1. iqtisodiyotga kirish


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 20,98 Mb.
bet185/236
Sana23.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#607480
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Bank tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Bank tizimi necha pog‘onali bo‘lishi mumkin?
3. Markaziy bankning asosiy vazifalari?
4. Tijorat banklari va ularning vazifalari?
5. Tijorat banklarining rentabelligi qanday aniqlanadi?
6. Tijorat banklarining likvidligi deganda nimani tushunasiz?.
7. Bank tizimini takomillashtirish yo‘llarini aytib bering.

18. MOLIYA TIZIMI. DAVLAT BYUDJETI VA FISKAL SIYOSAT
18.1. Davlatning moliyaviy tizimi
Moliya tarixiy xarakterga ega bo‘lgan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Moliya atamasi lotincha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib to‘lov, daromad ma’nosini anglatadi.
Moliya deganda mablag‘larning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarning majmui tushuniladi.
Moliyaviy munosabatlarda pul davlat byudjeti, sug‘urta fondlari, davlatning valyuta rezervlari, korxona va firmalarning pul fondlari va boshqa maxsus fondlari orqali harakat qiladi.
Pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va taqsimlash orqali ishlatishda ishtirok etuvchilar (davlat, huquqiy hamda jismoniy shaxslar) moliyaviy munosabatlarning suybektlari hisoblanadi. O‘z navbatida pul resurslari moliyaviy munosabatlarning obyektidir.
Moliyaviy munosabatlar quyidagi ko‘rinishga bo‘lishi mumkin: davlat va huquqiy shaxslar o‘rtasida; jismoniy shaxslar o‘rtasida; huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida; huquqiy shaxslar o‘rtasida.
Moliya bir qator vazifalarni bajaradi. Moliyani taqsimlash vazifasi milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash orqali boshlang‘ich yoki asosiy daromadlarni yaratish, shuningdek, milliy daromadni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mintaqalar, mulkchilik shakllari va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida taqsimlash orqali ikkilamchi yoki hosilaviy daromadlarni shakllantirishdan iborat. Taqsimlash bosqichi yangi qiymatni taqsimlash bilan boshlanadi va boshlang‘ich daromadni (ish haqi, foyda) shakllantirish bilan tugaydi. Qayta taqsimlash ko‘p bosqichli bo‘lib, unda milliy jamg‘armalar shakllanadi: davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, sug‘urta, bank mablag‘lari va korxona fondlari. Taqsimlash vazifasi - moliya kategoriyasini yaratilgan mahsulot qiymatini pul shaklida taqsimlashni amalga oshiruvchi obyektiv xususiyatidir. Qayta taqsimlash bosqichi taqsimlash bosqichidan farq qiladi, bu bosqichda ilgari yaratilgan daromadlar qayta taqsimlanadi.
Moliyani qayta taqsimlash vazifasi - yaratilgan mahsulotni jamiyat a’zolari o‘rtasida qayta taqsimlash, ya’ni ikkilamchi taqsimlash. Yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashning butun jarayoni markazlashtirilgan mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanish asosida davlat moliyasi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashtirilgan fondlarga barcha darajadagi byudjetlar va byudjetdan tashqari jamg‘armalar kiradi. Qayta taqsimlash jarayoni davlat moliyasiga xizmat qiladi.
Moliyani nazorat qilish vazifasi – pul resurslarni taqsimlash jarayonida mutanosiblikni ta’minlashdan iborat. Turli sohalar uchun mutanosibliklar turlicha, har xil sharoitlarda rivojlanadi va obyektiv tavsifga ega. Taqsimlash jarayoni nazorat obyektidir. Asosiy nazorat qilinadigan mutanosiblik bu jamg‘arma va iste’mol fondlari o‘rtasidagi nisbatdir. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan, byudjet munosabatlaridan tashqari, byudjetdan tashqari moliyaviy munosabatlar ham shakllanadi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun sarflanadigan mablag‘larning bir qismi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Moliyani tartibga solish vazifasi. Davlat jamg‘armalarini shakllantirish deganda turli darajadagi byudjetlar va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga tushumlarning to‘planishi tushuniladi. Ushbu vazifaning bajarilishi natijasida davlat faoliyatining maqsadlarini ta’minlaydigan byudjet mablag‘larini shakllantirish jarayoni sodir bo‘ladi. Davlatda pul mablag‘laridan (daromadlardan) foydalanish - byudjet xarajatlarini moliyalashtirishni ta’minlashdir. Moliyani tartibga solish vazifasi bajarilishi natijasida byudjetni moliyalashtirish uchun qabul qilingan xarajatlarni moliyalashtirish ta’minlanadi. Moliya tizimi yalpi milliy mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun takrorlanadigan jarayonning barcha subyektlari o‘rtasida pul munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Yalpi milliy mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni moliyaviy mexanizm yordamida amalga oshiriladi. Moliya mexanizmi – taqsimot va qayta taqsimot munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirishni ta’minlovchi shakl va usullar yig‘indisidan iboratdir. Moliya mexanizmini tashkil etish, tartibga solish va rejalashtirish tizimini, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ishchilar, davlat va mahalliy boshqaruv organlarining moliyaviy manbalarini shakllantirish va ulardan foydalanish usullarini o‘z ichiga oladi.
Yalpi milliy mahsulot qiymatini taqsimlash jarayonida iqtisodiy munosabatlar subyektlari (davlat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ishchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlari) turli xil pul daromadlari fondlari jamg‘ariladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun daromad olish usullariga qarab moliya tizimini ikki sohaga ajratish mumkin: markazlashtirilgan (davlat) va markazlashtirilmagan moliya.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish