Tijorat tadbirkorligi
Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog’liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari haridor tomonidan oldindan ko’zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozorining turi. Tovar birjasida o’zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o’z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo’yicha sotiladigan tovarlar (don, ko’mir, metall, neft, yog’och)ning doimo faoliyat ko’rsatuvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o’xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko’rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari fyucher bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo’yicha kontraktda ko’rsatilgan tovar uchun to’lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi;
tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal qiladi;
narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi.
Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdaagi tovar yoki tovar etkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo’ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va haridor o’rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birja-larda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin. Tovar birjalari birja operatsiyalari mazmuniga ko’ra real tovar birjalari va fyuchers tovar birjalariga bo’linadi.
Respublika tovar-xomashyo birjasi 1994 yili ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xomashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida brokerlar orqali harid qilingan mahsulotlar respublikadan tashqariga litsenziyasiz va bojxona to’lovisiz chiqariladi. Tovar-xomashyo birjasining bo’linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpog’iston Respublikasida tashkil etilgan.
Tovar-xom ashyo birjasi chet el davlatlari (Angliya, Polsha, Turkiya) hamda MDH mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston) ning tovar xom ashyo birjalari bilan, Kiev, Belarus universal birjalari bilan birjalararo aloqalarni yo’lga qo’ygan.
«O’zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozorini shakllantirishda zarur infrastrukturani yaratish maqsadida 1994 yili O’zbekiston shartnomalar va savdo bo’yicha davlat aktsiyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xo’jaligi ta’minotiga respublika moddiy-texnika ta’minoti idorasi rahbarlik qilgan. O’zbekistonda o’tkazilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar moddiy-texnika ta’minoti tizimini ham tubdan o’zgartirdi. «O’zulgurjibirjasavdo» xo’jalik mexanizmini rejaviy moddiy-texnika ta’minoti tizimidan erkin xo’jalik aloqalariga o’tishini, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berishni, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish yo’li orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiy-texnika ta’minoti va sotish bozor usullari bo’yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kim oshdi savdolari yo’li bilan amalga oshiriladi.
Etkazib beruvchilar va iste’molchilar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri o’zaro manfaatli aloqalar moddiy-texnika ta’minotining etakchi shakli bo’lib qoldi. «O’zulgurjibirjasavdo» uyushmasi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirishga, tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirishga, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga ko’maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aktsiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, «Sanoatanjomkartonsavdo» aktsiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika viloyatlari va Qoraqalpog’istondagi 14 ta hududiy tijorat-vositachilik aktsiyadorlik kompaniyalari, aktsiyadorlik transport ekspeditsiya agentligi, aktsiyadorlik tovar xom ashyo birjasi, «Trastbank» aktsiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kim oshdi bozorlari direktsiyasi mavjud.
Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o’xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o’rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida mahsulot ishlab chiqarish o’rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor tahlilini o’tkazish zarur.
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini oddiy chizma ko’rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin. (3-chizma).
Marketing axborotiri yig’ish va ma’lumotlar bankini shakllantirish
|
|
Marketing boshqaruv bo’yicha qarorlar qabul qilish
|
|
|
|
|
Ichki va tashqi muhit omillarini tadqiq qilish
|
|
O’zining bozor imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo’lish
|
|
|
|
|
Tovar bozori holatini va rivojlanishini o’rganish
|
|
Tovar ishlab chiqarish bo’yicha holisona qaror qabul qilish
|
|
|
|
|
Talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarnn aniqlash va ularni tahlil qilish
|
|
Sotish va narx siyosatini shakllantirish
|
|
|
|
|
Kerakli assortiment va tovar sifatiga bo’lgan talablarni aniqlash
|
|
Iste’molchilar qiziqishi va talablarini qondirish
|
|
|
|
|
Tovar ta’minotchilari bilan doimiy va ishbilarmonlik aloqalari o’rnatish
|
|
Tovar bilan ta’minlashning tranzit va ombor shakllarini tashkil qilish
|
|
|
|
|
Bozor munosabatiga qaratilgan savdo-texnologik jarayonni tashkil etish
|
|
Tovar sotishda izchillikni, rejalilikni va barqarorlikni ta’minlash
|
|
|
|
|
Reklama tadbirlarini amalga oshirish
|
|
Sotilayotgan tovarlarga qiziqishni oshirish
|
|
|
|
|
Firma obro’sini shakllantirish
|
|
Do’konlarda o’ziga xoslik yaratish
|
|
3-chizma. Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturi.
Umumiy ko’rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish ti-zimidir. Marketing savdo korxonalari faoliyatini kompleks boshqarishga mo’ljallangan. Marketing yordamida savdo korxonasining hayotiy faoliyati amalga oshiriladi, ya’ni bozor o’rganiladi, tovar iste’molchiga etkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yo’lga qo’yiladi. Shu erda savdo korxonasiga bir-biri bilan ikki bog’liq talab qo’yiladi, ya’ni iste’molchilarning o’zgaruvchan harakatiga o’rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega bo’lgan an’anaviy tovarlar tashkil qiladi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o’rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilish funktsiyalarini o’z ichiga oladi.
Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo’layotgan bo’lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bo’lajak harajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo’lgan omborxona, baza, savdo do’konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag’larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
vositachilik faoliyati ko’rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslar-ning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to’lash;
bitimda ko’rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish uchun kerak bo’lgan axborotni to’plash yoki sotib olish;
tovarni haridorga sotish;
bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to’lovlarni to’lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog’liqdir. Yakunida biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo’lib, ko’p muddatga cho’zilsa, ishni bajarish reja jadvali-ni tuzish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |