Genalogiya usulidan foydalanish quydagi savollarga javob berishga imkon beradi.
- Belgi yoki kasallikning irsiylanish tipini (dominat yoki resessiv);
- Belgi yoki kasallikni ifodalovchi genni autosoma yoki jinsiy xromaosoma larda joylashganligi;
- Shajaradagi ba‘zi shaxslarning genotipini;
- Bo‘lajak avlodda belgini yoki kasallikni yuzaga chiqish extimoligini;
- Keyingi avlod prognozini;
- Penetrantlik va ekspressivligini;
Avlodlar shajarasini tuzish 3 bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqich probandda, uning oilasi va kamida 3-4 ta oldingi avlodining belgi xossalari, irsiy kasalliklari borligi to`g`risida ma‘lumotlar to`plashdan boshlanadi. Qo`yilgan genetik maqsadga qarab oila a‘zolari bilan suhbat o`tkazish, anketa savollariga javob olish, kuzatish, o`rganilmoqchi bo`lgan belgi xossa, kasalliklarning qanday rivojlangani to`g`risida ma‘lumot to`planadi. Tadqiqot ko`lami shajara tuzushdan ko`zlangan maqsadga bog`liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |