1 Islom Karimovning siyosiy faoliyati. Islom Karimov –O‘zbekistonning Birinchi prezidenti


Islom Karimovning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi faoliyati



Download 32,56 Kb.
bet3/11
Sana30.12.2021
Hajmi32,56 Kb.
#93260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 Islom Karimovning siyosiy faoliyati

3.Islom Karimovning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi faoliyati.

XX asrning 90-yillariga kelib dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, mustaqil O‘zbekiston davlati bunyod etildi. Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat darajada o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir. O‘zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o‘z mavqeyi va nufuzini mustahkamlash bilan birga jahon siyosatini isloh qilishga dunyo ahlini da’vat etgan 45 davlatlardan biri bo‘lib maydonga chiqdi. Mustaqillikning qisqa davrida u o‘zining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini to‘la-to‘kis ko‘rsata oldi. O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol tashqi siyosatini amalga oshirish – davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarini bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g’oyat muhim vositasidir.Prezident Islom Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonunlashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra 1992-yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993-yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27- sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston tashqi siyosatining ko’p tomonlamaligi va ochiqligi iqtisodiy va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan mustahkam va o’zaro foydali munosabatlarni o’rnatishga qaratilgan yondashuvlarni belgilab beradi.1994-yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo‘li” xalqaro yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeyini yanada ko‘tardi. O‘zbekistnonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yilning 29-oktabrida YUNESKOning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. 1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. “Ipak yo‘li – muloqot yo‘li” deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995-yil iyul yida mazkur institutning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot bobomiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKO ning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yil 19–20-oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. 2006-yilning o’zida tovar mahsulotlarining eksport qilish hajmi 31,5 foizga o’sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko’proq ortdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy savdosi yil davomida qariyb 2milliard AQSH dollarigacha oshdi.Umuman olganda, birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning faol ishtiroki va tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosat tamoyillari va konsepsiyasi nafaqat kechagi va bugungi O’zbekistonning dunyoga tanilishi, balki keyingi davrlardagi mustaqil taraqqiyot odimlarining ham poydevori bo’ldi. Bu jihatlarni biz bevosita birinchi prezidentimiz asarlarini o’qish, tahlil qilish va o’rganish jarayonida ko’rishimiz, ulardan kelib chiqqan xulosalar yordamida anglashimiz mumkin. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida tashqi siyosatga e’tibor berar ekan bundan asosiy ko’zlangan maqsad O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishini tezlashtish, xalqning iqtisodiy-ijtimiy ahvolini bundanda yaxshilash va O’zbekistonni rivojlangan davlatlar qatorida ko’rishni maqsad qilgan edi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatda amalga oshirayogan ishlarini birinchi prezidentimiz I.A.Karimov amalga oshirgan ishlarning mantiqiy davomi desak adashmagan bo’lamiz.


Download 32,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish