Iqtisodiyotni liberallashtirish KIMGA NIMA BERADI?
Iqtisodiyotni liberallashtirish 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir.
Strategiyaning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to‘liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’yektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va bozor munosabatlarini chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo‘jalikda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish barqaror turibdi. Jumladan, o‘tgan yili yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,3 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. Liberallashtirish uzluksiz, doimiy jarayon sifatida bundan keyin takomillashib boraveradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oila tadbirkorligini rivojlantirish, «Har bir oila — tadbirkor» Dasturini izchil amalga oshirish uning kafolati bo‘la oladi. Ayrim davrlarda davlat “charchagan” xususiy va jamoa mulki ob’yektlarini “jonlantirib”, keyin ularni xususiy qo‘llarga sotishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning 81 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida ishlab chiqarilmoqda. Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. Ish bilan band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichida chakana savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat ob’yektlari xususiy qo‘llarga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozor ko‘nikmalarini hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda o‘rta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi.
Bozor qanchalik mukammal vosita bo‘lmasin, barcha muammolarni hal etishga qodir emas. U davlat aralashuvisiz iqtisodiy muvozanatni ta’minlay olmaydi. 2007-2008 yillarda boshlangan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz saboqlari buni yaqqol ko‘rsatdi. Bozor o‘zicha barchaga barobar foiz stavkasi, baho va daromadlar mexanizmini yarata olmaydi. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi nisbatni saqlash mikrodarajada davlat ishtiroki va nazorati bilangina ta’minlanishi mumkin. Xuddi mana shu ikki narsada ishlab chiqarish va aholi daromadlarini o‘stirishning beqiyos imkoniyati mujassam.
Bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish o‘tish davrining o‘zidayoq o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-yillar o‘rtalariga kelib yalpi sanoat mahsuloti, keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi darajada tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o‘sish davom etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi.
Mamlakatimizda har yili 30 mingdan ziyod kichik biznes sub’yektlari barpo etilmoqda. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi 56,9 foizga, sanoat ishlab chiqarishida esa 45 foizga yetkazildi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar ulushi 52 foizni tashkil etdi.
Soat sayin rivojlanib borayotgan zamonamizda aholi bandligi, band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish muhim masaladir. Ushbu masalaga doir mavzu yuzasidan institutimizning “Iqtisodiy nazariya asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rustamova Dilbar Rustamovna bugun 11 aprel 2018 yil soat 11:30 da talabalarga “Yalpi ish kuchi, bandlik va ishsizlik” mavzusida Ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi. Ma’ruzada Toshkent INHA Universiteti O‘quv-bo‘limi xodimasi Rustamova Umida Zikrillaevna, Iqtisodiy nazariya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda institut O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Tosheva Maftuna Rustamovnalar ishtirok etishdi.
O‘qituvchi ma’ruzani boshlar ekan, talabalarga O‘zbekiston Prezidenti 2017—2021 yillarga mo‘ljallangan Harakat strategiyasi haqidagi farmonni IV Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida aytib o‘tdi:
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
- yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
- mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
Shundan so‘ng o‘qituvchi ishsizlik va bandlikka oid talabalar fikrini tinglab, fanga doir yangi ma’lumotlarni talabalarga aytib o‘tidi.
Bugungi ochiq ma’ruza mavzusi nafaqat bugungi dars balki bugungi zamona mavzusi bo‘lib qolayotganini talabalar tushinib olishdi.
Toshkentda 11-12-may kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Forumining o‘n ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ShHTga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, shuningdek, kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar –Hindiston, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Belarusning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari ekspertlari, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi va Kotibiyati, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining 2016-yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan majlisi yakunlarini ko‘rib chiqdi va muhokama etdi. Shanxay hamkorlik tashkilotini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, ShHT davlat rahbarlarining shu yil iyun oyida Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi hisobga olingan holda mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli investitsiya va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish hamda ShHTni kengaytirish istiqbollari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
O‘zbekistonning 2015-2016-yillarda tashkilotga raisligi davrida ShHT faoliyatining samaradorligi va xalqaro nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilgani ta’kidlandi. O‘tgan yilgi sammitda imzolangan hujjatlar tashkilotning ustuvor yo‘nalishlardagi faoliyatini yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga doir amaliy vazifalarni hal etishga xizmat qilmoqda.
ShHT Forumining XII majlisi kun tartibiga muvofiq ishtirokchilar tashkilotga Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi jarayonining boshlanishi 2016-yil iyun oyida Toshkentda o‘tgan yubiley sammitining asosiy yakuniga aylanganini va bu hech shubhasiz, tashkilotning yangi marralarga ko‘tarilgani va o‘z faoliyatining yangi bosqichini boshlaganidan dalolat berishini ta’kidladi. Toshkentda Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risida imzolangan memorandumlar ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi.
Majlis doirasida bo‘lib o‘tgan yalpi bahs-munozaralarda tomonlar ShHTga a’zo davlatlarning Afg‘oniston muammosini hal etishga asosiy yondashuvlarini tasdiqladi. Ushbu yondashuvlarning asosiy mohiyati shundan iboratki, Afg‘onistondagi qarama-qarshilikni faqat siyosiy yo‘l bilan, bir-biri bilan kurashayotgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga erishish va mamlakatda tinchlik o‘rnatish jarayoniga afg‘on xalqini ham jalb etish orqali hal etish mumkin.
Majlisda xavfsizlikka raxna soladigan an’anaviy va noan’anaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha kelishilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish, terrorizm, separatizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, xalqaro axborot xavfsizligini mustahkamlashda hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi qayd etildi. Jamiyatda, avvalambor, yoshlar o‘rtasida radikallashuvning avj olishiga qarshi kurashish, diniy ekstremizm, etnik va irqiy murosasizlikning oldini olishga doir choralarni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish tashkilotning dasturiy maqsad va vazifalariga erishishning muhim shartlaridan biridir. Forum majlisi qatnashchilari savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniyat va sport sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirish borasida mintaqaviy hamda mintaqalararo qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston vakillari anjuman qatnashchilari uchun 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini taqdim etdi. Mamlakatimizning iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi pozitsiyasi, shuningdek, puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |