1. iqtisodiyotga kirish


) Erkin o‘zgaruvchan valyuta kurslari



Download 20,98 Mb.
bet230/236
Sana23.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#607480
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   236
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

1) Erkin o‘zgaruvchan valyuta kurslari - bu talab va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida valyuta bozorida shakllanadigan kurs, bu jarayonga davlatning hech qanday aralashuvisiz, talab va taklifning o‘rtasidagi nisbat asosida shakllanadi. Shunday qilib, suzuvchi valyuta kursida uning kattaligi, ya’ni milliy valyutada ifodalangan chet el valyutasining narxi unga bo‘lgan talab va taklifni belgilovchi omillarga bog‘liq. Xorijiy valyutaning qadrsizlanishi (qachonki chet el valyutasini sotib olish uchun ko‘proq milliy valyuta kerak bo‘lsa) yoki narxning oshishini (chet el valyutasi birligini sotib olishga milliy valyutadan kam mablag‘ sarflanganda) anglatadi.
Valyuta kursiga ta’sir qiluvchi omillar:
- iste’molchilar didining o‘zgarishi tovar va xizmatlarni eksport yoki importining ko‘payishiga olib keladi. Reklama, yangi, yanada mukammal modellar yaratish orqali xorijiy tovarlarning jozibadorligini oshirish mumkin. Import qilinadigan tovarlarni jozibadorliging yanada oshishi tovarlar iste’molining ko‘payishiga olib keladi;
- daromadning nisbiy o‘zgarishi. Iste’mol xarajatlari hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy daromad darajasiga bog‘liq. Daromad oshishi bilan ham mahalliy, ham import qilinadigan tovarlarning iste’moli oshadi;
- real foiz stavkasi. Foiz stavkasini o‘zgartirish orqali mamlakatda pul muomalasi tartibga solinadi, bu esa milliy valyuta kursiga ta’sir etishi mumkin;
- xalqaro hisob-kitoblarda va spekulyativ kapital bozorida valyutadan foydalanish darajasi. Yevropada kapitalning qisqa muddatli harakati bo‘yicha operatsiyalarni yevrodollarda amalga oshirish talab va taklif hajmiga, demak valyutaning narxiga ta’sir qiladi.
Butun dunyoda bir qonuniyat mavjud: iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiyotning ochiqligi bilan ichki narxlar jahon darajasiga yaqinlashadi, bu esa avtomatik ravishda milliy valyutaning real kursining oshishiga olib keladi. Bir qator ko‘rsatkichlar valyuta kursi uzoq muddatli muvozanat nuqtasiga nisbatan past yoki yuqori baholanganligini bildiradi, jumladan:
- eksport va importning o‘sish sur’atlari;
- savdo balansining saldosi belgisi va o‘sish sur’atlari;
-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.
Agar mamlakatning valyuta zaxiralari hajmi oshayotgan bo‘lsa, demak, boshqa sharoitlar o‘zgarmas bo‘lganda, bu kursni past baholash siyosatidan dalolat beradi.
- o‘rtacha ish haqi va umuman pul daromadlari bo‘yicha hisob-kitoblar. Agar daromadlar dollar ko‘rinishida o‘sayotgan bo‘lsa, demak, boshqa sharoitlar o‘zgarmas bo‘lsa, bu milliy valyutaning haqiqiy mustahkamlanishidan dalolat beradi, agar tushsa, u zaiflashadi.
Pasaytirilgan valyuta kursi moliyaviy barqarorlikni cho‘zib yuboradi va valyuta zaxiralarining ko‘payishi bilan uni izdan chiqarishi mumkin. Pasaytirilgan valyuta kursi sun’iy ravishda milliy mahsulotlarning past narxlarini saqlab qolishga yordam beradi. Ichki va jahon narxlaridagi farq xomashyoning ommaviy ravishda ataylab arzon narxlarda chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha har qanday choralarni samarasiz qiladi. Milliy mahsulotlar uchun narxlarni past darajada ushlab turish korrupsiyani kuchaytirib yuboradi.
Valyuta kursining pastligi, hatto bojxona to‘lovlaridan ham samaraliroq, ichki bozorni import qilinadigan tovarlar va xizmatlar raqobatidan yopib qo‘yadi. Natijada, yopiqlikning “issiqxona” sharoitlari bilan taltaytiib yuborilgan milliy iqtisodiyot o‘nlab yillar davomida turg‘unlikka mahkum bo‘ladi.
2) Belgilangan valyuta kursi. Bu hukumat (Markaziy bank) tomonidan belgilanadigan valyuta kursi. Moslashuvchan valyuta tizimining o‘ziga xos kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida ko‘plab mamlakatlar o‘z kurslarini belgilaydilar. Bunda Markaziy bank xorijiy valyutani belgilangan kurs bo‘yicha sotib olish va sotish majburiyatini oladi. Bunda valyuta kursining muvozanatli bozor kursiga mos kelishi shart emas. Odatda kurs har qanday qattiq valyutaga yoki valyuta savatiga bog‘lab qo‘yiladi. Valyuta kursini ushlab turish uchun Markaziy bank valyuta bozorida valyuta defitsitini rasmiy zaxiralar hisobiga to‘ldirish yoki valyuta sotib olish orqali valyuta intervensiyalarini amalga oshiradi. Biroq, rasmiy zaxiralar joriy defitsitini doimiy ravishda moliyalashtirish manbai bo‘la olmaydi va oxir-oqibat hukumat yoki Markaziy bank devalvatsiya yoki revalvatsiya yo‘li bilan valyuta narxini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.
Valyuta kursini belgilashga yana bir asos - bu xarid qobiliyati pariteti (XQP), ya’ni, valyuta kursi valyutalarning ma’lum tovar va xizmatlar to‘plamini (standart iste’mol savati) sotib olish qobiliyatiga asoslangan holda aniqlanadi. Ushbu konsepsiyani birinchi marta shved iqtisodchisi Gustav Kassel ishlab chiqqan. Uning fikricha mukammal raqobat sharoitida bir xil mahsulotni turli mamlakatlarda har xil narxlarda sotish mumkin emas. Masalan, agar AQSHda o‘rnatilgan standart 1000 dollar, Buyuk Britaniyada 700 funt sterling bo‘lsa, u holda kurs quyidagicha bo‘ladi: 1 dollar = 0.7 funt sterling. Biroq, amalda bu taxmin har doim ham tasdiqlanmaydi:
- xarid qobiliyatini taqqoslashda xalqaro savdoda tovarlar va xizmatlar savati (to‘plami) ishlatiladi. Aslida, mutlaqo bir xil tovarlar va xizmatlar to‘plamlari hech qachon turli xil valyutalarga sotib olinmaydi;
- valyutaga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasidagi nisbat valyuta kursiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Agar tashqi bozorda davlat ko‘proq ne’matlarni sotib olsa va tovarlarni kamroq sotsa, u holda valyutaga bo‘lgan talab taklifdan yuqori bo‘ladi;
- iqtisodiy omillardan tashqari valyuta kurslariga siyosiy, psixologik (kutishlar, kayfiyat, qo‘rquv), harbiy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatlar tashqi iqtisodiy aloqalariga valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir qiladi. Ya’ni kursning pasayishi ushbu davlat mahsulotini jahon bozorida nisbatan raqobatlashuvini kuchaytiradi, tovarlar va xizmatlarni eksport qilishga yordam beradi, chetdan tovar va xizmatlar kelishiga qarshilik ko‘rsatadi, natijada tashqi savdo va to‘lov balansining yaxshilanishiga olib keladi.
XVF tomonidan qabul qilingan “tebranib turuvchi boshqariladigan valyuta kursi tizimiga” ko‘ra unga a’zo bo‘lgan har bir davlat o‘z valyuta kursini mustaqil tanlab olish huquqiga ega. XVF nizomiga ko‘ra mamlakat valyuta kurslarini o‘rnatish tartibi quyidagicha:
1. Mamlakat valyuta kursini XVFning hisob birligiga yoki muvofiq keluvchi biron bir valyutaga bog‘liq holda saqlashi.
2. O‘z valyutalarining qiymatini boshqa XVF ga a’zo mamlakat valyutasi qiymati bo‘yicha ushlab turish haqida bitim tuzish lozim.
Valyuta munosabatlarini davlat tomonidan va davlatlararo miqyosda tartibga solish valyuta siyosati asosida amalga oshiriladi.
Valyuta siyosati-davlat organi va hukumatlararo tashkilot tomonidan qabul qilingan dasturga muvofiq o‘tkaziladigan iqtisodiy tadbirlar.
Valyuta kursining o‘zgarishi iqtisodiyotning ahvoliga sezilarli darajada ta’sir etadi. SHuning uchun u mamlakat va davlatlararo munosabatlarda tartibga solinadi.
Davlatning valyuta kursiga ta’sir etishning to‘g‘ri va bilvosita usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bilvosita usullarga pul kredit va moliyaviy siyosatning barcha vositalari kiradi. Milliy valyuta kursiga muomaladagi pul hajmi real foiz stavkasi, inflyatsiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘g‘ri usullarni qo‘llash mumkin. Ularning ichidan diskont siyosatini (bank tomonidan olinuvchi foiz) va tashqi valyuta bozorlarida valyuta intervensiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin. AQSHda 70- yillarda dollarning kursi pasayishi kuzatilgan. 70 - yillarning oxirlarida AQSH hukumati dollarni baquvvatlash rejasini qabul qildi. U bank hisob stavkasini oshirish va yirik ko‘lamda valyuta intervensiyasini nazarda tutar edi. Ushbu rejani amalga oshirish, boshida dollar kursining pasayishini to‘xtatish, so‘ngra esa 80-yillardan boshlab dollar kursini oshirish imkonini berdi. Bunga faqat yuqorida qayd qilingan vositalar bilan birga o‘sha davrda o‘tkazilgan kattiq pul-kredit siyosati orqali erishilgan.
Valyuta kursini tartibga solish devalvatsiyaga (valyuta kursining pasayishiga) va revalvatsiyaga (valyuta kursini oshirishga) qaratilgan bo‘lishi mumkin. Hukumat oldiga qo‘yilgan maqsadlar va mamlakat iqtisodiyotidagi ahvolga bog‘liq bo‘ladi. U valyutaning devalvatsiyasiga suyanib jami talabni eksport imkoniyatlari hisobiga oshirish yoki uni revalvatsiya bilan cheklashi mumkin.
Mamlakatlar o‘zlarining valyutalarini tashqi bozorda sotish yoki sotib olish yo‘li bilan valyuta intervensiyasini amalga oshiradilar. Valyuta kursining devalvatsiyasini amalga oshirish uchun valyuta bozorlarida o‘z valyutasining taklifini oshirish zarur. Buni pulning qo‘shimcha emissiyasi hisobiga amalga oshirish mumkin. Agarda valyuta intervensiyasi revalvatsiyaga qaratilgan bo‘lsa, unda mamlakat markaziy banki o‘zining milliy valyutasini o‘zining ixtiyoridagi chet el valyutasi hisobiga sotib olishi zarur. Bunday tadbirlarni amalga oshirish uchun mamlakat valyuta revalvatsiyalariga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun esa davlatlarda maxsus barqarorlashtirish fondlari tashkil etiladi.
Valyuta sohasida davlat proteksionistik siyosatni ham qo‘llashi mumkin. Uni qo‘llash natijasida davlat oltin va valyuta operatsiyalar ustidan nazorat o‘rnatadi. Milliy eksportyorlar o‘zlarining mahsulotlarini sotishdan olgan valyutalarini bozorda sota olmaydilar. Uni o‘rnatilgan kurs bilan banklarga topshirishlari, o‘rniga esa milliy valyutani olishga majbur bo‘ladilar.
Ma’muriy sohada valyuta harakatlarini muvofiqlashtirish hukumatlar darajasida olib boriladi. Valyutani tartibga solish sohasida G‘arbdagi rivojlangan “yettilik” mamlakatlari har yilgi yig‘ilishlari, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (XRTB), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IXTT), Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) muhim o‘rin tutadi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish