4.5- rasm. Taklif elastligi
Agar narx bo‘yicha taklifning elastiklik koeffitsiyenti nolga teng bo‘lsa (E=0), bunda narx o‘zgarganda tovar taklifi o‘zgarmaydi, bu mutlaqo noelastik taklifdir. Koeffitsiyentning bu kattaligi joriy davrning taklif egri chizig‘i uchun odatiy bo‘lib, taklif egri chizig‘i qat’iy vertikal shaklga ega bo‘ladi (4.5- rasm).
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti birdan kam bo‘lsa (E<1), unda bu taklifning kattaligi narxdan past foizga o‘zgarganda, bu elastik bo‘lmagan taklifdir. Koeffitsiyentning bu qiymati qisqa muddatli taklif egri chizig‘i uchun xosdir. Barcha narxlarga taklif egri chizig‘i mahsulot hajmini kesib o‘tgan egri chiziqning barcha nuqtalari uchun elastik bo‘lmaydi.
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti biriga teng bo‘lsa (E=1), bir marotabalik taklif elastligi kuzatiladi.
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti birdan katta bo‘lsa (Ek>1), unda taklif kattaligi narx darajasiga nisbatan katta foizga o‘zgarganda bu esa elastik taklifdir. Bunday taklif elastligi koeffitsiyenti uzoq muddatli taklif egri chizig‘i uchun xosdir. Barcha narxlar uchun narxlar o‘qini kesib o‘tuvchi taklif egri chizig‘i elastik bo‘ladi.
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti cheksizlikka teng bo‘lsa (Ek= ∞), unda narxning ozgina o‘zgarishi bilan taklif qiymati cheksiz o‘zgaradi, bu mutlaqo elastik taklifdir va u uzoq muddatli davrga xos bo‘lib, taklif egri chizig‘i qat’iy gorizontal shaklga ega (4.5- rasm).
Taklif narxlarining elastikligi bir qator omillar bilan belgilanadi, ularning eng muhimlari quyidagilar:
1. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, tovar taklifi shunchalik yuqori bo‘ladi.
2. Tarmoqda shakllangan xarajatlar darajasi. Agar korxona harajatlari o‘rtacha tarmoq qiymatidan past bo‘lsa, korxona o‘z taklifini kengaytirishi mumkin.
3. Ichki resurslarning mavjudligi. Bunday holatda korxona mahsulot hajmini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 4. Takliflarning elastikligi qanchalik yuqori bo‘lsa, tovarlarni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi va uni saqlash harajatlari kam bo‘ladi.
5. Agar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqaruvchiga o‘z mahsulotining bozor narxi oshgan taqdirda mahsulot hajmini tezda ko‘paytirishga yoki bozor holati yomonlashganda narxning pasayishi holatida boshqa biron bir mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘naltirishga imkon bersa, taklif elastik bo‘ladi.
6. Vaqt omili: ishlab chiqaruvchi narx o‘zgarishi bilan bog‘liq yangi bozor sharoitlariga "moslashishi"ga qanchalik vaqt ko‘p bo‘lsa, taklif shunchalik elastik bo‘ladi. Tadbirkorlarning ishlab chiqarishni o‘zgartirishi kerak bo‘lgan vaqt qancha ko‘p bo‘lsa, taklif shunchalik yuqori bo‘ladi.
Narx bo‘yicha taklifning elastlikligini tahlil qilishda quyidagi vaqt oraliqlari farqlanadi:
• tezkor (eng qisqa);
• qisqa muddat;
• uzoq muddat.
Do'stlaringiz bilan baham: |