Bularni yozishdan maqsad respublikamizda haqiqatan ham sodir bo’lgan qo’shib yozishlarni, poraxo’rlikni, ko’zbo’yamachiliklarni oqlash emas. Maqsad janoyatchilarning keng mehnatkashlar ommasiga, paxtaning - haqiqiy o’zbek ishining og’ir mehnatini yelkasida tutib turgan dehqonga hyech aloqasi yo’qligini aytish, xolos» deb kuyinadi. - Bularni yozishdan maqsad respublikamizda haqiqatan ham sodir bo’lgan qo’shib yozishlarni, poraxo’rlikni, ko’zbo’yamachiliklarni oqlash emas. Maqsad janoyatchilarning keng mehnatkashlar ommasiga, paxtaning - haqiqiy o’zbek ishining og’ir mehnatini yelkasida tutib turgan dehqonga hyech aloqasi yo’qligini aytish, xolos» deb kuyinadi.
«Rahimaning oq paxtasi» maqolasida o’quvchilarning paxtaga jalb qilinishi tufayli ta’lim-tarbiya ishi nihoyatda susayib ketganligini misollarda ochib beradi. «Yurakdagi tugun» maqolasida qishloq dehqonlarining og’ir sharoiti xususida, undagi murakkabliklar haqida yozadi. - «Rahimaning oq paxtasi» maqolasida o’quvchilarning paxtaga jalb qilinishi tufayli ta’lim-tarbiya ishi nihoyatda susayib ketganligini misollarda ochib beradi. «Yurakdagi tugun» maqolasida qishloq dehqonlarining og’ir sharoiti xususida, undagi murakkabliklar haqida yozadi.
Kitobning «Haqiqatning o’tkir ko’zlari» bo’limida berilgan «Sirli hovuz» , «Javobsiz qolgan savollar», «Farg’onadagi fojia» maqolalarida loqaydlik, adolatsizlik masalasi ko’tarilgan. Ilhomjonning aytganlarini o’qigan odamning badani titrab ketadi va Rossiya askarlarining tutgan ishidan juda katta haqiqat ochiladi, shuningdek, Farg’ona fojiasini yuzaga keltirganlar kimligi, undan maqsad nima ekanligi inkishof bo’ladi. - Kitobning «Haqiqatning o’tkir ko’zlari» bo’limida berilgan «Sirli hovuz» , «Javobsiz qolgan savollar», «Farg’onadagi fojia» maqolalarida loqaydlik, adolatsizlik masalasi ko’tarilgan. Ilhomjonning aytganlarini o’qigan odamning badani titrab ketadi va Rossiya askarlarining tutgan ishidan juda katta haqiqat ochiladi, shuningdek, Farg’ona fojiasini yuzaga keltirganlar kimligi, undan maqsad nima ekanligi inkishof bo’ladi.
- Karim Bahriyev «Baliq, va qarmoq» maqolasida shunday yozadi: «Xalk, qanchalik boqimanda bo’lsa, kam o’ylasa, totalitarizm shuncha kuchlidir. Demokratik tuzum esa uning aksidir, u xalqning faolligiga tayanadi, mulkni elga beradi, mulk olgan odamlar tajriba orttira boshlaydilar, fikrlashga tushadilar. Tuxum olsang bir yeysan, tovuq olsang ming yeysan» deb falsafiy fikrlaydi. Shu muallifning «Vatan orzusi» nomli maqolasida inson va jamiyat kamolotining asosi tafakkurda degan muhim va to’g’ri fikrni ilgari suradi.
Abdunabi Haydarovning «Qotilning armoni», Akbar Jonuzoqovning «Qulbola qotil», Bekkul Egamqulovning «Qotil ayol» maqolalarida faqat sud va va adliya masalalari bilan cheklanib qolmasdan, jinoyatning kelib chiqish sabablarini ochish borasida ijtimoiy muammolarga diqqatni tortishi bilan muhimdir. - Abdunabi Haydarovning «Qotilning armoni», Akbar Jonuzoqovning «Qulbola qotil», Bekkul Egamqulovning «Qotil ayol» maqolalarida faqat sud va va adliya masalalari bilan cheklanib qolmasdan, jinoyatning kelib chiqish sabablarini ochish borasida ijtimoiy muammolarga diqqatni tortishi bilan muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |