bayroqli kompozitsiya — yer maydonida o‘rnatiladigan reklama konstruksiyasi bo‘lib, betonli asos, flagshtok (ustun) va yumshoq matodan yuborat bo‘ladi. Reklama konstruksiyasining axborot maydoni mato barcha tomonlari yig‘indisi bilan aniqlanadi;
afishali stend — piyodalar yo‘lakchasi yoki unga tutash hududdagi gazonlarda joylashgan, bir yoki ikki axborot maydonli, betonli asos, karkas va axborot maydonidan tashkil topgan reklama konstruksiyasi bo‘lib, ushbu axborot maydonlari reklama va faqatgina teatr, kinoteatr repertuarlari, sport, ijtimoiy, madaniy-xordiq, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan;
Do'stlaringiz bilan baham: |