Narx - bu bozor tili, uning signal tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlar tizimi asosiy tashkilotchi kuch rolini o‘ynaydi. Narx sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi) uchun asosiy mezondir. Narxning oshishi - bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun signal, narxning pasayishi narx esa - bu ishlab chiqarishni kamaytirish uchun signaldir. Tadbirkorlarning paydo bo‘lgan stixiyali harakati ozmi-ko‘pmi maqbul iqtisodiy mutanosibliklarning o‘rnatilishiga olib keladi. Bozorni tartibga solish funksiyasi eng muhim hisoblanadi. Bu bozorning iqtisodiyotning barcha sohalariga ta’siri bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |