voqeani oldini olishga ketgan xarajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul
bo‘lib hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar
Mehnat sharoitlari–ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va
kasb kasalliklari yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat
sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.
1.Guruh–
sanitar-gigienik
ishlab chiqarish muhiti, ish hududini xarakterlaydigan
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llaniladigan uskunalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq
bo‘lib, miqdoriy baholanishi mumkin va me’yorlanadi.
Sanitar-gigienik omillar:
a)
yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);
b)
mikroiqlim;
v)
havo xarorati, S;
g)
nisbiy namlik, %;
d)
havo harakati tezligi, m/s;
e)
havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) mg/m
3
;
j)
mexanik tebranishlar:
tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s);
shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db);
ultratovush (shovqin kabi);
infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish (km, m, dm, sm, mm);
radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);
atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);
kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.
2.Guruh–mehnat jarayoni bilan shartlanadigan
psixo-fiziologik. Ushbu guruhdan faqat bir
qismi miqdoriy baholanadi.
Psixofiziologik (mehnat) omillari:
a)
jismoniy vazifa (kkal);
b)
ish holati;
v)
asab–psixologik–aqliy, asab–hissiyot, ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;
g)
mehnat jarayonining bir xilligi;
d)
mehnat va hordiq tartibi (rejimi):
smena ichi (tushlikka tanaffus);
sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);
yillik (ta’tilning davomiyligi);
3.Guruh–
estetik omillar, ishlayotganlar tomonidan atrof-muhit ahvoli va uning
elementlari qabul qilinishi bilan xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi.
Estetik omillar:
a)
ish hududida yorug‘lik tovush muhiti kompozitsiyasining uyg‘unligi, havo muhiti
hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi, ish holatlari va mehnat harakatlarining
uyg‘unligi;
b)
jamoaning ijtimoiy – ruhiy birdamligi;
v)
jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi);
4.Guruh–mazkur mehnat
jamoasida
psixologik
iqlimni
xarakterlaydigan
sotsial-
psixologik omillar, miqdoriy baholanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: