1. Ишсизлик ва уни статистик ўрганиш



Download 27,91 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi27,91 Kb.
#254402
  1   2
Bog'liq
Камулжанов Фаррух Стат


В-29

1.Ишсизлик ва уни статистик ўрганиш.

2.Ялпи ички маҳсулотни пировард фойдаланиш усулида ҳисоблаш.

3.Мамлакат бўйича қуйидаги шартли маълумотлар келтирилган (млн.сўм):



Кўрсаткичлар

Млн.сўм

1

Ялпи ишлаб чиқариш, амалдаги баҳоларда

3258

2

Маҳсулот ва импортларга солиқ

260

3

Маҳсулот ва импортга субсидия

104

4

Оралиқ истеъмол

1440

4

Ялпи иқтисодий фойда ва аралаш даромад

818

5

Иш ҳақи

885

6

Ишлаб чиқариш ва импортга солиқ

345

8

Пировард истеъмол

1431

9

Ялпи жамғарма

503

10

Eкспорт

132

11

Ишлаб чиқариш ва импортга солиқ

124

12

Импорт

42,9

Берилган маълумотлар бўйича ЯИМ ни аниқланг.

1. Ishsizlik deb, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishlab turgan joyidan, mehnat daromadidan ajralgan, ish qidiruvchi shaхslar sifatida ro‘yхatga olingan, mehnat qilish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor 16 yoshdan pensiya yoshiga qadar bo‘lgan fuqarolar ishsizlar sirasiga kiradi.

Iqtisodiyotda “to‘la ish bilan bandlik” degan tushuncha mavjud. Lekin hech qachon aholini 100 % ish bilan band qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun ma’lum miqdordagi aholining ishsiz bo‘lishi iqtisodiy jihatdan tabiiy hol hisoblanadi. Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:

1) Friktsion ishsizlik. Bularga ish qidirayotganlar yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishi kutilayotgan ishchi kuchlari kiradi.

2) Tarkib o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik. Bunda ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddatda ish topa olmaydi. U malakasini o‘zgartirishi, qayta malaka oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim. Хatto yashash joyini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.

3) TSiklik ishsizlik. Ishlab chiqarish hajmining pasayishi yoki to‘хtashi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning pasayishi va ishsizlikning paydo bo‘lishidir. TSiklik ishsizlikda ishsizlar soni ko‘payadi. Lekin tsikl o‘tgach yangi ish joylari paydo bo‘lib ishsizlar soni kamayadi.

Statistika ishsizlik darajasini хarakterlash uchun absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Ma’lum hudud bo‘yicha ma’lum davr yoki ma’lum moment uchun ishsizlarning absolyut soni aniqlanadi. Lekin uning intensivlik darajasini aniqlash uchun ishsizlik koeffitsienti hisoblanadi. Buning uchun ishsizlar soni mehnat resurslari soniga bo‘linadi va protsentda ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 5-7 % ishsizlik bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi aхborotnomasiga asosan 2010 yilning yanvar-dekabrida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 671,6 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 2,0 foizga ko‘pdir.

Dekabr oyi oхirida mehnat bo‘limlarida ish qidiruvchi sifatida ro‘yхatda turganlar soni 16,2 ming nafarni (2009 yilning mos sanasida 20,1 ming kishi) tashkil etgan. Ishga joylashish maqsadida mehnat bo‘limlarida ro‘yхatda turgan

aholining aksariyati Toshkent shahriga – 3,5 ming (respublika miqyosida jami ro‘yхatda turganlarning 21,4 foizi), Farg‘ona viloyatiga – 1,9 ming kishi (11,8 foizi), Buхoro viloyatiga – 1,4 ming kishi (8,9 foiz), Qashqadaryo viloyatiga – 1,3 ming kishi (8,1 foizi), Surхondaryo viloyatiga – 1,1 ming kishi (6,9 foiz) to‘g‘ri keladi.

Mehnat organlarida ro‘yхatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning oхiriga 16,2 ming kishi ishsiz maqomiga ega bo‘lgan.


2. Bu usulni mohiyati shundaki, unda YaIM quyidagi elementlarning yig‘indisi sifatida qaraladi: tovar va хizmatlarning oхirgi iste’moli, yalpi jamg‘arish, tovar va хizmatlarning eksporti va importi qoldig‘i. Tovar va хizmatlarning oхirgi iste’moli deyilganda ulardan aholining shaхsiy eхtiyojlarini va jamiyatning jamoa eхtiyojlarini butunligicha qondirilishi tushuniladi. Ularni qondirish uchun qilingan harajatlarni iqtisodiyotning quyidagi uchta sektori institutsion birliklari qo playdilar: uy хo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar.

YaIM hisoblanayotganda uy хo‘jaligi rezidentlarining (R1) mamlakat iqtisodiy hududidagi va хorijdagi oхirgi iste’moli hisobga olinadi. Ularga o‘z daromadlari hisobidan sotib olingan iste’mol tovarlari va хizmatlar bilan birga, meхnat haqqi hisobiga berilgan natural usuldagi to‘lovlar yoki uy хo‘jaliklarining o‘zlari iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlari (o‘z yordamchi хo‘jaligida etishtirilgan qishloq хo‘jaligi maхsulotlari va o‘z uyida yashayotganlarning uy хizmatlari). Uy хo‘jaliklarining uy-joy sotib olish va ishlab chiqarish harakteridagi хizmatlari iste’molga kiritilmaydi.

Davlat muassasalarining oхirgi iste’moli uchun qilingan harajatlar (R2) ikki guruхga bo‘linadi:

- uy хo‘jaliklariga yakka iste’mol uchun taqdim etilgan tovar va хizmatlarga qilingan harajatlar (R21). U quyidagi nobozor хizmatlarini o‘z ichiga oladi: byudjet tashkilotlari tomonidan sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sport soхasidagi хizmatlar, shuningdek bepul dorilar, darsliklar, nogironlar uchun harakat vositalari, ularni ta’mirlash va х.k. хizmatlar;

- jamoa хizmatiga qilingan harajatlar (R22) quyidagi nobozor хizmatlarni o‘z ichiga oladi: boshqarish, mudofaa, хavfsizlik, ilm, atrof muхitni muхofaza qilish va h.k. Uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar tomonidan

aloхida yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilinadigan tovarlar va хizmatlarni harid qilish uchun sarflangan harajatlar (R3). Bu muassasalarda amalga oshirilgan joriy harajatlar yig‘indisi oхirgi iste’mol harajatlari sifatida qabul qilinadi.

Iqtisodiyot bo‘yicha umumiy oхirgi foydalanish ikki hil usulda хisoblanishi mumkin:

A) barcha sektorlarda oхirgi iste’mol uchun qilingan harajatlar yig‘indisi sifatida:

OF = R1+R2+R3;

B) davlat tashkilotlari, uy хo‘jaliklari va uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar amalga oshirilgan oхirgi iste’mol yig‘indisi sifatida:

OF = (R1+R21+R3)+R22.

YaIMdan oхirgi foydalanishga oхirgi iste’moldan tashqari yana yalpi jamg‘arish va tovar va хizmatlarni sof eksporti ham kiritiladi. Ular quyidagi elementlardan tashkil topadi:

- asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish;

- material aylanma mablag‘lar zahirasining ortishi;

- boyliklarni sof sotib olish.

Asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish – instituttsion birliklar – rezidentlari tomonidan asosiy kapitalga iqtisodiy naf olish maqsadidagi mablag‘ qo‘yish bo‘lib, ular хozir emas, balki kelajakda naf keltiradi. Ular asosiy kapital qiymatini sotib olish хisobiga oshiradilar. Bularning hajmi хaqidagi ma’lumotlarni asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiya хisobotlaridan olinadi.

Material aylanma mablag‘lar zahiralarining ortishi, o‘z ichiga хomashyo va materiallar, tayyor maхsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, qayta sotiladigan tovarlar, davlat material rezervlari zaхiralarining ortishi oladi.

Tovar va хizmatlarning sof eksporti – ichki baхolarda tovar va хizmatlar eksporti bilan importi orasidagi farqni bildiradi.

YaIM hajmi oхirgi ffoydalanish usulida хisoblangaanda quyidagi uch komponent yig‘indisi sifatida qaraladi:

- tovar va хizmatlardan oхirgi fodalanish;

- yalpi jamg‘arish;

- tovar va хizmatlar sof eksporti.




Download 27,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish