1. Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]



Download 381,66 Kb.
bet21/32
Sana15.02.2022
Hajmi381,66 Kb.
#449372
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
104 20.02.2020

reklama joyi pasporti — tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) va uning egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat.
2-bob. Yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish tartibi
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashabbusi bilan yoki davlat va nodavlat tashkilotlarining takliflari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari, bino va inshootlarning turlari, asosiy dizayn yechimlari va reklama tuzilmalarining o‘lchamlari, ularning joylashish xaritalarini (sxemalarini) ro‘yxatini tuzadi.
Takliflar va murojaatlar yer maydonlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini), shuningdek, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarni qurish huquqini bermaydi.
4. Vakolatli organ o‘z hududini tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) joylashtirish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarini aniqlash maqsadida xatlovdan o‘tkazadi.
5. Vakolatli organ xatlovdan o‘tkazish uchun:
a) joyiga chiqqan holda va mutaxassislarni jalb qilib, maxsus jihozlardan foydalangan holda obyektlarni (yer uchastkalarini) vizual tekshiruvdan o‘tkazadi;
b) obyektning joylashuv joyini aniqlaydi (geolokatsiya);
v) tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) o‘rnatiladigan joy va obyektni fotosuratga oladi;
g) obyektning manzilini aniqlaydi;
d) obyektning umumiy tavsifini va boshqa zarur ma’lumotlarni tuzib chiqadi.
6. Tashqi reklama vositalariga muhandislik tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalarga ulanishni ta’minlovchi vositalar o‘rnatilganda, xatlov varag‘ida barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda tegishli belgi qo‘yiladi.
7. Har bir obyekt uchun ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada xatlov varaqasi hamda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda reklama joyi pasporti rasmiylashtiriladi.
8. Xatlov varaqasi va reklama joyi pasportlari ushbu Nizom 2-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan vakolatli organ va tashkilotlarga besh ish kuni ichida tasdiqlash uchun yuboriladi hamda ushbu organ va tashkilotlar besh ish kuni ichida xulosa va kelishuvlarni taqdim etadi.
9. Vakolatli organ reklama joyi pasporti bilan bir qatorda quyidagi hujjatlarni tayyorlaydi:
reklama obyektining texnik chizmasi;
transport vositalari harakati sohasida ish olib borilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli xizmatlari bilan kelishilgan ishlab chiqarish ishlarining sxemasi;
landshaft hududlar zonasida, tuman (shahar) obodonlashtirish hududida ish olib borishda — yerdan foydalanish uchun ruxsatnoma;
tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashuvining topografik tasviri;
tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) energiya ta’minoti tarmoqlariga ulash uchun texnik topshiriqlar.
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni auksion ishtirokchilari, auksion qatnashchilari va g‘oliblaridan talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘plash xarajatlari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotiladigan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun olingan mablag‘lardan qoplanadi, bunda tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) egalarining faoliyatiga hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Reklamadan xoli hududlar joylashuvi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari va boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishiladi.
11. Quyidagi bino va uning yondosh hududlari reklamadan xoli hududlar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
davlat boshqaruv organlari va muassasalari;
madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlar va diniy obyektlar.
Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) reklamadan xoli hududlardan 50 metr yoki undan kam bo‘lgan masofada joylashtirishga (qurishga) yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Vakolatli organ tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun tegishli xulosa va kelishuvlarni olingandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkalari, bino va inshootlarning ro‘yxatini shakllantirish uchun reklama joyi pasporti, xatlov varaqalari, tavsiya etilgan tuzilmalar ro‘yxati, xaritalar (sxemalar) va boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni) yuboradi.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarning elektron ro‘yxati va reklama joyi pasportlarini elektron shaklda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga joylashtirgan holda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish huquqini elektron auksionlarda sotishni tashkil qiladi.
14. Tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) ro‘yxatlari ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Reklama joyi pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish), berish, bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
XATLOV VARAG‘I


Download 381,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish