1. Jahonda elektron tijoratni rivojlanish tendensiyalari


O‘zbekistonda elektron tijoratni o’rni va ahamaiyati



Download 235,61 Kb.
bet4/10
Sana13.06.2022
Hajmi235,61 Kb.
#664922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
e-tijorat

O‘zbekistonda elektron tijoratni o’rni va ahamaiyati

Jahonda elektron tijoratni rivojlanishi barcha davlatlarda bu sohani rivojlanishiga olib keldi. Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida iqtisodiy rivojlanishning muhim omili va biznes strategiyasining ahamiyatli qismi bо‘lib elektron tijorat (e-commerce) va elektron biznes (e-business) hisoblanadi. Biznesga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning (AKT) kirib kelishi korxonalarning bevosita iste’molchilar bilan aloqalarida о‘ziga xos inqilobni vujudga keltirdi. Hozirgi davrning muhim masalasi, strategik pozitsiyalash, firmalar tomonidan mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda axborot asri va yangi iqtisodiy muhit sharoitida sodda, ishchan va hayotiy e-business strategiyasi asosida, imkoniyatlardan samarali foydalanib eng yuqori foydalilik darajasiga chiqish hisoblanadi. Shu о‘rinda e-commerce kichik biznesga yirik biznes subyektlari bilan raqobatlasha olish imkonini berishini alohida ta’kidlash kerak. Uzoq vaqt davomida О‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish texnologiyalari bir-biridan ayri holda rivojlanib bordi. Aloqa sohasi о‘z 23 xizmat turlarining foydalanilish belgisiga qarab sun’iy ravishda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shakllarga ajratilib qaraldi, butun axborotni yaratish sohasi esa, aloqa sohasidan alohida holda shakllandi. Shu tariqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi takomillashuvi hamda kengayishi natijasida о‘tgan asrning 90-yillari oxiriga kelib, ushbu sohalarda qо‘llaniladigan usullar va vositlarning bog‘lanib ketish jarayoni boshlandi. Ushbu jarayon “axborotlashtirish va telekommunikatsiya konvergensiyasi” nomini oldi. Aloqa va axborot texnologiyalarining uzviy qо‘shilishi butun dunyoda axborotkommunikatsiya nomini oldi. Biz ushbu tizimning о‘zidan maxsus foydalangan holda, Internet orqali turli mamlakatlarning zamonaviy ommaviy qomuslari darajasida ushbu tushunchaning ta’rifini topishga urindik. Lekin, biz uni eng mashhur bо‘lgan va davriy ravishda yangilanib turadigan 100 tomlik olmon “Oidep” qomusida ham, Rossiyaning eng yangi “Кирил ва Мефодий” qomusida ham topa olmadik. Vaholanki, ularning ikkovi ham zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan о‘z ma’lumotlarini, shu qatorda audio va video ma’lumotlarni joylashtirishda keng foydalanadilar. Biz ushbu tushunchani turli mamlakatlarning biz kо‘rishimiz mumkin bо‘lgan boshqa qomuslarida ham uchratmadik. Bu tushunchani uchratmaganligimiz uning umuman yо‘qligidan dalolat bermaydi, balki uning yaqindagina yuzaga kelganidan, eng asosiysi, mazkur yо‘nalishning rivojlanishi shunchalar shiddat bilan amalga oshganligidan, hatto ilmiy tafakkur uni nazariy talqin qilishning yagona yо‘nalishini hali ishlab chiqmaganligidan dalolat beradi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda keyingi yillarda adabiyotlarda ushbu tushunchani talqin qilishga urinishlar paydo bо‘la boshladi. Bizning nuqtai nazarimizda, axborot-kommunikatsiya talqinining eng mos keladigani L.Reyman rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan keltirilgan: “Axborot-kommunikatsiya - bu tashkilotlar va aholiga axborot-kommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlarni taqdim etishga mо‘ljallangan zamonaviy axborot, kompyuter hamda telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni rо‘yobga chiqaruvchi tizimlari va vositalarini uzviy ravishda birlashtiruvchi majmuadir”. 24 Ushbu ta’rif “2010 yilgacha bо‘lgan davrda Rossiyada axborotlashtirishni rivojlantirish” Federal dasturi konsepsiyasiga ham kiritilgan. Mamlakatimizda yangilanish davri talablaridan kelib chiqib, birinchi prezident I.A.Karimov О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” nomli ma’ruzasida aloqa bozorini kelgusida rivojlantirish masalalariga alohida tо‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladilar: “Tele-radio industriya bozorini rivojlantirish, bu sohada g‘oyalar va dasturlarning ijodiy raqobat muhitini vujudga keltirish bо‘yicha aniq chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak. Zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish zarur. О‘ylaymanki, hozirgi axborot, kommunikatsiya va kompyuter asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bо‘lib borayotgani haqida gapirib о‘tirishga hojat yо‘q”. Aloqa bozorini rivojlantirish barobarida iqtisodiyotning mazkur bozorning ehtimolda tutilgan qatnashchilari hisoblanuvchi boshqa sohalarini ham rivojlantirish zarurligidan dalolat beradi. Aks holda, aloqa bozorining haddan tashqari ildamlab ketishi aloqa xizmatlariga bо‘lgan talabning taklifga nisbatan orqada qolishiga, mazkur xizmatlarni taklif qiluvchilar va iste’molchilarining iqtisodiy imkoniyatlarida tafovut paydo bо‘lishiga, ular orasida debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdori asossiz oshib ketishiga olib keladi. Aloqa sohasi butun iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Raqobatbardosh, samarali va qiymati nuqtai nazaridan afzal bо‘lgan aloqa tarmoqlari ishlab chiqarishning umumiy samaradorligini oshirishga, ish о‘rinlarini kо‘paytirishga, eksport salmog‘i va soliq tushumlari о‘sishiga, ya’ni iqtisodiy taraqqiyotni orqaga tortuvchi monopol xizmat kо‘rsatishdan tubdan farq qiladigan ijobiy 25 tendensiyalarni shakllantirishga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni kо‘rsatadiki, bularning barchasi о‘z navbatida sohaning о‘zini yanada jadalroq rivojlantirishni taqozo etadi. Chunonchi, bugungi kunda Rossiyaning 1% iqtisodiy о‘sishini ta’minlash uchun aloqa sanoatining 3% о‘sishiga erishish zarur bо‘ladi. Bu esa aloqa tarmoqlari nafaqat jamiyat taraqqiyotini va mamlakat xavfsizligini ta’minlashning, balki mamlakat iqtisodiyoti barqaror о‘sib borishining muhim omili bо‘lib qolishining asosiy shartlaridan biridir. O‘zbekistonda ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bu sohani rivojlantirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada takomillashtirish masalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Buning misoli tariqasida davlatimiz rahbari tomonida tashkil etilgan va global mashtabda xizmat ko‘rsatayotgan elektron tijorat platformalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. O‘zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo‘llanilgan quyidagi tamoyillarga amal qilishmoqda. Elektron tijoratni rivojlantirishda korporativ sektor faol rol o‘ynashi lozim; Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaslik lozim; • Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin; • Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o‘ziga xosliklarini inobatga olishi lozim; • Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo‘linish va davlat chegaralariga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo‘lishi lozim. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o‘z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o‘z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon 26 bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo‘lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini, ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004-yil 29-aprelda N613-II “Elektron tijorat” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni5, 2007-yil 30-noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog‘risidagi va 2007-yil 12- iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo‘llashda to‘lov tizimini takomillashtirish” tog‘risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “E-karmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda. O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari. Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston o‘zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg‘og‘ida qolib ketmasligi zarur. Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi? Elektron tijoratning rivojlanishi O‘zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o‘rinlarini yaratadi. • O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo‘lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi. • Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan va amaldagi yo‘ldan to‘g‘ri borish, kelajakda O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha mavjud muammolarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li tanlanganligi xalq 27 farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o‘z aksini topadi.


  1. Download 235,61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish