III. Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, to‘qimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy qilish
18.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi paxta, to‘qimachilik mahsulotlarining eksportini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish:
paxta va mahsulotlar eksportining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, eksport qiluvchilarni diversifikatsiyalash, shuningdek, ichki bozor ehtiyojlarining hisobini yuritish;
bojxona to‘lovlarini optimallashtirish va tayyor mahsulotlar yirik iste’molchilari hisoblangan xorijiy mamlakatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini soddalashtirish masalasida ular bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish.
Mahalliy paxta-tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron birja savdolari maydonlarini yaratish.
to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazishning optimal yo‘nalish va yo‘laklarini tanlash;
tashish tariflarini optimallashtirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil
1-martga
qadar
Tashqi savdo vazirligi,
Avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ,
“O‘zpaxtasanoat” AJ, Iqtisodiyot vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi
21.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi to‘qimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish:
xalqaro akkreditatsiyaga ega bo‘lgan mavjud laboratoriyalar sonini ko‘paytirish;
to‘qimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlarga tezkorlik bilan va to‘liq muvofiqlashtirishni ta’minlash;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2018-yil
1-martga
qadar
“O‘zstandart”agentligi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
22.
Quyidagilar hisobiga mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda reklama qilish va ilgari surish bo‘yicha samarali ishlarni yo‘lga qo‘yish:
to‘qimachilik mahsulotlari yirik bozorlarida O‘zbekiston savdo uylari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchilar mablag‘larini jalb qilish va tarmoq korxonalarining amaldagi xorijiy savdo uylaridan foydalanish orqali tashkil etish;
to‘qimachilik mahsulotlarini, birinchi navbatda, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda ilgari surish bo‘yicha reklama va marketing faoliyatini faollashtirish;
milliy to‘qimachilik mahsuloti yagona brendini rivojlantirish;
o‘z brendlariga ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonning to‘qimachilik tarmoqlariga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni faollashtirish;
sohani ommaviy axborot vositalari va Internetda,
shu jumladan xorijda davriy maxsus dasturlar va reklama roliklarining siklini tayyorlash va chiqarish orqali axborot ko‘magi bilan ta’minlash;
yirik to‘qimachilik korxonalarining xorijiy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uyushmalari bilan uzviy hamkorlik qilish.
Tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar
2018-yil
1-martga
qadar
Tashqi savdo vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat investitsiya qo‘mitasi,
MTRK, “O‘zekspomarkaz” AJ
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining turlari soha va tartibga solish masalalariga qarab o‘zgartirilishi (bir hujjatga birlashtirilishi) mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 43 birlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga
3-ILOVA
Paxta-to‘qimachilik klastyerlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya
tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
1.
Mirzayev Z.T.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Komissiya raisi
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri
4.
Xodjayev B.A.
—
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
5.
Xaitov A.A.
—
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
6.
Davletov R.K.
—
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
7.
Xaydarov A.Y.
—
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
8.
Samadov S.I.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari
9.
Ravshanov A.E.
—
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri
10.
Vaxobov A.D.
—
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari
11.
Sharipov N.Sh.
—
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozl�shtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori
15.
Ikramov A.I.
—
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
16.
Yusupov B.T.
—
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
17.
Namozov Sh.E.
—
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 06/17/5285/0409-son; 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)