yuz beradigan kasalliklar.
TYeXNIK SABABLARGA - Uskuna va moslamalarning, to’siq-qurilmalarning, tormoz tizimining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik tizimning zich emasligi kiradi.
TASHKILIY SABABLAR - deganda ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar yetarli ta‘minlanmaganligi, yuk ko’tarish vositalari, bog’lab quyuvchi moslamalarning yo’qligi, yo’l-yo’riqning o’z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitish ishlarining sust olib borilganligi, mehnat xavfsizligi bo’yicha ko’rsatmalarning yo’qligi, ishchilarning o’z vaqtida maxsus kiyimlar bilan ta‘minlanmaganligi, dam olish va mehnat qilish
5. Xotin-qizlar, yoshlar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilish. Bizning mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi ta‘minlangan bo’lib, bu huquq mehnat qilish to’g’risidagi qonunlarda o’z ifodasini topgan.
Mehnat qilish jarayonida ayollar bilan erkaklarning teng huquqliligi - ayollarning erkaklar singari og’ir sharoitda, zararli sharoitlarda ishlashlari mumkin emasligi mehnat qonunlarida ko’rsatib o’tilgan. Ayollarning ba‘zi zaif xususiyatlari va ularning oiladagi mavqeini hisobga olib, qonunchilikda ular uchun ma‘lum yengilliklar va maxsus qoidalar belgilangan. Ayollar sog’ligiga zarar keltirishini hisobga olib ba‘zi ishlarda ayollar mehnatidan foydalanish ta‘qiqlanadi. Masalan, ayollarning zaharli moddalar bilan bog’liq bo’lgan ximiya sanoatining ba‘zi tarmoqlarida, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha ishlarda ishlashlariga yo’l qo’yilmaydi. Ayollar uchun yuk ko’tarish qoidalari belgilab qo’yilgan. Ular qo’lda 20 kg bo’lgan yukni va zambil g’altak bilan og’irligi 50 kg dan oshmagan yukni olib yurishlari mumkin. Farzand ko’rishi mumkin bo’lgan va emizuvchi ayollarga maxsus yengilliklar yaratilishi kerak, bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollarni tungi smenada ishlashlari, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish, xizmat safariga yuborish man etiladi. Ma‘muriyat ba‘zi hollarda bunday ayollarni vrach xulosasiga ko’ra, o’rtacha ish haqini saqlagan holda yengilroq ishlarga o’tkazish lozim.
18 yoshga to’lmagan o’smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10 kg gacha bo’lgan yuklarni ko’tarishga ruxsat etiladi. O’smirlar ishga qabul qilinayotganda tibbiy ko’rikdan o’tishlari lozim, shuningdek 18 yoshga to’lguncha har xil belgilangan rejaga ko’ra tibbiy ko’rikdan o’tishlari lozim. Mehnat to’g’risidagi qonunchilikka ko’ra o’smirlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish paytida ularning bajarayotgan ishi sog’liqlariga zarar yetkazganligi aniqlansa ular darhol xavfsiz va yengilroq bo’lgan ishga o’tkaziladi. Ba‘zi bir sohalarda zararli ish sharoiti mavjud bo’lgan ish joylari uchrab turadi, bu joylarda mehnat qilayotgan o’smirlar uchun mehnat qonunlariga ko’ra ustama haq to’lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo’lgan zonalarda kamroq bo’ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi. Ko’pgina ximiya sanoati korxonalarida va mashinasozlik sanoatining quyish, eritish tsexlarida ish soati 6 soatdan oshmasligi kerak. Bundan tashqari zararli ish joylarida ishlagan ishchilarga qo’shimcha dam olish kunlari beriladi va bu qo’shimcha vaqtda zararli zonada ishlagan o’smirlarga sog’ligini tiklash imkoni tug’iladi. Zararli ish joylarida ishlagan o’smirlarga mashinasozlik sanoatida, bir qancha tsexlarda ishchilarning oylik maoshlarining 13% va ba‘zi uchastkalarda 30-33% gacha qo’shimcha haq to’lashga ruxsat etiladi.
O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi mazmunida ishlab chiqarish korxonalari ma‘muriyati u yerda mehnat qilayotgan o’smir-yoshlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan shikastlanish yoki zararlanish yoki moddiy yo’qotishni qoplash majburiyatini oladi.
Ayollar va ayrim hollarda, ma‘lum sharoitlarda, erkaklar bilan bir xilda ishni bajara olmaydilar. Ayol organizmi o’ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo’lganligi tufayli og’ir jismoniy mehnatga, ayrim zararli (chang, titrash, organizmni qattiq qizib yoki sovib ketishi va boshqalar) moddalarning ta‘siriga ta‘sirchandir. Bu zararli omillar ta‘siri ular organizmining homiladorlik kezlarida qo’yidagi o’zgarishlarga olib kelishi, tubandagi asoratlarni qoldirish (toksikoz, bola tushib qolishi, ulik tugilish va boshqa), bola tug’ish funktsiyasining buzilish (bola ko’rmaslik)ga sabab bo’lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza qilishda juda ko’p muammolar bo’lib, uning biologik va ijtimoiy ahamiyati muximdir. Shuning uchun ayollar mehnati Mehnat Kodeksining (224-238 moddalar) moddalarida himoyalanadi.
Ayollarning mehnat sharoiti noqulay bo’lgan, shuningdek, yer osti ishlarida (jismoniy kuch talab qilmaydigan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko’rsatish ishlari bundan mustasno) ishlashi ta‘qiqlanadi. Ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan me‘yordan ortiq yuk ko’tarishlari va tashishlari man etiladi. (225-modda). Ayollar mehnatini ta‘qiqlaydigan nokulay mehnat sharoitlaridagi ishlarning ruyxati va yuklarni ko’tarishda hamda qo’zg’atishda yuklarning sanitariya me‘yorlari «O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga asoslanib mehnat muhofazasi bo’yicha me‘yoriy hujjatlar to’plami – 1996» da keltirilgan.
Tibbiy xulosaga muvofiq, homilador ayollarning ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish me‘yorlari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta‘siridan holi bo’lgan ishga o’tkaziladi.
Bolasi 14 yoshga to’lmagan (16 yoshga to’lmagan nog’iron bolasi bo’lgan) homilador ayollarni ularning roziligisiz tungi, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan birga, bolasi 3 yoshga to’lmagan homilador ayollarni ona va bolaning sog’ligi uchun xavf tug’dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgan takdirdagina tungi ishlarga qo’yiladi (228-m).
Ayollarga onalik vazifalarini bajarish uchun qo’yidagi moddalarda bir qancha imtiyozlar beriladi:
Homilador va bola tuqqan ayollarga ularning xohishiga ko’ra, homiladorlik va tug’ish ta‘tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta‘tilidan so’ng yillik ta‘tillar beriladi va davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi.
Homiladorlik va tug’ish ta‘tillari jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug’ishga qadar amalda bunday ta‘tilning necha kunidan foydalanganidan qat‘iy nazar ayolga to’liq beriladi (233-m). Homiladorlik va tug’ish ta‘tili tugagandan so’ng ayolning xohishiga ko’ra, unga bolasi 2 yoshga tulguncha qadar bolani parvarishlash uchun ta‘til berilib, bu davrda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa tulanadi. Ayolga uning xohishiga ko’ra, bolasi 3 yoshga tulgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo’shimcha ta‘til beriladi. Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta‘tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi, yoki bolaning amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to’liq yoki uni qismlarga bo’lib foydalanishlari mumkin.
Respublikamizda yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, ularni ishga joylashtirish masalalariga katta e‘tibor berilmoqda. Usmirlarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar O’zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasining 239-moddasida qo’yidagicha qayd etilgan: Belgilangan kvota xisobidan joylarga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa a‘zolar tomonidan yuborilgan, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish bilan ta‘minlovchi ishga qabul qilishidan iborat. Kvota hisobidan ishga qabul qilishni rad etish ta‘qiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
18 yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tgandan keyin ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular 18 yoshga tulgunlariga kadar har yili majburiy tibbiy ko’rikdan o’tkazilib turishi kerak.
O’smirlar doimiy ishga 16 yoshdan kabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim hollarda 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onalaridan birining yoki o’rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishda roziligi bilan ishga kabul qilinishi mumkin. Yoshlarni Mehnatga tayyorlash maqsadida umum ta‘lim maktablari, xunar-texnika bilim yurti va o’rta maxsus o’quv yurti o’quvchilarni 14 yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan o’smirlarning sog’ligiga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va ta‘lim olish jararyonini buzmaydigan yengil ishlarni o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. (77-modda). O’smirlarni ishga qabul qilish Mehnat kodeksining 241-moddasida ko’rsatilgan talablarga rioya qilgan holda bajariladi. 18 yoshga to’lmagan shaxslarni og’ir, zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlatish mumkin emas. (241-m).
16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun bir ish haftasidagi ish soati 36 soat, 15-16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartirilgan. O’quv yili mobaynida ishlaydigan o’quvchilar uchun, 14 dan 16 yoshgacha bo’lganlarga 2 soat, 16 dan 18 yoshgacha bo’lganlarga 3 soat ish soati belgilangan (242-modda). 18 yoshga to’lmagan o’smirlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish mumkin emas (245-modda). 16-18 yoshdagi o’smirlar bilan tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi o’g’il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kgdan ortiq bo’lmasligi kerak.
O’smirlar uchun uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kgdan ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o’smirlar uchun esa me‘yor 2 martasicha kamaytiriladi. (SanK va M №0052-96).
18 yoshga to’lmagan xodimlarga kamida 30 kalendar kundan iborat yillik ta‘til beriladi va ular bu ta‘tildan o’z vaqtida foydalanishlari mumkin. Basharti ta‘til berilayotgan yil xodim 18 yoshga tulgunga kadar va tulgandan keyingi davrlarni o’z ichiga olsa, ta‘tilning muddati 18 yoshga tulgandan keyingi ish staji uchun esa umumiy tartibda xisoblab chiqariladi. (244-m).
18 yoshga tulmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish bilan ta‘minlovchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, maxalliy mehnat organining roziligi bilan yo’l qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi bayon etilgan. Ayollarga onalik vazifalaridan foydalanish maqsadida quyidagi moddalarda bir qancha imtiyozlar beriladi. Homilador va bola tuqqan ayollarga ularning xohishiga ko’ra, homiladorlik va tug’ish ta‘tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta‘tilidan so’ng, yillik ta‘tillar beriladi. Ayollarga tuqqunga qadar 70, tuqqandan keyin 56 kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda 70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta‘tillari berilib davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi. Ayollarga yuklarni ko’tarish va siljitishga ko’pi bilan 9 kg yuk ko’tarishga ruxsat beriladi. Butun ish smenasi davomida ko’tariladigan va siljitiladigan yukning umumiy massasi 2500 kg dan oshmasligi kerak.
Jarohatlarni tadbiq qilish turlari
1. Statistik turi. Bu turda jaroxatlarning kaytarilishi chastota va ogirlik nisbiy kursatkichlarida takkoslab baxo beriladi.
bu yerda: Кr - chastota koeffitsiyenti;
а - xisobot vaktida sodir bulgan jaroxatlar soni;
b - ishlovchilarning ruyxat buyicha soni;
1000 - solishtirma son.
bu yerda: Ко - ogirlik koeffitsiyenti;
с - ishga yaroksizlik tufayli yukotilgan kunlarning umumiy soni.
2. Monografik turi. Bu yerda eng xavfli xisoblangan uchastka, sex yoki mashina tanlab olinadi va xar taraflama sinchiklab urganiladi. Masalan, mashina bulsa, xom-ashyoning berilishi, tayyor maxsulot chikarilishi, texnologiyasi, kinematikasi, elektr sxemasi, chikindilar chikishi, ekspluatatsiyasi va x.k. Natijada, nafakat bulib utgan, balki bulishi mumkin bulgan, baxtsiz xodisalar sabablari xam aniklanadi. Bu baxtsiz xodisalarni kamaytirish buyicha tadbirlar tuzish imkonini beradi.
3. Topografik turi. Bu turi bulib utgan baxtsiz xodisalarni joylari buyicha urganish imkonini beradi. Butun baxtsiz xodisalar sex yoki korxona planiga ma’lum belgilar bilan belgilanib beriladi. Yilning oxirida belgilar soniga karab eng xavfli uchastka aniklab olinadi. Bunga karab profilaktik tadbirlar belgilanadi.
4. Iqtisodiy turi. Bu turda korxonaning jaroxatlar tufayli kurgan zarari, xamda baxtsiz xodisalarning oldini olish tadbirlarining sotsial-iktisodiy samaradorligi baxolanadi.
Hozir Uz. R. da 3,5 ming yuk kutarish kranlari mavjud bulib, shundan 1400 tasi “charchagan”. Termiz shaxrida 5 tonnalik kran 400 kg yuk kutara turib yikilib tushgan.
Xar bir baxtsiz xodisa xakida jabrlanuvchi yoki uz kuzi bilan kurgan odam darxol masterga, sex boshligi yoki ishboshiga xabar berishi kerak. Master bu xakida eshitgan zaxoti, jabrlanuvchiga yordamga oshikadi, ya’ni medpunktga xabar beradi, sex boshligiga xabar beradi va jaroxat sodir bulgan sharoitni saklab kolishga xarakat kiladi.
Sex boshligi zudlik bilan korxona bosh injeneriga va kasaba soyuz boshligiga xabar beradi. Taftish komissiyasi tuziladi. Unga mexnat muxofazasi injeneri xam kiritiladi. Bular baxtsiz xodisa sodir bulgan sharoit, uning sabablari urganilib, ularni ogoxlantirish buyicha tadbirlar tuziladi. Sex N-I formasida 4 ekzemplyarda baxtsiz xodisa xakida akt tuzadi va korxona bosh injeneriga tasdiklash uchun yuboradi.
Korxona bosh injeneri 3 sutka davomida bulib utgan baxtsiz xodisani kurib chikib, aktni tasdiklashi va baxtsiz xodisaga sabab bulgan kamchiliklarni tuzatadi.
Ayniqsa, ulimga olib kelgan yoki bir gurux kishilar bilan bulgan baxtsiz xodisalar aloxida sinchkovlik bilan taftish kilinadi va xisobga olinadi.
Baxtsiz xodisalarni uz vaktida taftish kilish, xisobga olish, tadbirlarni bajarish masalalari uchun korxona raxbarlari, bosh injener, sex boshliklari, masterlar va uchastka raxbarlari javobgardirlar.
Korxona ma’muriyati jabrlanuvchiga uning talabi bilan baxtsiz xodisa xaqidagi aktning tasdiklangan bir nusxasini taftish tugagan kundan uch kun keyindan kolmay kuliga topshirishi kerak.
Baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarning sabablari asosan ikki turli: tashkiliy ish joyni konikarsiz tashkil kilish, texnik nazoratning yetarli emasligi, (yuriknomalarning uz vaktida sifatli utilmasligi) va texnik-texnologik jarayonning mukammal emasligi, tusiklarning va yerga ulovchi kismlarning bulmasligi, nobop mikroiqlim sharoitlari, yoritilganlikning yetishmasligi va x.k.
TAYaNCH IBORALAR:
Mehnat muhofazasi qonunlari buzilganligi uchun javobgarlik turlari, jarohat, kasbiy kasalliklar, ma‘muriy javobgarlik, moddiy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, mehnat gigienasi, mehnat fiziologiyasi, mehnat psixologiyasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarishdagi xavfli omil, ishlab chiqarishdagi zararli omil, shikastlanish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, toliqish, texnik sabablar, tashkiliy sabablar. Mehnat muhofazasi, mehnat qonunchiligi, o’smirlar va yoshlar mehnati muhofazasi, ayollar mehnati muhofazasi. Birinchi yordam, bo’rama, rezina, jgut, vena, arterial, kapillyar qon oqish, sun‘iy nafas, massaj defibrillyator, taxtakash, zahar, elektr jarohatlari, tok urishi, sun‘iy nafas oldirish, yurakni tashqi massaj qilish.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Mehnat muhofazasi qonunlari buzilgandagi javobgarlik turlari.
2.Jaroxat va kasbiy kasalliklar nima?
3.Mehnat gigienasi nima?
4.Mehnat psixologiyasi nima?
5.Texnika xavfsizligi nima?
6.Ishlab chiqarishdagi xavfli omil.
7.Ishlab chiqarishdagi zararli omil.
8.O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi qaysi hujjatlar bilan belgilanadi?
9.Konstitutsiyamizning qaysi moddalari bevosita ayollar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilish bilan bog’liq?
10.Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?
11.Ishda ayollarga qanday yengilliklar yaratilgan?
12. 15 yoshdan 16 yoshdagi o’smirlar haftasiga necha soat ishlashlari mumkin?
13. Ishlab chiqarish jarohatlarining tashkiliy xarakterdagi sabablarini sanang?
14. Ishlab chiqarish jarohatlarining texnik xarakterdagi sabablarini sanang?
15. Texnik xarakterdagi jarohatlarning profilaktikasiga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |