1. Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat



Download 28,02 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi28,02 Kb.
#287068
Bog'liq
409 25.06.2020




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Markazlarning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda:

a) “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan loyihaviy-texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish;

axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi va elektron davlat xizmatlarini joriy etishni tahlil qilish orqali davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;

davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimini, idoralararo axborot tizimlarini, manbalar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish;

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida axborot texnologiyalarining joriy etilishini monitoring qilish va baholash;

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maqsadli indikatorlar va samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

elektron hukumat infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari va boshqa elektron hukumat axborot tizimlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat boji va yig‘imlar miqdorini hisobga olishning yagona billing tizimini rivojlantirish;

b) “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:

har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash hamda kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimlari bo‘yicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash;

ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalaridagi yangi yo‘nalish va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlar va iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

“aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish;

raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik va tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga asoslangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish.

3. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga Markazlarning tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin.

Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) va uning tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarish;

Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning bino va inshootlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;

Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarni transport xizmati bilan ta’minlash hamda ularning moddiy-texnik ta’minotini tashkil qilish.

5. Quyidagilar:

a) Markazlarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘lar;

xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlar mablag‘lari;

xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Belgilansinki, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish, Vazirlik bilan kelishilgan holda, Markazlar va Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlarga muvofiq xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi.

Bunda, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomlarda ularning lavozim maoshlariga 100 foiz qo‘shimcha oylik ustama qo‘llanilishi nazarda tutiladi.

7. Vazirlik:

bir oy muddatda Markazlarning va Direksiyaning ustavlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;

Markazlarni va Direksiyani zarur mutaxassislikka ega tajribali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini ko‘rsin.

8. Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 22, 22a va 24-uy manzillarida joylashgan binolarni (Liter 0001 va Liter 0003 to‘liq, Liter 0002 ning yerto‘la hamda 1-qavati) tegishlicha “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

9. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 5-bandining “b” kichik bandiga quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi qo‘shilsin:

“elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalarining joriy ta’minoti, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha ajratiladigan xarajatlar hamda “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish”.

10. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2020-yil 25-iyun,

409-son

Vazir Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining

TUZILMASI



Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni (yordamchi xodimlardan tashqari) — 120 nafar.

Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Vazir Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining

TUZILMASI



Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni (yordamchi xodimlardan tashqari) — 30 nafar.

Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/409/0955-son)

Download 28,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish