1. Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini aniqlashda mehnat ko’rsatkichlarining ahamiyati


Kompleks tahlil, operativ nazorat va tahlil ishlarini tashkil qilishga qo’yiladigan talablar



Download 46,48 Kb.
bet3/7
Sana27.04.2022
Hajmi46,48 Kb.
#585792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sanoatda mehnat salohiyatidan foydalanish ko’rsatkichlarini yaxshilash

1.4. Kompleks tahlil, operativ nazorat va tahlil ishlarini tashkil qilishga qo’yiladigan talablar


Kompleks tahlilni, odatda, natijaviy tahlil deb ataydilar. Bunda tugallangan davr nazarda tutilmay, balki barcha mehnat salohiyatini tashkil qiluvchilar va uni o’zgartirishi mumkin bo’lgan turli sharoitlar, talablar va omillarga asoslangan jamoa faoliyatiga natijaviy baho berish nazarda tutiladi. Natijaviy tahlil quyidagi vazifalarni maqsad qilib qo’yadi:

  • mehnat salohiyatining sifati va o’lchovini to’la aniqlash hamda uning mazkur korxona imkoniyatlariga hajmi, tuzilmasi va sifati bo’yicha mos kelishi. Mehnat salohiyati o’lchovi jamoaning ish vaqti jamg’armasi yig’indisi bilan tavsiflanadi. Tuzilmasi – ishlab chiqarish personalining sexlar va xizmatlardagi nisbati bilan, sifati – umuman, korxona bo’yicha yoki ishlarning turlari bo’yicha turli razryaddagi ishlar va ishchilarning mavjudligi bilan tavsiflanadi;

  • mehnat salohiyatidan foydalanish darajasi va oqilonaligini baholash, undan kam yoki samarasiz foydalanilganlik sabablarini aniqlash, jonli mehnatning to’g’ri yoki yashirin sarflari qiymat o’lchovini topish hamda ish vaqti jamg’armasi yig’indisining potensial o’lchovidan chetlashish sabablarini aniqlash;

  • quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish vaqtidan oqilona foydalanilmaganlik va yo’qotishlar sabablarini guruhlash: tabiiy-iqlim (isitishga vaqt sarflash, iqlim tufayli ishni to’xtatish, tabiiy ofatlar oqibatlaridan keyingi ishlar); tashqi sabablar(yetkazib berish shartnomalarining buzilishi, xom ashyo texnik tasnifining buzilishi va h.k.lar); ishlab chiqarish sabablari(texnik, tashkiliy-ijtimoiy) va mamuriy-maishiy (sudlarga, harbiy komissariatlarga chaqirish, farzandlar kasalligi va boshqalar). Bunday guruhlash zarurdir, chunki har bir guruh bo’yicha yo’qotishlar sabablarining oldini olish turlicha bo’ladi;

  • har bir guruh bo’yicha yo’qotishlarning oldini olish samarasini baholash, joriy va istiqboldagi zahiralarni aniqlash hamda ulardan foydalanishni mos ravishda bo’limlarga topshirish (yuklash).

Aniqlangan manfiy chetlanishlarni bartaraf etish uchun operativ qarorlar qabul qilish maqsadida operativ tahlil jarayonidan foydalanib, reja ko’rsatkichlarining bajarilishi nazorat qilinadi. Operativ tahlilga taalluqli ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: mehnat unumdorligi, ishlovchilar soni va tarkibi, ish haqi jamg’armasi va uning o’rtacha o’lchami, smena normalarini bajarmayotgan ishchilar salmog’i, jismoniy va qo’l mehnatini qisqartirish tadbirlarini amalga oshirish muddati.
Qiyoslash operativ tahlilning asosiy usuli hisoblanadi va unda reja ko’rsatkichlari etalon sifatida qabul qilinadi. Operativ tahlilning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • haqiqiy ko’rsatkichlarni rejadagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish va chetlashishlarni aniqlash;

  • chetga chiqishlar sabablarini topish;

  • manfiy chetga chiqishlar oldini olish maksadida boshqaruv qarorlarini qabul qilish;

  • mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash.

Tahliliy ishlarni olib borganda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Birinchi o’rinda bu – tahlil o’tkazishning muntazamligi. U zarur ma’lumotlar yig’ilib borishini taminlaydi, ko’proq etibor talab qiladigan ko’rsatkicharni topish imkonini beradi.
Asosiy talablardan yana biri xo’jalik faoliyatining barcha yunalishlari buyicha tahlilni bir vaqtda o’tkazish: texnik, tashkiliy, hisob-moliyaviy, boshqaruv, ijtimoiy rivojlanish bo’yicha. Bu yo’nalishlarning barchasi bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bir-biriga tasir qiladi. Shuning uchun turli vaqtlarda o’tkazilgan tahlil ma’lumotlarini qayta-qayta ishlashga to’g’ri keladi.
Boshlang’ich ma’lumotlar sifatiga eng qattiq talablar qo’yiladi. Bu ma’lumotlar statistik va operativ hisobotlarda, buxgalteriya hisoboti va h.k.larda bo’ladi. Afsuski, bu ma’lumotlarni ko’pincha oydinlashtirish kerak.
Yana bir asosiy talab – bu, tahlil o’tkazuvchi mutaxassislarni tanlashdir.Bunday mutaxassis keng ixtisosli iqtisodchi bo’lishi zarur va u ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini yaxshi bilishi, materiallarni yig’ish ishlarini yaxshi tashkil qilishi, ularni tekshirish va baholashni bilishi kerak.
Tahliliy ishlarni tashkil qilish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: rejalashtirish; materiallarni yig’ish; ularni tekshirish va ustida ishlash; ko’rsatkichlarni tahlil qilish va natijalarni umumlashtirish; aniqlangan zahiralardan foydalanish bo’yicha takliflarni tayyorlash va asoslash.

Download 46,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish