1. Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]



Download 193,94 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi193,94 Kb.
#895651
1   2   3
Bog'liq
402 15.05.2019

Ish staji bo‘yicha guruh

Ish staj uchun ustama miqdori

2 yildan 5 yilgacha

10 foiz

5 yildan 10 yilgacha

20 foiz

10 yildan 15 yilgacha

30 foiz

15 yildan 20 yilgacha

40 foiz

20 yildan 25 yilgacha

50 foiz

25 yildan yuqori

60 foiz

Uzoq muddat xizmati uchun to‘lanadigan ustama olish huquqini beruvchi ish staji Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
551. Lavozim maoshlariga ustamalar (rag‘batlantirish koyeffitsiyentini hisobga olgan holda) va boshqa rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini moddiy mukofotlash Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
(551-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
10-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hisobot berishi
57. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot beradi.
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi bo‘yicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
59. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
60. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchiliklarni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summalari — 100 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan ma’muriy jarima summalari — 100 foiz miqdorida;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamg‘armasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish uchun yig‘imlar;
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar bo‘yicha sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 100 foizi;
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
“E-auksion” elektron savdo platformasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yo‘naltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamg‘armaga qaytariladigan 50 foizi;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari va homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi.
Chet el valyutasidagi mablag‘lar Jamg‘armaning maxsus valyuta hisob raqamiga tushadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Barcha turdagi manbalardan (To‘lov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari) Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
6. Jamg‘arma mablag‘lari:
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) joriy xarajatlarini moliyalashtirishga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Agentlik rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
qo‘shimcha kiritilgan shtat birliklari bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga;
Oldingi tahrirga qarang.
raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga;
hududiy boshqarmalardan qo‘mita Markaziy apparatiga doimiy ishlash uchun jalb etiladigan Toshkent shahrida turar joyi mavjud bo‘lmagan boshqaruv xodimlariga Toshkent shahrida ijara asosida yashashi uchun ijara to‘lovlarini ijara shartnomasi asosida to‘lashga;
raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida o‘quv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, raqobatni va iste’molchilarni himoya qilish sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni va ularni ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Qo‘mitaning kasaba uyushmasi qarori asosida Qo‘mita markaziy apparati xodimlarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini, shuningdek, bayram sanalarida va kasb bayramida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;
“Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini saqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida (topshiriqlarida) belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasiga ajratmalar;
nodavlat notijorat tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalariga raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosati sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga;
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoniga asosan oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
jalb etilgan xorijiy mutaxassislar mehnatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va boshqa rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek, moddiy rag‘batlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq to‘lanadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlarining uy-joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirish Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlariga ipoteka kreditlarini berish uchun tijorat banklariga resurslarni ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ushbu Nizomga ilova) muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
8. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi Jamg‘arma mablag‘lari hisobi va hisobotini yuritadi, boshqarma, jumladan:
Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasini tayyorlaydi, zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
ushbu Nizomda va qonunchilikda nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi;
Jamg‘arma mablag‘larining tushumi va ulardan foydalanish hisobini yuritadi;
Jamg‘arma smetasining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma smetasining ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etilishini ta’minlaydi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobni yuritish, hisobot va nazorat
10. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, tushumlar manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha) va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari qoldig‘i olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
12. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma smetasining ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
14. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash qo‘mitaning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushgan tushum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga asosan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilganidan ortiqcha tushgan tushumlardan foydalanish, smetaga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
15. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Agentlik Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishi, shuningdek, Jamg‘arma smetasining ijrosi to‘g‘risida qonun hujjatlarga muvofiq hisobotlar tuzish va taqdim etish uchun javob beradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi xodimlariga ipoteka kreditlarini taqdim etish (berish) uchun tijorat banklariga resurslarni ajratish tartibi to‘g‘risida
nizom
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi) va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) xodimlariga turar joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari berish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan muddatlilik, to‘lovlilik va qaytarish asosida tijorat banklariga resurslar ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Download 193,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish