Umumiy naflilik (TU) - ma’lum bir mahsulot (xizmat) turini iste’mol qilish bilan bog‘liq qoniqish.
Me’yoriy naflilik (MU) - bu ma’lum bir turdagi tovar (xizmat) ning qo‘shimcha birligini sotib olish natijasida umumiy naflilikning oshishi yoki muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik.
Umumiy naflilik bilan me’yoriy naflilik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Umumiy naflilik boshidan qo‘shilgan barcha me’yoriy nafliklar yig‘indisiga teng.
Iqtisodiyot fanida naflilikni o‘lchash muammosining yechimi miqdoriy (kardinalistik) va tartibli( ordinalistik ) naflilikni asoslash orqali topishga harakat qilingan.
5.2. Naflilikni o‘lchash. Miqdoriy (kardinalistik) va tartibli
( ordinalistik ) naflilik
Umuman olganda naflilikni o‘lchash masalasiga ikki miqdoriy (kardinalistik) va tartibli( ordinalistik ) yondashuv mavjud.
Naflilikning kardinalistik (miqdoriy) nazariyasi (Cardinal utility theory) - bu inson ehtiyojlarining iqtisodiy tahlilini o‘rganadigan mikroiqtisodiy nazariya. Kardinalistlar ne’mat birligining qiymatini mehnat sarflari tashkil etishi kerak va bu birlik yordamida qondiriladigan ehtiyojning ahamiyati darajasi bilan belgilanadi deb hisoblaganlar.
Miqdoriy (kardinalistik) naflilik – mutloq kattaliklarda o‘lchangan, iste’molchining ne’matlarni iste’mol qilishdan oladigan subyektiv naflilik yoki qoniqish. Demak, iste’molchi ne’matlarni iste’mol qilishdan oladigan nafni o‘lchash mumkinligi nazarda tutilmoqda. Naflilikning kardinalistik (miqdoriy) nazariyasi tarafdorlari naflilikni shartli o‘lchov yutillarda o‘lchash mumkin deb hisoblaganlar. Masalan shokolad plitkasi 4 yutilga teng, 1 kg go‘sht esa 6 yutilga teng naf keltiradi. Kechroq naflilikni o‘lchaydigan o‘lchovni yaratish mumkin emasligi isbotlandi. Chunki bir xil ne’mat bitta iste’molchi uchun katta qimmatga, boshqasi uchun esa hech qanday qimmati yo‘q bo‘lishi mumkin.
Me’yoriy (so‘nggi qo‘shilgan naflilik) umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Gossenning birinchi qonuni- ehtiyojlarni qondirish qonuni. Ushbu qonunga binoan inson ehtiyojining to‘yinish darajasi oshib borishi bilan iste’moldan bo‘lgan qoniqish pasayib boradi yoki iste’mol qilinadigan tovar miqdori ko‘payib borishi bilan uning nafliligi kamayib boradi. Izchil (ketma - ket) iste’mol qilish bilan ne’matning har bir keyingi birligining nafliligi avvalgisidan past bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi. Masalan, agar inson ikkita muzqaymoqdan keyin uchinchisini yesa, unda muzqaymoqning umumiy nafliligi oshadi, agar u to‘rttinchisini ham iste’mol qilsa, umumiy naflilik oshib boradi, biroq muzqaymoqni to‘rtinchi ekzemplyarining me’yoriy nafliligi uchinchi muzqaymoqning me’yoriy nafliligidan past bo‘ladi.
Umumiy va me’yoriy naflilik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud (5.1-jadval, 5.1-rasm, 5.2-rasm ). Umumiy naflilik (TU) har bir mahsulot birligi bilan ortib boradi, lekin cheksiz emas, balki ma’lum bir chegaraga qadar, chunki to‘yinganlik chegarasiga erishildi. Me’yoriy naflilik (MU), aksincha, mahsulotning har bir qo‘shimcha birligi bilan kamayadi, chunki u ma’lum bir mahsulot birligining umumiy
5.1-jadval
5.1-rasm. Umumiy naflilik 5.2-rasm. Me’yoriy naflilik
nafliligi bilan keyingisi o‘rtasidagi farqning ko‘payishini ko‘rsatadi (esda tuting: me’yoriy naflilik umumiy naflilikning birinchi hosilasi hisoblanadi).
Bundan istisnolar bo‘lishi mumkin: kolleksioner uchun har bir keyingi rasm avvalgisiga qaraganda qimmatroq bo‘ladi, chunki u kolleksionerni to‘liq to‘plamli kolleksiyaga yaqilnlashtiradi.
Demak, birinchidan, miqdoriy nazariya yordamida faqat umumiy naflilikni balki me’yoriy naflilikni va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirish mumkin, ikkinchidan esa me’yoriy naflilikni kamayish qonuniga binoan talab qondirilgani sari qo‘shimcha xarid etiladigan so‘nggi tovarlarning nafliligi pasayishga moyil bo‘ladi. Bu me’yoriy naflilikning kamayib borish qonunidir, uni Gossenning birinchi qonuni deb ham ataydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |