1. iqtisodiyotga kirish



Download 20,98 Mb.
bet293/396
Sana27.01.2022
Hajmi20,98 Mb.
#412331
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   396
Bog'liq
Турсунов иқтисодиёт асослари маърузалар

16. PUL-KREDIT SIYOSATI

16.1. Pul muomalasi. Pul muomalasi qonunlari

Iqtisodiyotda pulning doimo harakatda bo‘lishi, pulning o‘z vazifalarini uzluksiz bajarib turishiga pul muomalasi deyiladi. Dunyoda barcha mamlakatlar tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.

Pul tizimi - bu mamlakatda milliy valyutaning muomalasi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar majmui; mamlakatda mavjud pul birligi muomalasini tashkil qilish tartibi, usullari va uni nazorat qiluvchi kredit muassasalari.

Hozirgi davrda mamlakatlarda kredit va qog‘oz pullar muomalasi tizimi shakllangan. Pul tiziminining asosiy elementlari quydagilardan iborat:

-pul birligi (dollar, marka, rubl, so‘m);

-pul turlari (bank biletlari, tanga, chaqalar);

-pul emissiyasi tarkibi (muomalaga pul chiqarishning qonuniy tasdiqlangan tartibi)

- muomalada pul massasini tartibga soluvchi muassasalar.

Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.

Pul muomalasini boshqarib turuvchi qonun borki u muomalada qancha pul zarur bo‘lishini aniqlab beradi. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:

- muayyan davr davomida sotilishi va xarid qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasiga, chunki tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning sotilishi uchun shunchalik pul zarur bo‘ladi va aksincha

- pul birligining aylanish tezligiga, chunki aylanish pul birligi qiymati ayirboshlashga ko‘proq yoki ozroq xizmat qilishi mumkin;

- kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasida foydalanishga ham bog‘liq.

Ko‘p hollarda tovarlar shartnomaga muvofiq kreditga sotiladi, ularning haqi esa keyinroq to‘lanadi. Demak, bir tarafdan, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq ko‘proq bo‘ladi, ikkinchi tarafdan esa bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu albatta pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish ya’ni o‘zaro hisob-kitoblar yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Pul muomalasi qonunlari muomaladagi tovarlar massasi, narxlar darajasi va pul muomalasi tezligi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.

Pul muomalasi qonuniga binoan muomaladagi pul miqdori sotiladigan ne’matlarga narxining umumiy summasiga to‘g‘ri mutanosiblikda, pul harakatining tezligiga teskari mutanosiblikda, bo‘ladi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

,

bu yerda:

Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;

Tb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi);

Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;

Xt - to‘lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to‘lovlar summasi;

O‘x-k - naqd pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar;

At - pulning aylanish tezligi.

Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga quyidagilar ta’sir qiladi.

- ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan va muomaladagi tovarlar miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar;

- tovarlar va xizmatlar narxlari darajasini belgilovchi omillar;

- pul muomalasi tezligiga ta’sir qiluvchi omillar;

- kreditning rivojlanish darajasiga ta’sir qiluvchi omillar;

- naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar.

Muomaladagi pul miqdori avtomatik ravishda pulni jamg‘arish vazifasidan foydalangan holda tartibga solinadi, ya’ni pulga ehtiyoj kamaygan bo‘lsa, unda keraksiz pul massasi jamg‘ariladi, agar u ko‘paygan bo‘lsa, pullar muomalaga qaytishi ro‘y beradi. Binobarin, muomalada bo‘lgan pul miqdori doimo kerakli darajada saqlanib turadi.

Bundan tashqari, agar pul muomalasi oltin yoki qog‘oz pullarga almashtirib bo‘lmaydigan banknotalar tomonidan xizmat ko‘rsatilsa, chiqarilgan qog‘oz pullar miqdori muomalaga zarur bo‘lgan oltin pullarga teng bo‘ladi, bu holda ham salbiy hodisalar yuzaga kelmaydi, ya’ni banknotalar oltin pul o‘rnini bosadilar.

Muammo faqat pulning cheklanmagan chiqarilishi pul muomalasining buzilishiga, pul muomalasi kanallarining keraksiz kupyuralar bilan to‘ldirilishiga va natijada inflyatsiyaga olib kelganda paydo bo‘ladi. Iqtisodiyotda muomalaga zarur bo‘lgan pul miqdori muammosiga boshqa nuqtayi nazar mavjud. Amerikalik iqtisodchi I. Fisher quyidagi almashinuv tenglamasini taklif etgan:

M * V = Q * P

Bu yerda: M - pul massasi;

V - pulning aylanish tezligi;

Q - tovarlar miqdori;

P - narx.

Ifodadan ko‘rinib turibdiki, tovarlar miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri narx darajasiga bog‘liq. Agar pul massasi katta bo‘lsa, unda narxlar yuqori bo‘ladi, demak inflyatsiya mavjud bo‘ladi. Muomaladagi pul miqdoriga quydagi omillar ta’sir etadi:

1. Tovarlar massasining hajmi. Tovarlar miqdori va assortimenti qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik muomalada ko‘p pul massasi kerak bo‘ladi.

2. Narxlar darajasi. Narx qancha past bo‘lsa, iste’molchilar tomonidan shuncha ko‘p tovarlar talab qilinadi va shunga muvofiq ko‘proq pul kerak bo‘ladi.

Quyidagi omillar mavjud bo‘lganda aksincha kamroq miqdorda pul talab qilinadi:

- kreditning rivojlanganlik darajasi. Kreditga qancha tovar ko‘p bo‘lsa, shuncha kam pul kerak bo‘ladi;

- naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanganligi;

- pulni to‘lash chastotasi. Pul qanchalik tez-tez to‘lansa, muomalaga kamroq pul kerak bo‘ladi.

3. Pul muomalasining tezligi (pul birligining ma’lum bir davrdagi aylanish soni).

Fisherning ayirboshlash tenglamasi narxlarning nima uchun o‘zgarib turishini va shunga mos ravishda pulning xarid qobiliyatini, real milliy mahsulot hajmini tushunishga imkon beradi. Masalan, doimiy Q va V bilan M pul massasining o‘zgarishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri narxga ta’sir qiladi. Biroq, pul massasining oshishi tovarlarning ishlab chiqarilishi va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining u yoki bu darajada oshishi bilan bir vaqtda sodir bo‘lsa, narxlarning o‘sishi sodir bo‘lmaydi.

Ayirboshlash tenglamasidan muomalaga zarur bo‘lgan pul miqdorini chiqarish mumkin:

M = (R. * Q) / V

Bu yerda: M - muomaladagi pul massasi;

V - pul muomalasining tezligi;

R. * Q = YAMMning nominal hajmi.

Shunday qilib, muomalaga shuncha pul kerak bo‘ladiki, shunda milliy iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning butun hajmi amaldagi narxlarda sotilishi mumkin bo‘lsin.

Rivojlangan mamlakatlarda pul birligi yiliga 2-3 marta aylanadi. Mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish pul islohoti va denominatsiya kabi operatsiyalar orqali amalga oshiriladi.




Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish