Uy xo‘jaliklari - bir yoki bir necha shaxsdan iborat iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat yurituvchi asosiy tarkibiy birlik. Uning doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Uy xo‘jaliklari resurslarning egasi hamda ularni yyetkazib beruvchi hisoblanadi. Ayni paytda yaratilgan tovar va xizmatlarning iste’molchisi hisoblanadi. Chunki, uy xo‘jaliklari resurslarini sotishi natijasida olgan daromadlariga tovar va xizmatlarni xarid qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |