1. Iqtisodiyot / Davlat kadastri


-bob. Agentlikning hisobot berishi



Download 289,91 Kb.
bet11/24
Sana15.05.2023
Hajmi289,91 Kb.
#939104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
66 12.02.2021

10-bob. Agentlikning hisobot berishi
51. Direktor muntazam ravishda Agentlikning faoliyati to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasiga hisobot beradi.
52. Davlat soliq qo‘mitasi Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
53. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishni amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) bo‘ysunadi.
3. Davlat kadastrlari palatasi Kadastr agentligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
4. Davlat kadastrlari palatasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) va Kadastr agentligining qarorlari va buyruqlariga amal qiladi.
5. Davlat kadastrlari palatasi o‘z faoliyatini Davlat soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi va ularning bo‘linmalari, shu jumladan, ularning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, xorijiy va xalqaro hamda nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Davlat kadastrlari palatasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, buyruqlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar), tuman (shahar) filiallari va ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish komissiyalari tashkil etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
7. Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
8. Davlat kadastrlari palatasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi, qisqartirilgan nomi — Davlat kadastrlari palatasi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Palata gosudarstvennix kadastrov Agentstva po kadastru pri Gosudarstvennom nalogovom komitete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Palata gosudarstvennix kadastrov;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Chamber of State Cadastres of the Cadastral Agency under the State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Chamber of State Cadastres.

Download 289,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish