1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Alisher Navoiy komil insonni tarbiyalash to’g’risida



Download 284,77 Kb.
bet87/106
Sana11.03.2022
Hajmi284,77 Kb.
#489252
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

84 Alisher Navoiy komil insonni tarbiyalash to’g’risida.
Alisher Navoiyning tavallud kuni bilan bog‘liq tadbirlar ham ma’naviyat, ham ma’rifat sabog‘idir. Keng jamoatchilik Navoiy ummoniga qayta-qayta murojaat qiladi, nodir duru gavharlarni izlaydi va har safar yangi-yangi ma’nolar topadi. Navoiyxonlarimiz Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan e’lon qilingan Barkamol avlod yiliga uyg‘un fikr-g‘oya, hikmat, hikoyatu rivoyatlarni ulug‘ bobokalonimizning oltin merosidan izlab, o‘rganadilar. Shu tariqa buyuk mutafakkir asrlar osha avlodlari da’vati va so‘roviga javob beraveradi.
Komil inson tarbiyasi Alisher Navoiy ijodining markaziy masalalaridan bo‘lib, asarlarining g‘oyaviy-badiiy mohiyatini tashkil etadi. Navoiyning nutqi va nidolari, taklifu tavsiyalari, targ‘ibu tashviqlari, maslahatu nasihatlari, vasiyatlari qaratilgan shaxs – bu, albatta, barkamolligi orzu etilgan navqiron avloddir.
Barkamollik nima o‘zi? Nima uchun yurtimizda Prezidentimiz yuritayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat “Oila yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” yanglig‘ silsilaviy bardavomlik kasb etmoqda? Buning zamirida millat, davlat va mamlakat kelajagini buyuk va barkamol ko‘rishdek ulug‘vor, nekbin hikmat, niyat mujassam. O‘zidan keyingi avlodni ma’naviy-jismoniy jihatdan barkamolroq, aql-zakovati yanada yetuk, baxtli va saodatliroq ko‘rish har bir naslning orzusi bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonda yildan-yilga barkamol avlod g‘oyasi, ta’lim-tarbiyasi, ta’minoti izchil takomillashmoqda. Bu borada xalqimiz o‘tgan yillarda ulkan yutuqlarga erishdi. Biroq biz yosh avlodning bundan-da barkamolligiga intilmoqdamiz. Zotan, bir qarashda, barkamollik cheksiz tushunchadir. Shu paytgacha muayyan komillikka erishgan hech bir zot shu bilan qanoatlanib qolgan emas. Barkamollik – kamolot, komillik, ta’bir joiz bo‘lsa, ma’naviy-jismoniy butunlik, tugallikdir.
Barkamol avlod falsafiy tushunchasini sharhlash va anglashda Navoiy mana bu qit’asining g‘oyaviy mazmuni ibratlidir:
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Qit’aning hayotiy sabog‘i shundaki, olam uyiga tashrif buyurgan insonning kamolotga erishishdek muqaddas maqsadi, orzusi bo‘lishi lozim. Dunyoga kelib, maqsadsiz yashagan, insoniy barkamollikka erisha olmagan odam, oxir-oqibatda, olam uyidan g‘amnok – afsus-nadomat bilan chiqadi. Shoir aytadiki, umr g‘animatdir, barkamollik kasb etgin, toki hayoting nihoyasida ushbu olamni g‘amgin, qayg‘uli tark etmagaysan. Zero, komillikka intilmasdan o‘tish bamisoli hammomga kirib, nopok chiqib ketmoq bilan barobardir.
Alisher Navoiy asarlarida barkamol avlod ta’limi va tarbiyasiga taalluqli fikrlar juda ko‘p. Bunda ilmga va olimlarga munosabat alohida ahamiyatga ega.
Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani,
Qarilikda xarj qilg‘il ani.
Shoir talqinidagi ilm hozirgi tushunchamizdagidan ko‘ra kengroq ma’noga ega. U fan ma’nosidan tashqari, hunar, kasb-kor, hayotiy tajriba kabi ma’nolarni ham anglatadi. Bir qarashda, yoshlik ilmni yig‘ish, to‘plash – qarilik esa xarj qilish, sarflash mavsumidir. Chuqurroq yondashganda, ilm shunday xazinaki, u insonga to‘q-farovon, boy-badavlat, baxtli-saodatli umr kechirish va qariganda muhtoj bo‘lmaslik, qarilik ayyomida xor-zor, qarovsiz qolmasdan, yoshlikda orttirilgan ilm xazinasi evaziga rohat-farog‘atda yashash imkoniyatini beradi.
Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari komil inson tarbiyasiga doir muhim manbalardandir. Ayniqsa, uning ikkinchi qismida ma’naviy barkamollikka oid qator fazilatlar sharhlanadiki, ulardan yoshlarimiz uchun eng zarurlaridan biri qanoatdir. Qanoatga shunday ajoyib ta’rif beriladi: “Qanoat – bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi; u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urug‘i izzat va shavkat hosilini beradi; u bir daraxtdirki, unda qaram bo‘lmaslik va hurmat mevasi bordir”. Darvoqe, qanoat bilan tabiatini toblagan inson mol-davlat ilinjida olis yurtlarda sarson-sargardon kezmaydi, obro‘-e’tiborini yerga urmaydi, oilasi va xalqining sha’niga dog‘ tushirmaydi.
Asarning uchinchi qismidagi ta’riflar biri-biridan qimmatbaho ma’naviy duru gavharlardir. Xususan, saxovat va himmat to‘g‘risidagi ta’rifda ko‘ngil mulkini zabt etuvchi quyidagi mushohadalar mavjud: “Himmat ahlining ixtisosi – saxovatdir; bu ulug‘ sifat – pokiza kishilarga xosdir. Odam – bir badan bo‘lsa, himmat uning jonidir; himmatlilardan olam ahli uchun yuz ming sharaf va shukuh yetishadi… Himmatsiz odam – xazina topsa ham buyuklarga teng bo‘lmas”.

Download 284,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish