Quymaning belgilanishi
|
Og‘irligi, g
|
O‘lchamlari, mm
|
Nominal
|
Chegaraviy og‘ishlar
|
Uzunlik, a
|
Kenglik, b
|
OLM 5
|
5
|
+0,04
|
22,0-25,0
|
12,0-15,0
|
OLM 10
|
10
|
+0,05
|
24,0-29,0
|
13,5-17,0
|
OLM 20
|
20
|
+0,05
|
29,0-33,0
|
15,0-19,0
|
OLM 50
|
50
|
+0,06
|
36,0-48,0
|
21,0-28,0
|
OLM 100
|
100
|
+0,06
|
53,0-58,0
|
29,0-33,0
|
OLQ 100
|
100
|
+0,06
|
40,0-44,6
|
20,0-25,0
|
OLQ 250
|
250
|
+0,08
|
51,0-64,0
|
29,0-32,0
|
OLQ 500
|
500
|
+0,15
|
80,0-87,0
|
35,0-40,0
|
OLQ 1000
|
1000
|
+0,15
|
105,0-116,0
|
48,0-53,0
|
Izoh: Oltin quymasining qalinligi me’yorlanmaydi. Ishlab chiqaruvchi buyurtmachi bilan kelishuvga ko‘ra boshqa o‘lchamdagi, massadagi va shakldagi quymalarni ishlab chiqarishi mumkin.
5.2.2. Quymalar yumaloqlangan burchakli qirralari bo‘lgan to‘g‘ri burchak shakliga ega, bunda ularning yumaloqlanishi me’yorlanmaydi. Quymalarning shakli va tashqi o‘lchamlari 1, 2, va 3-ilovalarda keltirilgan.
5.3. Tavsiflari (xususiyatlari)
5.3.1. Oltin quymalarining kimyoviy tarkibi 2-jadvalda ko‘rsatilgan
Au-1 markali oltinning kimyoviy tarkibiga muvofiq bo‘lishi kerak.
2 — jadval — Oltin quymalarining kimyoviy tarkibi
Oltin markasining belgilanishi
| |
Umumiy miqdori, %
|
Oltinning probasi
|
Oltin, kamida
|
O’z DSt 610 bo‘yicha belgilangan aralashmalar yig‘indisi, ko‘pi bilan*
|
Au-1
|
999,9
|
99,99
|
0,01
|
* Har bir aralashmaning miqdori me’yorlanmaydi.
Izoh: Oltin quymasining massa ulushi aniqlanadigan aralashmalarning 100 % va haqiqiy yig‘indisining farqi bo‘yicha aniqlanadi, quymaga tushirilmaydi.
5.3.2. Oltin quymasi yuzasi moy qatlamisiz, g‘adir-budurliklarsiz, yoriqlarsiz, qatlamlarga ajralishlarsiz, tosh va boshqa begona aralashmalarsiz bo‘lishi lozim. Quyma yuzasida himoyalangan (sayqallangan) joylarni mavjudligiga yo‘l qo‘yiladi. Quymaning old yuzasida metallni kristallanishida botiqliq va to‘lqinsimonlikka yo‘l qo‘yiladi.
Shtamplangan quymalarda bosib zarb berish jarayonida metallni bosish natijasida hosil bo‘ladigan ortiqcha qismlar (obloy) bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
5.4. Markirovkalash
5.4.1. Oltin quymalarining markirovkasi va tovarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachi bilan kelishilishi mumkin.
5.4.2. Markirovka har bir quymaning yuza tomoniga tushiriladi hamda u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasining doira shaklidagi, ichida O‘zbekiston Respublikasining konturi bilan yer shari ramziy tasvirlangan emblemasi. Doira ichida quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak: yuqorisida davlat tilida “O‘ZBEKISTON”, pastida ingliz tilida “UZBEKISTAN” degan yozuvlar;
quymaning nominal massasi, g;
metallning nomi: “OLTIN” (ingliz tilida “FINE GOLD”);
oltin probasi;
ishlab chiqaruvchi korxona belgisi (yoki tovar belgisi). Tovar belgisi oldida ingliz tilida ishlab chiqaruvchi va tahlil o‘tkazuvchini ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lishi kerak;
old tomoniga (aversga) tushiriladigan quymaning raqami (shifri). Shuningdek, buyurtmachi bilan kelishuvga ko‘ra raqamni quymaning teskari tomoniga tushirishga yo‘l qo‘yiladi.
5 g dan 100 g gacha mazkur davlat standartining 3-ilovasida keltirilgan shtamplangan bajarilishdagi diapazondagi quymalarning teskari tomoniga (revers) quyidagilar tushiriladi:
Quyma yuzasining butun maydonida dioganal bo‘ylab davlat tilida “O‘ZBEKISTON” va ingliz tilida “UZBEKISTAN” yozuvi tushiriladi.
Izoh: ishlab chiqaruvchi buyurtmachi bilan kelishuviga ko‘ra texnik imkoniyatlardan kelib chiqib quymalarni boshqa dizaynda markirovkalashi mumkin.
5.4.3. Quymalarda markirovkani joylashish tartibi mazkur davlat standartining 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan.
5.4.4. Markirovka raqamlari va harflar aniq, yozuvlar tushunarli bo‘lishi kerak. Quymalardagi raqamlar havo uzatmali porshenlar, metall tamg‘ali yoki lazer yordamida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab, quymalarning matnidagi izi bo‘rttirilgan yoki bostirilgan bo‘lishi mumkin. Harflar va raqamlarning birlashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.4.5. Quymalarni markirovkalash uchun shrift o‘lchami va turi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.
5.5. Qadoqlash
5.5.1. 5 g dan 100 g gacha bo‘lgan har bir quyma (shtamplangan) haqiqiylik sertifikati hisoblanadigan maxsus himoyalovchi qadoqda chiqariladi. Qadoqning sifat tavsiflari va himoya elementlari quyidagilar hisoblanadi:
qadoqning ikki tomonini bir-biri bilan mahkam mustahkamlash;
quymaning raqami bilan bir xil bo‘lgan QR — kod, seriya raqamining mavjudligi;
qadoq ochilganida paydo bo‘ladigan kriptoprint (“SEAL OPEN” yozuvi) yozuvi va rangi o‘zgaruvchan membrana.
Maxsus himoyalash qadog‘i 5 va 6-ilovalarida keltirilgan.
100 g dan 1000 g gacha oraliqdagi har bitta quyma (quyib bajarilgan) 4-ilovada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha ishlab chiqaruvchining sertifikati bilan yuboriladi va u bilan birga GOST 10354 bo‘yicha polietilen plenkaga qadoqlanadi.
Oltin quymalari ishlab chiqarilgan maxsus konteynerga yoki taraga qator-qator qilib joylanadi. Har bir qator zaruriyat bo‘lganida yonidagidan GOST 8273 bo‘yicha qog‘oz yoki GOST 9347 bo‘yicha karton bilan ajratilishi mumkin.
Buyurtmachi bilan kelishuv bo‘yicha har qanday quyilgan hamda shtamplangan quymalar uchun ularni mexanik shikastlanishlardan himoyalaydigan, saqlanishini va haqiqiyligini ta’minlaydigan qadoqlarni va qadoqlash materiallarini boshqa turlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
5.5.2. Har bir quymalarni yetkazib berishda spetsifikatsiya ilova qilinishi hamda ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ishlab chiqaruvchi korxona nomi;
spetsifikatsiya raqami;
mahsulotning nomi: “O‘lchamli oltin quymalari”;
mazkur davlat standartining belgilanishi;
to‘p raqami;
ishlab chiqarilgan sana (oy, yil);
joy raqamlari;
quymalar raqami;
quymalarning shartli belgilanishi;
quymalarni ligatura massasi, g;
kimyoviy toza oltin massasi, g;
oltinning markasi;
oltinning massa ulushi, %;
to‘pdagi quymalarning soni, dona;
javobgar shaxslarning imzolari, sanasi bilan.
Spetsifikatsiyani shakllashtirish va alohida yuborishga yo‘l qo‘yiladi.
5.5.3. Har bir taraga (to‘pga) etiketka yopishtiriladi yoki spetsifikatsiya raqami va joy raqami, quymalarning raqamini ko‘rsatish bilan shtamp bosiladi.
5.5.4. Har bir tara (to‘p) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan plombalangan yoki muhrlangan bo‘lishi kerak.
6. Qabul qilish qoidalari
6.1. Quymalar to‘plarda qabul qilinadi. To‘p bitta eritilgan quymalardan tashkil topgan bo‘lishi kerak.
6.2. Yuzasi sifati mazkur davlat standartining 5.3.2-bandiga, massasi 5.2.1-bandiga, markirovkalanishi 5.4-bandiga asosan muvofiqligi bo‘yicha har bitta quyma nazoratdan o‘tkaziladi.
6.3. Qadoq sifatini mazkur davlat standartining 5.5-bandiga muvofiqligini tekshirish, shu bilan birga ilova qilinadigan hujjatlarni tekshirish quymalarning 100 % to‘pida o‘tkaziladi.
6.4. Shtamplangan bajarilishdagi o‘lchamli oltin quymalarining kimyoviy tarkibini aniqlash quyishdan oldin har bitta eritmadan yoki quyilgan yarim tayyor mahsulotlardan tanlab olingan probalarda bajariladi. Bunda namuna to‘pning arbitraj namunasi hisoblanadigan quyilgan yarim tayyor mahsulotning ikkita qarama-qarshi tomonlaridan kesish, qirqish yoki parmalash yo‘li bilan tanlab olinadi. Shuningdek, namuna maqbulligini pasaytirmaydigan tanlab olishning boshqa qoidalari qo‘llanishi mumkin.
6.5. Quyilgan quymalar uchun arbitraj namuna sifatida sinab ko‘riladigan to‘pdagi metallni eritishda olingan quyma qoldiriladi.
6.6. Ishlab chiqaruvchi quymadagi oltin miqdorini mazkur davlat standartining 5.3.1-bandi talablariga muvofiqligini kafolatlaydi.
6.7. Zaruriyat bo‘lganda iste’molchi kimyoviy tarkibni tekshirish uchun mazkur davlat standartining 6.4-bandiga ko‘rsatilgan shaklda namuna tanlab oladi.
6.8. Kimyoviy tarkibdan qoniqarsiz tahlil natijalari olinganda (mazkur davlat standartining 5.3.1-bandi) aynan o‘sha to‘pdan olingan namunalarning ikki baravari miqdorida takroriy sinovlar o‘tkaziladi. Takroriy sinov natijalari yakuniy hisoblanadi va butun to‘pga taalluqli hisoblanadi.
6.9. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida oltinni kimyoviy tarkibini baholash bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelganida mazkur davlat standartining 6.4 va 6.5-bandlarida belgilangan tartibda tanlab olinadigan namunaning arbitraj tahlili o‘tkaziladi.
6.10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga topshirilgan o‘lchamli oltin quymalarining to‘plari u yerda ularni to‘liq realizatsiya qilib bo‘lgunga qadar saqlanadi. Yuborilgan to‘pning arbitraj namunalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan ishlab chiqaruvchi ma’lum bir to‘pdagi barcha o‘lchamli quymalar sotilganligi haqida xabardor qilinmagunigacha ishlab chiqaruvchida saqlanadi. Ishlab chiqaruvchi o‘lchamli quymalarni oxirgi to‘pi sotilganligi to‘g‘risida xabardor qilingan paytdan boshlab arbitraj namunani yana 6 oy davomida saqlashni davom ettiradi (mahsulotni xarid qilgan iste’molchi, xarid qilingan paytdan boshlab 6 oy davomida namunani arbitraj tahlilini o‘tkazishga haqli).
7. Nazorat usullari
7.1. Quymalarining kimyoviy tarkibini tahlil qilish GOST 27973.0, GOST 27973.1, GOST 27973.2, GOST 27973.3 bo‘yicha yoki buyurtmachi bilan kelishuv bo‘yicha attestatsiya qilingan va mazkur davlat standarti talablarini ta’minlaydigan boshqa usullarda o‘tkaziladi.
7.2. Quymalarning massasini nazorat qilish GOST 24104 ga asosan yuqori aniqlik sinfidagi eng yuqori tortish chegarasiga ega bo‘lgan tarozilarda o‘tkaziladi. Tarozida tortish va natijalarni rasmiylashtirish grammning yuzdan bir ulushigacha bajariladi hamda tarozilarda olingan grammning minglik ulushlari kerakli tomonga yaxlitlanadi.
Quymalarning massasini, quymaning kerakli ligaturalangan massasigacha quymaning yon tomonlarini sayqallash bilan moslashga ruxsat etiladi. 5, 10, 20, 50, 100 g massadagi quymalar uchun (shtamplangan bajarilishdagi) shuningdek shtamplangan quymani yuza yoki teskari tomonini sayqallashga (silliqlash) ruxsat etiladi.
7.3. Quymalarning gabarit o‘lchamlari GOST 166 ga muvofiq bo‘linish qiymati 0,1 mm bo‘lgan shtangensirkul bilan tekshiriladi.
7.4. Yuza sifatini, markirovkalanishini va qadoqlanishini nazorati kattalashtiruvchi asboblarni qo‘llashsiz ko‘z bilan ko‘rib o‘tkaziladi.
8. Transportda tashish va saqlash
8.1. Quymalarni transportda tashish va saqlash o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, qimmatbaho metallarni saqlash bo‘yicha talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
O‘lchamli oltin quymalar. Texnikaviy shartlarga
1-ILOVA
(tavsiya etiladigan)
Massasi 500, 1000 g bo‘lgan oltin quymasining markirovkasining joylashish tartibi
(Quyma bajarilishidagi)
1 — quymaning raqami (shifri);
2 — ishlab chiqaruvchining tovar belgisi;
3 — quymaning nominal massasi;
4 — O‘zbekiston Respublikasining konturi bilan yer shari ramziy tasvirlangan emblemasi.
O‘lchamli oltin quymalar. Texnikaviy shartlarga
2-ILOVA
(tavsiya etiladigan)
Massasi 100, 250 g bo‘lgan oltin quymasining markirovkasini joylashish tartibi
(quyma bajarilishidagi)
1 — quymaning raqami (shifri) (orqa tomoniga tushirilishi mumkin)
2 — ishlab chiqaruvchining tovar belgisi;
3 — quymaning nominal massasi;
4 — O‘zbekiston Respublikasining konturi bilan yer shari ramziy tasvirlangan emblemasi.
O‘lchamli oltin quymalar. Texnikaviy shartlarga
3-ILOVA
(tavsiya etiladigan)
Massasi 5, 10, 20, 50, 100 g bo‘lgan o‘lchamli oltin quymasi markirovkasini joylashish tartibi
(shtamplangan bajarilishdagi)
1 — quyma raqami (shifri);
2 — ishlab chiqaruvchining tovar belgisi;
3 — quymaning nominal massasi;
4 — O‘zbekiston Respublikasining konturi bilan yer shari ramziy tasvirlangan emblemasi.
O‘lchamli oltin quymalar. Texnikaviy shartlarga
4-ILOVA
(tavsiya etiladigan)
100 dan 1000 g gacha bo‘lgan o‘lchamli oltin quymasi sertifikatinining shakli va mazmuni
O‘lchamli oltin quymalar. Texnikaviy shartlarga
5-ILOVA
(tavsiya etiladigan)
5, 10, 20 g massadagi o‘lchamli oltin quymasini maxsus himoyalash qadog‘i (haqiqiylik sertifikati) (shtamplangan bajarilishdagi)
O‘lchamli oltin quymalar. Texnikaviy shartlarga
6-ILOVA
(tavsiya etiladigan)
50, 100 g (yoki undan ortiq) massadagi o‘lchamli oltin quymasini maxsus himoyalash qadog‘i (haqiqiylik sertifikati) (shtamplangan bajarilishdagi)