Kredit – pul siyosati ham iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu siyosat tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, pul oqimlarini boshqarish, umuman olganda pul muammosini tartibga solishga qaratilgan.
Milliy pul birligining xarid qurbini, uning valyuta kursini barqarorlashtirish pirovard natijada pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirish pul – kredit siyosatining maqsadi hisoblanadi. Pul miqdorini tartibga solish orqali davlat narx darajasiga, investitsiyaviy xarajatlarga va aholining iste’moliga, milliy ishlab chiqarish hajmiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etishi mumkin.
Har qanday davlat ijtimoiy siyosati olib boradi. Davlatning ijtimoiy siyosati – bu insonning hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, imkonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan. Bandlik daromad va ijtimoiy himoya siyosati ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi. Ijtimoiy siyosatda bandlik darajasini ta’minlash, eng kam ish haqi miqdorini o‘rnatish, kambag‘allik chegarasi va ijtimoiy yordam me’yorlarini aniqlash kabi usullari qo‘llaniladi. Davlatning ta’lim, tibbiyot va madaniyat sohasidagi faoliyati ham ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy siyosatning muhim vositalaridan biri tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishidir. Davlat savdo va valyutani tartibga solishni amalga oshiradi, valyutani chegaralash va valyuta investitsiyasidan himoyalanishda bojlar, litsenziyalar, soliqlardan foydalanishi mumkin. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tgan sari unda davlatning roli jiddiy o‘zgarmoqda. Davlat, uning hokimyat boshqaruv tuzilmalari bozorga aralashishdan chetlashmoqda. Bozor iqtisodiyotining o‘zini – o‘zi tartibga solish mexanizmlari tobora katta rol o‘ynamoqda.
Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy va ma’muriy usullar yordamida amalga oshiriladi. Iqtisodiy usullar o‘z navbatida bevosita va bilvosita usullarga bo‘linadi:
- bevosita: monopoliyalar ustidan nazorat, ekologiya, standartlarni ishlab chiqish, ularning saqlanishi (sifat belgilari, davlat standartlari);
- bilvosita: pul-kredit siyosati, daromadlarni nazorat qilish, ijtimoiy siyosat;
Bilvosita usullar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi : a) davlatni maqsadli moliyalashtirishi. Bunda davlat korxonalarga dotatsiya beradi, ilmiy – texnik va ekologik dasturlarni, ijtimoiy sohani moliyalashtirishni amalga oshiradi. b) davlat xaridlari davlat organlar korxonalarning pirovard mahsulotlari, davlat ehtiyojlari uchun zarur resurslarni sotib olishga, shuningdek yollangan xodimlarga (maktab, kutubxona, shifoxona, parklar) ish haqi to‘lashga davlat byudjetidan mablag‘ ajratadilar. d) iqtisodiyotni davlat sektorining xarakatlanishini ta’minlash.
Har bir mamlakatda davlat mulkiga asoslangan davlat sektori mavjud. Davlat sektoriga u yoki bu sabablarga ko‘ra daromad keltirmaydigan obyektlar kirgan bo‘ladi, bular shahar transporti, energetika, suv ta’minoti, shuningdek puli emissiyasi, tashqi iqtisodiy aloqalarni kreditlaydigan banklar. Biroq, bu tarmoqlar aholi uchun hayotiy zarur hisoblanadi shuning uchun davlat ularni o‘z qaramog‘iga oladi. Davlat qaramog‘ida tezda foyda keltirmaydigan yangi tarmoqlar ham bo‘ladi. Chunki xususiy sektor ushbu yangi tarmoqlarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Davlat mulki asosida davlat tadbirkorligi rivojlanib boradi.
U odatda ijtimoiy ne’matlarni yaratishga, fan va texnika sohasida yuqori qiymatga ega loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa xususiy sektorga o‘z mablag‘ini samaradorligi yuqori bo‘lgan tarmoqlarga yo‘naltirishga imkon beradi, natijada esa iqtisodiy tizim samarali rivojlanadi.
Bilvosita usullar esa quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
a) pul – kredit usullari (hisob stavkasi, qimmatbaho qog‘ozlar bozorida ochiq operatsiyalar, majburiy rezerv me’yorini belgilash);
b) byudjet – soliq usullari (soliq tizimi, soliq stavkasini belgilash, soliq chegirmalarini o‘rnatish);
d) jadallashtirilgan amortizatsiya (amalga oshirilish tartibi);
t) tashqi iqtisodiy usullari (eksportni rag‘batlantirish, eksportni kreditlash, xorijiy kapitallarni mamlakatga jalb etish yoki uning kirib kelishini cheklash).
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda ma’muriy usullardan foydalaniladi, uning shakllari quyidagilardir:
- monopoliyaga qarshi tadbirlar (monopol kelishuvlarning oldini olish, korxonalarning ko‘lamlariga ta’sir etish, asosiy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish);
- majburiy standartlarni kiritish (ekologik, sanitar va ijtimoiy standartlar);
- aholi hayotining minimal parametrlarini aniqlash ( ish haqining kafolatlangan minimumi, ishsizlik bo‘yicha to‘lovlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |