1. iqtisodiyotga kirish


Talab inflyatsiyasi deb talabning taklifga nisbatan ortiqligi natijasida narxlarning oshishiga aytiladi



Download 20,98 Mb.
bet174/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Talab inflyatsiyasi deb talabning taklifga nisbatan ortiqligi natijasida narxlarning oshishiga aytiladi. Taklif inflyatsiyasi mahsulot birligiga sarf qilinadigan xarajatlar o‘sishiga olib keluvchi omillar bilan tushuntiriladi. O‘rtacha xarajatlarning o‘sishi iqtisodiyotda mavjud narxlarda, firmaning foydasi, taklif etmoqchi bo‘lgan mahsulot hajmini kamaytiradi. Oqibatda tovar va xizmatlarning taklifi kamayadi, buning natijasida narx oshadi. Demak bunda talab emas, balki xarajatlar narxning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Xarajatlarning oshib borishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyaning ikki shakli mavjud, bular nominal ish haqi oshishi hamda xomashyo va energiyaga bo‘lgan narxlarning ko‘tarilishi natijasida yuzaga keluvchi inflyatsiyalardir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori to‘lanadigan ish haqi va olinadigan daromadlarga mutanosib bo‘lsa, iqtisodyot samarali hisoblanadi. Boshqacharoq qilib aytganda ish haqi mehnat unumdorligi o‘sgandagina oshishi mumkun. Agar ish haqi miqdori ishlab chiqargan mahsulot miqdoridan oshib ketsa, narx ko‘tariladi, ya’ni inflyatsiya vujudga keladi.
Moddiy xarajatlar oshishi bilan bog‘liq inflyatsiyaning yana bir shakli – taklif mexanizmining buzilishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyadir. Kutilmaganda birdaniga xomashyo va energiyaga narxlarning oshishi sababli inflyasiya vujudga keladi. Masalan,1973-1974 va 1979-1980 yillardagi chetdan olib kelinadigan neft narxining keskin oshishi, ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi natijada inflyatsiya darajasining oshishiga olib kelgan. Inflyatsiya o‘sishi sur’atlariga ko‘ra o‘rmalovchi, yo‘rg‘alovchi va giperinflyatsiya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:
1.O‘rmalovchi inflyastiyada narxlar sekin 10 foizga qadar oshadi, pulning qiymati saqlanadi. Bu narxlarning me’yorda o‘sishini bildiradi;
2. Yo‘rg‘alovchi inflyatsiyada narxlar yiliga tez 20% dan 200% gacha o‘sadi. Pul qadrsizlanadi. Tuziladigan shartnomalarda inflyatsiya inobatga olinadi.
3. Giperiflyasiyada narx 1000% ziyodga o‘sadi. Giperinflyatsiya moliyaviy inqirozni, depressiya, ijtimoiy va siyosiy beqarorlikni tezlashtiradi.
Giperiniflyatsiya odatda urush yoki urushdan keyingi yillarga xos hodisadir. Masalan, Vengriyada 1946 yil avgustda 829 oktillion (1022) forint urushdan oldingi bitta forintga teng bo‘lgan. AQSH dollari 3*1022 forintga teng edi. Yaponiyada narxlar 1938 yildan 1948 yilgacha 116 marta oshdi va sotuvchilar pulni hisoblashda tarozidan foydalanganlar.
Germaniyada 1922 yilda narxlar darajasi 5470% ga ko‘tarildi. 1923 yilda vaziyat yanada yomonlashdi: narxlar darajasi 1,3*1012 marta ko‘tarildi. Oktyabr oyida bitta xat 200 ming marka, bir funt sariyog‘ - 1,5 million marka, go‘sht - 2 million, bitta non - 200 ming, bitta tuxum - 60 ming markani tashkil qiladi.
Kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya ham mavjud. Kutilgan inflyatsiyaning qandaydir tarzda prognoz qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiya narxlarning keskin sakrashi bilan ajralib turadi.
Inflyatsiya sharoitida tadbirkorlar o‘z mahsolotlariga qanday narxni belgilashni, xaridor esa sotilayotgan tovarga qancha to‘lash kerakligini bila olmaydilar. Pulning qadri tushib ketayotgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar yetkazib bergan tovar va xizmatlari evaziga tezda pul olishga harakat qiladilar. Kredit munosabatlari ham izdan chiqadi. Davlat byudjeti kamomadi va davlatning qarzi ortib boradi. Pul o‘z vazifalarini bajara olmay qoladi. Buning natijasida moliya - pul sohasi inqirozga yuz tutadi. Inflyatsiya narxlar indeksi yordamida hisoblanadi. Masalan: 2019 yilda iste’mol mollari indeks deylik 115,6% 2020 yilda 120,3% ga teng. 2020 yil uchun inflyastiya darajasi quyidagicha hisoblanadi:

Inflyasiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari o‘ta murakkab va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Inflyatsiyaning past sur’atlari narx va foyda normasini oshiradi, demak bu holda inflyatsiya ishlab chiqarish holatining vaqtinchalik yaxshilanishi omili sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, inflyatsiya chuqurlashib, kuchayib borgan sari, u takror ishlab chiqarish uchun to‘siqqa aylanib boradi, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yomonlashtiradi. Inflyatsiya bozorning barcha subyektlariga salbiy ta’sir etadi, natijada esa bozor barcha subyektlari daromadlarining kamayishi, ahvolining esa yomonlashuvi kuzatiladi. Xo‘sh inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari qanday?


1. Inflyatsiya ta’siri natijasida aholi farovonligi darajasi pasayadi.
Inflyatsiya aholi farovonligiga joriy iste’mol va jamg‘arma orqali birdaniga ikki yo‘nalishda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
1.1. Inflyatsiya sharoitida aholining real daromadlari va joriy iste’mollari pasayadi. Inflyasiya barcha pul daromadlarining kamayishiga olib keladi. Agarda nominal daromadning o‘sish sur’atlari inflyatsiyaning o‘sish sur’atlaridan past bo‘lsa, unda real daromad kamayib boradi, agarda aksincha bo‘lsa oshib boradi. Inflyatsiya milliy daromadning qayta taqsimlanishiga olib keladi. Inflyatsiyani ma’lum darajada aholi uchun ustama soliq deyishimiz mumkin. Bu holat nominal va real ish haqi sur’atlarining orqada qolishi, tovar va xizmatlarga keskin narxlarning oshishiga olib keladi. Inflyatsiyaviy soliq - bu pul va boshqa qiymat ekvivalentlari egalari ko‘radigan iqtisodiy zarar. Bunday zarar inflyatsiya tufayli valyuta qiymatining pasayishi va shu bilan birga inflyatsiyaning keltirib chiqaradigan foydaning emissiya markazi tomonidan o‘zlashtirishi natijasida yuzaga keladi.
Inflyatsiyaviy soliqqa tortish samarasi ta’siri hayot sifatining yomonlashishiga yordam beradi. Bu holat faqat progressiv soliqlar mavjud bo‘lgan holatda kuzatiladi. Agar ochiq inflyatsiya bo‘lsa, tartibga solinadigan pul kompensatsiyasini oladigan soliq to‘lovchi ortib borayotgan nominal daromad egasiga aylanadi. Ammo bu uni soliq to‘lovchilarning bir guruhidan ikkinchisiga ko‘chiradi va u o‘z daromadlarining ko‘p qismini soliq sifatida davlatga to‘laydi, soliqlarni chegirib tashlagandan keyin qolgan miqdor uning xarid qobiliyati bo‘yicha inflyatsiya boshlangunga qadar bo‘lganiga nisbatan past bo‘ladi.
1.2. Inflyatsiya shaxsiy jamg‘armalarning real qiymatini va xarid quvvatini pasaytiradi. Chunki, insonlar o‘zlarining jamg‘armalarini naqd pulda ushlab tursalar, har safar narxlar ko‘tarilganda ularning xarid qobiliyati pasayadi. O‘z mablag‘larini ko‘chmas mulk va moddiy boyliklarni sotib olishga sarflagan va uning egasiga aylangan insonlar eng kam zarar ko‘radilar. Kredit tashkilotlari ham zarar ko‘radilar.
2. Inflyatsiyaning aholining daromadlari va jamg‘armalarining xarid quvvatini pasaytirib yuborishi oqibatida aholining tez ijtimoiy tabaqalanishi, mulkiy tengsizlikning kuchayishi yuz beradi. Chunki, inflyatsiya daromad va boylikning qayta taqsimlanishiga olib keladi. Masalan qarz olganlar qarz berganlarning hisobiga boyiydi. Chunki qarz olayotganda pulning xarid quvvati qarz berayotgan davrdagiga nisbatan farq qiladi. Yoki inflyatsiya davrida ko‘chmas mulk egalari boyiydi, chunki ko‘chmas mulk va yerga bo‘lgan talab oshib ketadi. Hukumatning inflyatsiyaga qarshi choralar yordamida tengsizlikni kamaytirishga urinishi tengsizlikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin. Hukumatning inflyatsiyaga qarshi choralar odatda asosan kambag‘allarga mo‘ljallangan bo‘lib, natijada aholining eng katta va faol qismi - o‘rta sinf aziyat chekadi. Uning manfaatlarining buzilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
3. Inflyatsiya nafaqat insonlar farovonligiga, korxonalar ishlab chiqarishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yo‘rg‘alovchi inflyatsiya xo‘jalik yuritishni tashkil etishga salbiy ta’sir etib, birinchi navbatda bozor holatining noaniqligi sababli yirik va kichik korxonalarga iqtisodiy ziyon yetkazadi. Mehnat unumdorligi, keyinchalik esa iqtisodiyot samaradorligi pasayadi. Iqtisodiy rivojlanishning umuman sekinlashishi kuzatiladi. Bunday sharoitda, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha ishchi kuchi, xom ashyo, yangi uskunalar sotib olish foydasiz bo‘lib qoladi. Narxlar va xarajatlarni taxmin qilish deyarli mumkin emasligi sababli, korxonalar uzoq davrda qoplanadigan yirik kapital xarajatlaridan voz kechishni afzal ko‘rishadi. Ochiq inflyatsiya sharoitida inflyatsiyaviy soliqqa tortish, bu biznesni rivojlantirishga sarmoya kiritishi mumkin bo‘lgan foydaning bir qismini qisqartiradi, samaradorlikni oshirishga xalaqit beradi.


Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish