2.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar, mahsulotlar va daromadlarning aylanishi
Bozor tizimi to‘qnash keladigan muammolarni tushunish uchun avvalo unda resurslar va daromadlarning doiraviy aylanish modelini kurib chiqamiz (2.1- rasm ) Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari xususiy sektorni, davlat esa davlat sektorini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyotining barcha subyektlari iste’mol tovarlari va xizmatlari, resurslar va moliyaviy bozorlarda o‘zaro aloqadorlikda harakat qiladilar va o‘zaro bog‘liq xarajatlar va daromadlar oqimlarini tashkil qiladilar. Uy xo‘jaligi iqtisodiy resurslarga, ishlab chiqarish omillariga egalik qiladi va ularni tadbirkorlarga resurslar bozori orqali taklif etadilar, ayni paytda bu resurslarni tadbirkorlar talab etadi. Uy xo‘jaligi esa taklif etadi.
Uy ho'jaligi
Tadbirkor
rеsurs
Ishlab chiqarish harajatlari
Iste'mol bozori
Тоvart va xizmatlar
Тоvart va xizmatlar
sarflar
daromad
Издержки пр-ва
daromad
Реsurs bozori
resurs
2.2-rasm. Resurslar va daromadlarning doiraviy aylanish modeli.
Resurslarga bo‘lgan talab va taklif narxni shakllantiradi. Tadbirkorlar resurslarning xarid sarflari ularning harajatlarini tashkil etadi, bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining daromadlar oqimini tashkil etadi.
Diagrammainng pastki qismiga qaraymiz, uy xo‘jaligi pul daromadlarini tovar va xizmatlarni sotib olishga sarf etadi. Ayni paytda tadbirkorlar (korxonalar) resurslardan foydalanib tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradi va taklif qiladi, natijada narx shakllanadi. Korxona nuqtayi nazaridan uy xo‘jaligining iste‘mol sarflari ularning daromadlarini tashkil etadi. Bunda uy xo‘jaliklari tovar va xizmatlarni sotib olishga daromadlarining barchasini sarf qilmaydilar, balki bir qismini davlatga soliqlarni to‘lashga sarf qiladilar va jamg‘aradilar. Tadbirkorlar ham shu yo‘sinda ish tutadilar, ishlab chiqargan tovar xizmatlarni sotishdan olgan tushumlaridan soliqlar to‘laydilar va investitsiyalarni amalga oshiradilar.
Ushbu model - iqtisodiy faoliyat jarayoni murakkab va bir-biri bilan bog‘liq chirmashib ketgan jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Demak, uy xo‘jaligi resurslar egasi sifatida ularni korxonalarga sotadi, undan olingan pul daromadlariga iste’molchi sifatida tovar va xizmatlarni sotib oladi. Tovarlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar resurslarni sotib olishlari kerak. Ularning tovar mahsuloti esa uy xo‘jaligiga ularning iste’mol sarflari o‘rniga sotiladi. Pirovard natijada iqtisodiy resurslar soat miliga qarama – qarshi, pul daromadlari va iste‘mol harajatlari esa soat mili bo‘yicha harakatlanadi. Ushbu oqimlar bir vaqtning o‘zida uzluksiz harakatda bo‘ladilar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlat resurslar va daromadlarning doiraviy aylanishiga ta’sir etadi: soliqlarni undiradi, tadbirkorlardan tovarlarni xarid qiladi, firmalarga soliq imtiyozlarini beradi. Hozirgi bozorda davlat muhim o‘rin tutadi, davlat ishchi kuchini sotib oladi va ish haqini to‘laydi, trasfer to‘lovlarni amalga oshiradi, mehnatga layoqatsizligi va ishsizligi uchun nafaqalar, yosh bo‘yicha nafaqalar, aholidan to‘g‘ri va egri soliqlarni undirib oladi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti oldida bir qator muammolarni turadi. Bozor tizimida narx va raqobat muvofiqlashtiruvchi va tashkil etuvchi mexanizm hisoblanadi. Aynan shu mexanizm yordamida ushbu muammolarning yechimi topiladi.Bunda ikki narsaga e’tibor berish lozim. Birinchidan bozor tizimi o‘z harakati davomida ushbu muammolarga to‘qnash keladi va ularning yechimlarini topishga majbur bo‘ladi, ikkinchidan bu muammolar ehtiyojlarining cheksizligi va resurslarning cheklanganligidan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti oldida turgan asosiy iqtisodiy muammolar va ularning qay tarzda hal etilishi:
Ehtiyojlarni to‘liq qondirish uchun qanday tovar va xizmatlarni qanday hajmda ishlab chiqarish zarur? Mavjud resurslarning qanday qismini ishlab chiqarish jarayoniga tortmoq lozim?
Ishlab chiqaruvchiga foyda keltiradigan mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi kerak. Bozorda mahsulotga talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va bozorda sotish orqali foyda olish mumkin bo‘ladi.Aynan mahsulotlariga yuqori darajada talab bo‘lgan, natijada foyda olayotgan tarmoqlarga resurslar ajratiladi, mahsulotiga talab bo‘lmagan, natijada zarar ko‘radigan tarmoqlar resurslardan mahrum qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |