I. Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tadbirlar
|
1.
|
“Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil avgust
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
2.
|
Qishloq xo‘jaligida quyidagilarni nazarda tutuvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish:
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasini (e-agriculture.uz) yaratish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining birinchi va ikkinchi ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib “onlayn hosil” yagona axborot bazasini yaratish;
Qishloq xo‘jaligi vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tarkibiy tuzilma tashkil qilish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil dekabr
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
3.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
qishloq xo‘jaligi tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligining holati va tarkibi to‘g‘risidagi rasmiy statistik axborotlarni shakllantirish;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil avgust
|
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
4.
|
Qishloq xo‘jaligi, xususan oziq-ovqat bozoridagi konyunkturani kuzatib borish imkonini beruvchi va xizmatlarni onlayn shaklda taqdim etuvchi veb-sahifa yaratish.
|
Texnik loyiha
|
2021-yil noyabr
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi
|
5.
|
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlarini respublika miqyosida keng joriy etish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2021-yil mart
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi
va viloyatlar hokimliklari
|
6.
|
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish
va monitoring qilish tizimini yaratish ishlarini tashkil etish.
|
Texnik loyiha
|
2021-yil dekabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
7.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida Agrosanoat kompleksida yagona axborot dasturi yuritilishi uchun mas’ul tashkilot tuzish;
agrosanoat majmuiga tegishli barcha davlat idoralari va tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni Yagona dasturda ishlash tartibi;
agrosanoat majmuiga tegishli barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining Yagona dastur bilan integratsiyasini ta’minlash.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yilavgust
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
8.
|
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish rejasini qabul qilish. Bunda:
sohada qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar
va ma’lumotlar bazalarini baholash;
moddiy-texnik bazani modernizatsiyalash hamda ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilishni bosqichma-bosqich raqamlashtirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil sentyabr
|
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
9.
|
Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va servis xizmatlari ko‘rsatish tizimini quyidagilarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish:
qishloq xo‘jaligi texnikasini GPS-navigatsiya qurilmalari bilan jihozlashni davom ettirish;
buyurtmachi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida hujjat almashuvini elektron tarzda amalga oshirish;
ko‘rsatilayotgan mexanizatsiya va servis xizmatlarini online-rejimda kuzatib borish tizimidan samarali foydalanish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil dekabr
|
“O‘zagrotexsanoat-xolding” AJ,
“O‘zagroservis” AJ,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
10.
|
Eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish.
|
Kompleks
chora-tadbir
|
2021-yiliyun
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
|
|