2.3. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi tarixidan Qadim zamonlardanoq odamlar ko’p mehnat talab qiluvchi hisoblash amallarini bajarishni engillashtiruvchi qurilmalar va vositalar yaratish
2.2- jadval
ustida bosh qotirib kelishgan. Hozirgi zamonaviy elektron qurilmalar yaratilguncha, xilma-xil ibtidoiy, mexanik va elektron hisoblash qurilmalari kashf etildi. Shuning uchun ham kompyuter texnologiyalarining rivojlanish davrini shartli ravishda to’rtta davrga bo’lish mumkin:
Oddiy hisoblash qurilmalari va vositalari (1-davr) Eramizdan 30 000 yillar muqaddam – ipga tizilgan suyaklardan iborat eng birinchi hisoblash qurilmasi -
(vestenitskaya kost) yaratildi;
Eramizdan 4 000 yillar muqaddam – qadimgi Shumer davlatlarida (Lagash, Ur, Kish) nopozitsion sanoq sistemalari ishlatilgan;
Eramizdan 3 000 yillar muqaddam – Mesapotomiya matematiklari miqdorlarni jadvallashtirish
(teskari miqdorlarni hisoblash, ko’paytirish jadvali, kvadrat va kub ildizlar jadvali) usullarini ishlab chiqishdi;
Eramizdan 2 000 yillar muqaddam – qadimgi Shumer davlati Lagashda lagorifmik ajdodi bo’lmish masshtabli taxtachalar yaratildi;
Eramizdan V – IV asr muqaddam – qadimgi Gretsiyada va Rimda arifmetik amallarni barmoqlar vositasida bajarish usullari ishlab chiqildi;
Eramizdan IV asr muqaddam – rus schetlarining ajdodi “Salomin doskasi” (Egey dengizidagi Salomin oroli nomidan) yaratildi. Keyinchalik Evropada bu doskaning “abak”, Xitoyda “suan-lan”, YAponiyada “seroban”, qadimgi Rimda esa “kalkuli” nomli turlari ishlab chiqildi;
Eramizning boshida – Mayya hindilari “hisob toshchalari” nomli ieroglifli kubikchalar yordamida hisoblash amallarini bajarishgan;
Eramizning III-asrida – Deofand Aleksandriyskiy o’zining 13 kitobdan iborat “Arifmetika” traktatida ayrim algebrik belgilarni qo’llab, algebraik tenglamalarni echish usullarini keltirgan;
628 yilda – hind olimi Braxmaputra o’zining “Braxma sistemasi” kitobida ayrim arifmetik, algebraik va geometrik muammolarni hal qilish usullarini ishlab chiqdi;
IX asrda – ulug’ mutafakkir bobomiz Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o’zidan oldin o’tgan barcha matematiklarning ilmiy ishlarini jamlab, tartibga solib, hamda rivojlantirib “Al-jabr va muqolaba”, “Hisob al-hind” asarlarini yaratdi. Bu asarlarida u birinchi bor “algebra” atamasini ishlatdi. Uning asarlari XII-asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, uzoq vaqtlar mobaynida Evropada algebradan asosiy qo’llanma bo’lib keldi.SHu asarlari tufayli Xorazmiyning lotincha nomidan informatikaning eng asosiy tushunchalaridan biri – algoritm kelib chiqdi ( al-Gorezm – algoresm – algoritm );
1436 yilda – chex olimi YAn Vidman o’zining asarlarida birinchi bor plyus(+) va minus (-) ishoralarini qo’lladi;
XV-XVI asrlarda – Evropada hisoblash jadvallari qo’llanila boshlandi. Masalan, Bradisning to’rt xonali matematik jadvali;
XVI asrda – o’nlik sanoq sistemasiga asoslangan rus schetlari paydo bo’ldi;
1544 yilda – nemis matematigi Iogann Verner lagorifmlarni kashf etdi;
1591 yilda – frantsuz matematigi Fransua Viet matematikaga “o’zgaruvchilar” tushunchasini kiritdi;