Bozor iqtisodiyoti — ishlab chiqarish erkinligi, xarid erkinligi va raqobat demakdir. Bunday sharoitda ko‘p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog‘lom raqobat muhitni vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etish nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an’anaviy fikr yuritishimiz tamomila o‘zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvini va qayerga joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa o‘zining regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |