O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari bilan tashkil etilgan erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalari salohiyatini yanada oshirish imkoniyatlarini zamonaviy bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan yangi mexanizmini ishlab chiqish.
1. Respublikadagi barcha erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan davlat xo‘jaligi hamda xususiy subyektlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilish.
2020-yil
III chorak
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
2. Erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar faoliyati hamda eksport salohiyatida duch kelayotgan muammo va to‘siqlarni aniqlash yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazish.
2020-yil
avgust
Savdo-sanoat palatasi
3. So‘rovnoma natijalariga asoslangan holda, mahalliy biznes sharoitlarida ular tomonidan duch kelayotgan muammolarni joylarda bartaraf etish takliflarini ishlab chiqish.
2020-yil
sentyabr
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Eksportni rag‘batlantirish agentligi,
Mahalliy hokimiyatlar
4. Erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar tomonidan duch kelayotgan muammolarni tahlil qilish va bartaraf etish yuzasidan OAV hamda blogerlarni jalb qilgan holda har oyda davra suhbatlari�i o‘tkazish.
2020-yil
II yarim-yillik
Mahalliy hokimiyatlar,
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Eksportni rag‘batlantirish agentligi
11.
Xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan kreditlar hajmini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. Kredit miqdoridan ancha yuqori garov qiymatlarini ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan holda qayta ko‘rib chiqib, garov talabi va miqdorini pasaytirish yo‘llarini aniqlash va joriy qilish.
2020-yil
III chorak
Markaziy bank,
tijorat banklari
2. Tijorat banklari tomonidan tavakkalchiliklar darajasini baholashda (Risk Management) jahon standartlariga mos tartibni joriy qilish.
2020-yil
III chorak
3. Xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun tijorat kreditini olish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni o‘ziga jamlagan interaktiv yagona mobil ilovani bosqichma-bosqich yaratish.
2020-yil
sentyabr
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,
Markaziy bank
4. Xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va moliya bozorida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida xorijiy Xususiy kapital jamg‘armalari (Private Equity Fund)ni respublikaga jalb qilish.
2020-2021-yillarda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi
5. Banklar tomonidan axborot broshyuralari va OAV orqali moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni muntazam ravishda yoritib borish.
2020-yil
davomida
Tijorat banklari
12.
Innovatsion g‘oya va yuqori texnologiyalarga ega kompaniyalar sonining oshishini rag‘batlantiruvchi ekotizimni shakllantirish.
1. Istiqbolli startap kompaniyalarni (Startup company) rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash hamda nou-xau (Know how) va intellektual ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
2020-yil
III chorak
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
vazirlik va idoralar,
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
2. Ilmiy-texnik va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqishda “buyurtmachi-tadqiqotchi-investor” tizimini takomillashtirish.
2020-yil
III chorak
3. Innovatsion kompaniyalarni tashkil qilishning jozibadorligini oshirish maqsadida:
ushbu kompaniyalarni tashkil qilishda zarur qulay shart-sharoit va imtiyozlar taqdim qilish;
ularning jahon bozoriga chiqishlari uchun zarur sharoit yaratish.