2.2 O`zbekistonning boy imkoniyatlari
O`zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib, o`zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo`lib qoldi. O`zbekiston tanlagan islohot yo`li ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo`nalishlari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o`zining xayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
— iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy taziyqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:
— davlat bosh islohotchi o`rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim:
— bozor munosabatlariga o`tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart.
— bozor munosabatlarni joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish:
— ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo`nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o`tish evolutsion yo`l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tish tamoyillari asosida g`oyat mas`uliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang`ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir.
Bu vazifa markazlashtirilgan, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga qo`ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o`tish davridagi bir-biriga bog`liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to`g`ri keldi:
Ma`muriy buyruqbozlik tizimining og`ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barkororlishtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g`oyat muhim yo`nalishlari O`zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab beriladi:
— o`tmish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish:
— qishloq xo`jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish:
— ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |