Muzey fondlarini to‘ldirish (komplektlash). Ushbu faoliyat yo‘nalishining mohiyati muzey ahamiyatidagi ashyolami yig‘ish va aniqlashdan iborat, maqsadi esa ulami muzey ashyosiga aylantirish, muzey to‘plamini to‘ldirishdir. Komplektlash muzey faoliyatining barcha bosqichlarida davom etib, fondlami ilmiy loyihalash dasturiga mos tarzda muntazam olib boriladi. Muzey ilmiy konsepsiyasining tarkibiy qismi muzey fondlarini komplektlashning ilmiy konsepsiyasida muzey ixtisosligiga mos tarzda maqsadlari, yo‘nalishlari, shakllari va komplektlash uslublari umumlashtiriladi. Unda mavjud fondning
mazmuni, tuzilishining bahosi berilib, muzey maqsad va vazifalariga qarab kolleksjyalarni to‘ldirish yoki komplektlash tavsifining yo‘nalishi asoslanadi, fondlarga material tanlash mezoni aniqlanadi. Komplektlashning ilmiy konsepsiyasidan kelib chiqib, aniq maqsadlami hisobga olgan holda, fondlami komplektlash loyihasi tuziladi. Bu loyiha 5-10 yilga mo‘ljallangan, shuningdek, istiqbolli yoki joriy, ya’ni bir yillik boiishi mumkin. Ular fond va ekspozitsion bo‘limlari ishchilarining rejali talabnomalari asosida shakllanadi. Mazkur talabnomalar, o‘zaro qo‘shimcha tarzda kelishilib, asosiy e’tibor va kuchlar komplektlashning
muhim, kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalariga qaratiladi. Uslubiga ko‘ra komplektlashning uch asosiy turi mavjud: sistematik, tematik, kompleksli. Sistematik komplektlash, bir xil turdagi ashyolar bilan muzey kolleksiyalarini muntazam to‘ldirib boradi. Tematik komplektlash esa, konkret mavzuni aks ettimvchi, muzey ahamiyatiga ega har xil tipdagi ashyolami to‘playdi va aniqlaydi. U muzey yo‘nalishidagi mavzular bo‘-
yicha jarayon va hodisalami hujjatlashtirishga imkon beradi. Sistematik va tematik komplektlashning vazifalari kompleksli komplektlashni birlashtiradi, bu asosan, uncha kata bo‘lmagan muzeylarda amalga oshiriladi. Muzey mutaxassislari fondlami komplektlash muammolarini
yeehishni yanada optimal yo ‘ llarini izlash maqsadida doimo muzey ahamiyatidagi ashyo laming mulkdorlari yoki mulkdori bo‘lishi mumkin shaxs, tashkilotlar bilan vaqtinchalik, shuningdek, doimiy aloqani yo‘lga qo‘yishadi. Bularga kolleksionerlar, rassomlar, fotograflar va boshqa ijodkorlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari hamda kundalik ashyolami
loyihalovchi, ishlab chiqaruvchi korxonalar, antikvar va bukinistik do‘konlar, kolleksiya yig‘uvchi ilmiy muassasalar (ularni saqlamaydigan, masalan, gumanitar ixtisosligidagi ilmiy institutlar, OTMning tarix fakulteti, arxeologiya va etnografiya kafedralari - shular jumlasidan) kiradi. Muzey fondlarini komplektlash shakllari turlichadir. Bu muzey smetasiga kiritilgan maxsus hisob raqamidagi mablag‘ cvuziga sotib olingan kolleksiya yoki alohida ashyolar, tashkilotlar, xususiy shaxslar tomonidan bepul (hadya) muzeyga berilgan kolleksiya yoki ashyolar, dublet va noixtisoslik materiallimi muzey to‘plami tavsifi hamda ixtisosligiga mos keladigan ushyolarga almashish, original ish bajartirish uchun maqsadli buyurtmalar bo‘lishi mumkin. Muzey to‘plamini komplektlash loyihasiga binoan, muzey tthamiyatidagi ashyolami yig‘ish uchun komplektlash bo‘yicha maxsus xizmat safarlari uyushtiriladi. Shuningdek, ma’lum mavzuni o‘rganish va to‘plovchilik ishlarini o‘tkazish maqsadida, muzeylar turli xil: arxeologik, emografik, tarixiy-maishiy,
labiiy-ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etadilar. Ular ko‘p hollarda boshqa muzeylar yoki ilmiy muassasalar bilan birgalikda o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |