IV. Geoaxborot va kadastr yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlar
19.
|
Respublika qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratish va uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil sentyabr
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
|
20.
|
Qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish samaradorligini oshirish, ularni o‘zboshimchalik bilan egallashning oldini olish maqsadida kosmosuratlar bilan ishlash, ularni deshifrovka qilish va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil sentyabr
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
21.
|
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish hamda yerdan foydalanish va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun ko‘chmas mulkka egalik huquqini hisobga olish tizimi bilan yagona axborotlashtirilgan tizimga ulanishini ta’minlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2021-yilaprel
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
22.
|
Milliy geoaxborot tizimini qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish hamda yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yilmay
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
23.
|
Tadbirkorlar uchun yer uchastkalariga oid ma’lumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish tizimini takomillashtirish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil iyul
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Davlat aktivlarni boshqarish agentligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
24.
|
Geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri ma’lumotlar bazasini Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalash hamda geografik obyektlarning joylashgan joyi, nomi to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi veb-portalni ishga tushirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2020-yil iyun
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son; 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son; 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |