Umumiy holda ishlab chiqarish samaradorligini ishlab chiqarish natijalarini (mahsulot hajmi) unga yerishishga qilingan xarajatlar miqdori nisbati orqali ifodalash mumkin. Qanchalik xarajatlar miqdori kam va ayni paytda ishlab chiqarish natijasi ko‘p bo‘lsa, shunchalik ishlab chiqarish samaradorligi yuqori bo‘ladi. Samaradorlik nisbiy ko‘rsatkichdir. Samaradorlik (S) aniqlaganda yaratilgan mahsulot va xizmatlar qiymat (Mq) resurslarining qiymati (Rs) taqqoslanadi:
S= Mq / Rs
Samaradorlik sarflangan resurs birligiga qancha natija olinganligi aniqlanadi. Samaradorlik mehnat unumdorligining hosilasidir. Resurslar cheklanganligi sababli jamiyat mehnat unumdorligini oshirish yo‘lidan boradi.
Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan mahsulot va xizmatlar miqdori yoki mahsulot va xizmatlar birligini yaratish uchun sarflangan ish vaqtidir. Masalan ish vaqti 8 soat, ishchi 16 detal ishlab chiqardi, deb faraz qilamiz, bunda ishchining mehnat unumdorligi 2 ta detalni tashkil qiladi. (16: 8= 2)
Ilmiy texnika revolyutsiyasi mehnatning tasnifini ham o‘zgartirdi. Yuqori malakali xodimlarga talab oshdi. Jismoniy mehnatning ahamiyati pasaydi. Mehnat murakkablashib boradi. Mehnat unumdorligiga fan va texnika taraqqiyoti ta’sir etadi. Ushbu ta’sir ikki yo‘nalishga ega. Mehnat jarayoniga yangi unumli texnika va texnologiyalar tatbiq etiladi. Jismoniy mehnatning ahamiyati pasayib, malakali ishchi kuchga talab oshadi. Masalan, XX asrning boshlarida ishlab chiqarishga konveyerning tatbiq etilishi mehnat unumdorligining tezda oshishiga olib kelgan. 50-yillarda esa konveyerning o‘rniga boshqaruv qurilmasiga ega mashinalar keldi. Masalan, Shu davrda Ford zavodida silindrlarni quyish 24 soatdan 15 minutga kamaytirildi. Keyinchalik moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari ishlab chiqishga tatbiq etiladi.
6.4 Firma (korxona) va uning turlari
Firma (korxona) – bu alohidalashgan, xo‘jalik mustaqilligiga ega ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy sub’ekt.
Korxona muayyan mulkka oid va iqtisodiy jihatdan mustaqildir. Korxonaning iqtisodiy alohidalik ishlab chiqarish shaklining yakunlanganligi, korxona ixtiyoridagi resurslarning alohidaligi, o‘z harajatlarini o‘z mablag‘laridan qoplashi va olgan foydasini mustaqil tasarruf qilishida namoyon bo‘ladi. Korxonaning iqtisodiy mustaqilligi o‘zining iqtisodiy faoliyatini tashkil etishda o‘z aksini topadi. Iqtisodiy samaradorlik iqtisodiy mustaqillikning mezoni bo‘lib hisoblanadi. Undan tashqari tegishli iqtisodiy qonunlarda o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Ya’ni huquqiy shaxs bo‘lmog‘i, o‘zining nizomi, mustaqil daromadlar va balansi, bankda o‘z hisobi, shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lmog‘i zarur.
Firma faoliyatining maqsadlari quyidagilardan iborat:
mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash va raqobatbardoshliligini oshirish hisobiga talabni kengaytirish;
ishlab chiqarishni divyersifikatsiyalash, ya’ni mahsulot nomenklaturasini (turlarini) ko‘paytirish.
Ushbu maqsadlarga yerishganda, firma o‘z faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi va bosh maqsadga–foyda miqdorini maksimallashtirishga yerishadi.
Korxonalar bir qator mezonlar asosida tasniflanadi:
mulkchilik shakliga ko‘ra korxonalar: xususiy va davlat korxonalariga bo‘linadi;
xo‘jalik yuritish shakli va amalga oshiriladigan opyeratsiyalarga ko‘ra: sanoat, transport, sug‘urta, ilmiy-tadqiqot, turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi (aloqa, maishiy xizmat) korxonalar farqlanadi;
tarmoq bo‘yicha: monotarmoqli va ko‘p tarmoqli korxonalar farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |