1 Iqtisodiy tizimlar Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti


II BOB. Sotsial iqtisodiy tizim



Download 141,01 Kb.
bet16/18
Sana12.02.2022
Hajmi141,01 Kb.
#444701
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tizim turlari

II BOB. Sotsial iqtisodiy tizim
2.1 Iqtisodiy tizimlarning umumiy ma’lumotlari
Ijtimoiy iqtisodiy tizim — bu iqtisodiyot taraqqiyoti-ning umumiy shart-sharoitidir.
Tizimlar baholanganda turli nazariy oqimlar uning bosh mezoniga har xil qarashadi. Bulardan biri bosh mezon sifatida ijtimoiy-sinfiy farqlami olsa, boshqasi texnologiya darajasini yoki tirikchilik ne'matlarini yaratish usullarini, yana boshqasi boshqarishning turlicha bo'lishini asos qilib oladi. Ammo ko'pchilik nazariyalarda tizim belgilariga kompleks (yaxlitlikda) qarash zarurligi, ammo bu belgilar turtielia bo EshTqayd etiiadi. Tizimlar baholanganda mod­diy, ijtimoiy-iqtisodiy va g'oyaviy sharoit birgalikda qarali-shi kerak. Bunda nimani va qanday usullar bilan ishlab chiqarilishi ahiq bo'ladi. Moddiy shart-sharoit belgilari bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarning qanday bo'lishi, ya'ni ulaming natural mahsulot yoki tovar mahsuloti bo'lishi, ulaming tarkibiy tuzihshining qandayligi, moddiy shakldagi yoki nomoddiy xizmat shaklida bo'lishidan iboratdir. Ammo moddiy shart-sharoit tavsiflanganda resurslaming qandayligi ham nazarda tutiladi. Tabiatdagi ne'matlar to'g'ridan to'g'ri yerdan olib iste'mol etilishi yoki tabiatga tayanib mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Bir yerda ular faqat sarflansa, boshqa yerda ulaming tiklanishi ham yuz beradi. Inson mehnati yaratgan moddiy resurslaming sifati mehnat shart-sharoitiga ta'sir etadi. Ishlab chiqarish-da qo'l mehnatiga asoslangan, oddiy mashinalarni qo'llash-ga, mukammal mashinalar turkumini qo'llashga asoslangan texnologiya, oddiy mexanik ishlov berish yoki fizikaviy, kimyoviy, biokimyoviy, biofizikaviy ta'sir etish texnologiyalari moddiy shart-sharoitni tavsiflab tizimlarni farqlantiradi. Tizimlar belgilarini aniqlashda ishlab chiqa­rish shaxsiy insoniy omilining sifatli tavsiflari ham ahami-
yatlidir. Tizimlar qanday ish kuchining_jjoJllanishi bilan ham ajralib turadi»^rr^ycTda"l3m3iirrlair5cat-savodsiz, hech bir malaka talab qilmaydigan kishilarning ish kuchi ishlatil-sa, boshqa yerda dastlabki xat-savodni egallagan, qandaydir kasbiy mahorat va tajribaga ega ish kuchi qo'llanadi, yana boshqa bir yerda bilim darajasi g'oyat yuqori, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini qo'llashga qodir, o'z kasbini tezda o'zgartira oladigan va harakatchan xodim mehnati ishlati-ladi.
Iqtisodiy tizim baholanganda mulk kimniki bo'lisWning o'zi kifoya qilmaydi, buning uchun mulkning qanday usulda iqtisodiy jihatidan amalga oshirilishi, ya'ni mulkdan qanday yo'llar bilan daromad topilishini ham hisobga olish zarur. Gap shundaki, mulk manfaatni, manfaat esa mulk-dor maqsadini hosil etadiki, bunga har xil vositalar bilan erishiladi. TurU tizimlar ularda qaysi mulk shaklining ustu-vorligi bilan ham ajralib turadi. Tarixan jamoat mulki, xususiy mulk va davlat mulki mavjud bo'lgan, lekin bu mulklarning ichki tuzilishi farqlangan, ular har xil usulda iqtisodiy jihatdan amalga oshgan. Masalan, yer xususiy mulk bo'lsa, uning egasi bundan oladigan daromadi uni ijaraga berishidan, sotishdan yoki o'zi ishlov berishidan keladi. Yerga ishlov berish o'z mehnati hisobidan, erkin yollangan o'zga mehnati hisobidan yoki zo'rlab ishlatilgan kishilar mehnati hisobidan bo'ladi. Turli tizimlarda quyida-gi mulk shakllari amal qiladi: 1. Xususiy mulk — bu ayrim sohiblarga tegishli mulk bo'lib, uning ikki ko'rinishi bor. Birinchisi individual, ikkinchisi korporativ, xususiy mulk. Individual mulk — bu ayrim individga qarashli, faqat uning o'ziga daromad keltiruvchi mulk. Korporativ xususiy mulk — bu korporatsiya (birlashma) doirasida amal qiluv-chi mulk. Buni individual tarzda ishlatib bo'lmaydi, chun­ki u birlashtirilgan mulkning bir qismi. Mazkur mulk egasi mulkidan kelgan daromadni umumiy daromadning bir ulushi sifatida oladi. 2. Jamoat mulki. Bu jamoaga birlash-gan kishilarning umumiy mulki. Bu qavm-qarindoshlar, bir yerda istiqomat qiluvchi kishilar va ma'lum maqsad yo'lida ko'ngilli tarzda birlashgan kishilar mulki. Bu mulkdan daromad topishning asosiy sharti jamoa faoliyatida qat-nashish hisoblanadi. 3. Davlat mulki — bu davlatga qarashli resurslar va yaratilgan mahsulotlarning, umuman boy-likning davlat tomonidan o'zlashtirishini bildiradi. Bu mulk davlat paydo bo'lishi bilan vujudga keladi, ammo uning maqsadi va miqyosi o'zgarib turadi. U xususiy va jamoa mulkidan o'sib chiqadi, ya'ni ularga tegishli moddiy va ma'naviy ne'matlar davlat tasarrufiga o'tadi. Aytilgan mulk shakllari hamma tizimlarga xos bo'ladi, lekin ular turli qo-rishmada mavjud. Bu yerda mulk shakllarining nisbati, ulardan qaysi birining ustuvorhgi bilan tavsiflanadi.
An'anaviy tizim. Insonning iqtisodiy faohyati dastlab mana shu tizimda yuz bergan. Uning alomatlari sarqit sifatida uzoq saqlanildi, hatto hozir ham onda-sonda uchrab turadi. An'anaviy tizim hukmron bo'lgan davr g'oyat uzun davrdir.
'"An'anaviy iqtisodiyot — bu o'ta zaif ishlab chiqarish omiilariga tayangan, kam unumli natural ishlab chiqarish -ga, an'analar shakliga kirgan ijtimoiy-iqtisodiy muno-sabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir.
An'anaviy tizim ishlab chiqarish ommarining kuchsizligi, iqtisodiyotda tabiiy resurslarning birlamchi bo'lishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish faohyati tabiatan tartibsiz va hatto vahshiyona foydalanishga asoslanadi. Iqtisodiyot g'oyat resurstalab bo'ladi, chunki resurslarning tejalishini ta'minlovchi texnologiya rivojlanmagan bo'ladi. Ishlab chiqarishda qo'l mehnatijisluvor, tabiat kuchiaridan oddiy usulda foydalaniladi. Tabiatda mavjud energiya manbalari ishlatiladi. Dastlab tabiatda uchraydigan mahsulotlar terib olinib iste'mol qilinadi, so'ngra tabiatga tayanib mahsulot­lar ishlab chiqariladi. Mehnat unumdorligi g'oyat past bo'lib, bu mahsulotlarni hammaga yetarli qilib ishlab chiqarish imkonini bermaydi, turmush darajasi past bo'ladi.
An'anaviy tizim dastlab jamoat mulki, so'ngra esa indi­vidual xususiy mulkka tayanadi. Jamoat mulki bu qon-qarindoshchilik asosida birlashgan yoki yagona hududda yashovchi kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Masalan, XX asr boshlarida Farg'ona vodiysi hududidagi xususiy yerlar hayot_yeriari_deb, qishloq jamoasiga qarashli katta yerlar paykal deb nomlangan.
Bozor tizimi. Bu an'anaviy tizim o'rniga keluvchi yangi tizimdir. U o'zining bir qator belgilari Man o'tmishdoshi-dan ajralib turadi.
Bozor iqtisodiyoif|l- bu mukammal ishlab chiqarish omillariga egjljp'lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslan-gan, aniq ijtimoiy moijali bor, bozor signali&iga binoan va pal vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyoti mashinalashgan ishlab chiqarishga asoslanadi. Bu yerda ishlab chiqarishning moddiy omil-lari serunum mashinalar tizimidan iborat. Ashyoviy resurslar faqat tabiiy bo'lmasdan, balki yangidan yaratil-gan ham bo'ladi. Texnikaviy darajasi yuqori, mashi­nalashgan industrial ishlab chiqarishga mos ravishda savodli, malakasi va ish tajribasi yuksak bo'lgan xodim-lar ish kuchi qo'llaniladi. Ishlab chiqarishning omillari rivoj topganidan yuksak, ilgari bo'lmagan mehnat unumdorligiga erishiladi. Ishlab chiqarishda qo'llaniladi-gan tabiiy resurslar samarali ishlatilishi bilan birga tik-lanib, ya'ni qaytadan hosil etilib ham turiladi. J Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy muikchilik ustllToTint^qiladT. Bundan tashqari jamoa va davlat mulki ham amal qiladi. Ammo hech bir mulk monopoliyasi — yakka hukmronligi tashkil topmaydi, chunki mulklar o'rtasida muvozanat saqlanadi, bir mulkning boshqasi tomonidan siqib chiqarilishi yuz bermaydi, chunki hamma mulk shakl-larining erkin rivojlanishi kafolatlanaqa.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi
mulk tashkil etadi... Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsiz va davlat himoyasidadir*1.
Bozor iqtisodiyotida mahsulotlar tovar shakliga ega bo'ladi, ular oldi-sotdi qilish orqali ayirboshlanadi. Tovar mahsulot va xizmatlarning umumiy shakliga aylanadi. Bu bilan bozor tizimi an'anaviy tizimdan tubdan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti uch subyejfllidir. Bular Jmnalar, xonadonlar va davlatdir. Ular o'rtasidagi munosabatlar to­var-pul munosabatidir. Firmalar tovar ishlab chiqarsalar, xonadonlar uni sotib oladi, xonadon firmalarga resurs yetkazib beradi. Davlat idoralari va mahkamalari firmalar va xonadonlarga xizmat ko'rsatadi, ulardan esa resurslar va tayyor tovarlarni sotib oladi. Bozor tizimida ayirboshlash barter shaklida emas, balki pul vositasida oldi-sotdi qilish shaMida bo'ladi. Pul iqtisodiy aloqalarning yagona, univer­sal vositasiga aylanadi. Hamma narsani pul hal qiladi degani mana shunda. Pul vositasida har qanday oldi-berdi ishlarini, ya'ni to'lovlarni amalga oshirish mumkin bo'ladi.
Totalitar-rejali iqtisodiyot — bu davlatlashtirilgan ijti­moiy mulkka tayangan bir markazdan turib rejalashtirish-ga va boshqarishning ma'muriy-buymqbozlik usullariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Bu tizimga iqtisodiyotning hamma jabhalarini, ham resurslar, ham mahsulot va xizmatlarga davlatlashtirilishi xosdir. Bu yerda barcha moddiy resurslar davlat mulkiga aylantiriladi, hatto unga kinnay qolgan boshqa mulkka oid resurslar ham amalda davlat tasarrufida bo'ladi, lekin boshqa mulklar yuzaki e'tirof etiladi. Davlat va jamoa rttBlkiga ijtimoij mulk maqomi beriladi va bu xususiy mulk­ka qarshi qo'yiladi. Davlat mulki monopoliyasining o'rnatihshi iqtisodiyotni ham davlatlashtiradi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zamrligini davlat rejalari belgilab beradi. Totalitar tizimning belgisi reja-lashtirishning o'zini borligi emas, balki uni markazlashgan bo'lishi, nima qilinishini davlat yuqoridan belgilab berishi va shunga ko'ra resurslarai va yaratilgan mahsulotlarni taqsimlanishidir. Reja indikativ (tavsiyaviy) emas, balki majburiy bo'ladi. Reja qonun degan qoida bo'lib, bu davlat tasdiqlagan rejani hech kim buzishga haqli emas, degani bo'ladi. Rejalashtirish korxonalarni bir qolipga solib qo'yadi, uning oyoq-qo'li bog'lanib, tashabbusi bo'g'iladi. Uni nima ish qilishi, resursni qayerdan va kimdan olishi, mahsulotini kimga yetkazib berishini oldindan davlat rejasi-da belgilab qo'yiladi. Resurslar va tayyor mahsulotlar nar-xini ham davlat yuqoridan belgilab beradi. Narxlar qat'iy bo'lib, ularni hech kim o'zgartira olmaydi. Daromadlarning taqsimlanishi ham davlat belgilagan tartibda boradi. Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini davlat belgilaydi, ularni o'zgartirish ham davlat ixtiyorida bo'ladi.
Klassik yo'l — bu yo'ldan G'arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Yaponiya kabi mamlakatlar borgan. Bu yo'lda bozor munosabatlarining qaror topishi sekin-asta boradi va uzoq, deyarli 300 yil davom etgan (XVI—XIX asrlar). Bu tabiiy-tarixiy jarayon bo'lgan. Tabiatda bo'lgani kabi iqtisodiyotdagi o'zgarishlar o'z hohcha yuz bergan, uni tashqaridan turib tezlatish yoki sekinlashtirish yuz bermagan. Bozorga o'tish evolutsion (sekin-asta) va ko'p bosqichli taraqqiyot shakliga kirgan, bunda davlat faol ishtirok etmagan. Bozor iqtisodiyotiga xos belgilar
an'anaviy iqtisodiyot bag'rida paydo bo'ladi va kengayib boradi. Dastlab mayda tovar xo'jaligi paydo bo'ladi, so'ngra u qo'l mehnatiga tayangan, ammo yirik xo'jalikka aylanadi, nihoyat mashinalashgan yirik tovar ishlab chiqarishga o'tiladi. Dastlab an'anaviy tizimdan asov bozor iqtisodi­yotiga, so'ngra esa sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga kirib boriladi. Mustamlakachilikdan ozod bo'lgan mamlakatlar yo'li — bu yo'ldan XX asrning 60-yillaridan boshlab ko'pchilik, ozod bo'lgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari borgan. Bu yo'lning muhim belgisi birinchidan, an'anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga jadal o'tilishi, ikkinchidan mustamlakachilik davrida yaratilgan xorij sektori tusidagi bozor munosabatlaridan milliylashgan sektordagi, mustaqil tusdagi bozor munosabatlariga o'tilishidir. Agar ilgarilari bozor aloqalari qaramlik sharoitida kechsa, so'ngra milliy mustaqillik sharoitida yuz beradi, ya'ni ular xorij manfaatiga emas, balki milhy manfaatlarga xizmat qiladi. Bu yerda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo'jalik turlarining transformatsiyasi orqali yuz beradi. Birinchidan, azaliy natural xo'jalik bozor doirasiga tor-tilib, tovar xo'jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari o'sib chiqadi; ikkinchidan, kam rivojlangan, lekin real mavjud yirik xo'jalik bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutadi;
uchinchidan, xorijiy kapital yaratgan xo'jalik, ya'ni ishlab cWqarishning xorijiy sektori zaminida bozor iqtisodiyoti rivoj topadi. Bu yo'lning muhim belgisi shuki, bu yerda bozor munosabatlarining rivoji§a xos bosqichlarning ham-masidan o'tilmaydi, ularning ayrimlarini chetda qoldiriladi. Bu yerda qo'l mehnatiga asoslangan, lekin yollanma mehnatni taqozo etuvchi ishlab chiqarish bosqichini chet-lab, yirik mashinalashgan va bozorni mo'ljallagan ishlab chiqarishga o'tiladi. Bozor munosabatlari iqtisodiy qoloqlik vaziyatida tashkil topadi, shu boisdan ularning vujudga keli-shida chet el yordami muhim o'rin tutadi, chet elda to'plangan tarixiy tajribadan foydalanish imkoni mavjud bo'ladi. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o'tish--jarayonini tezlashtiradi. Chet el yordami va tajribasi bozor iqtisodiyoti tomon yo'lning nisbatan kam mashaqqatli va qisqa bo'lishi-ni ta'minlaydi.
^5. Totalitar rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Bu bozor iqtisodiyotiga o'tishnng eng so'nggi yo'li bo'lib, bu yo'ldan sobiq sotsialistik mamlakatlar va respub-likalar (bular hozir 32 ta davlat) boradi, ular yosh mustaqil davlatlarni tashkil etadi. Bu yo'l rejali tizimdan bozor iqti­sodiyotiga qaytish yo'lidir, bu bilan u boshqa yo'llardan farqlanadi. Bunda ilgari zo'rlik bilan tugatilgan bozor iqti­sodiyotiga qaytadan o'tiladi. Bu yo'lda rejali tizimdan merosga qolgan moddiy bazaga va tugatilib ulgurilmagan bozor aloqalariga, boshqa mamlakatlar to'plagan tarixiy tajribaga tayaniladi. Bozor va rejali tizim tabiatan har xil bo'lganidan rejali tizim bag'rida bozor munosabatlari qis-man yashirin saqlansada, ular yangidan hosil bo'lmaydi. Shu sababli rejali tizimni tugatish orqah bozor iqtisodiyoti shakllanadi. Bunga bozor islohotlari orqah, davlatning bevosita ishtiroki bilan erishiladi.
Bozor islohotlari xalq ishtirokida, lekin davlat tomo-nidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllan-tirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishidir. Islohotlardan oldin bozor iqtisodiyotiga o'tishning konsep-siyasi, ya'ni nazariy modeli yaratiladi. Shu konsepsiyada yangi iqtisodiyotga o'tishning umumiy jihatlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotning asosiy yo'nalish-lari belgilanadi. Konsepsiyaga tayangan holda bozor isloho-tini ta'minlovchi yuridik qonunlar majmuasi yaratilib, ular
hayotga joriy etiladi. Islohotlar kompleks xarakterda bo'ladi, ular iqtisodiyotning hamma sohalarida o'tkaziladi, bir soha isloh etilib, boshqasi eskichasiga qolsa, bozor munosabatlari shakllana olmaydi, binobarin, islohotlar samarali bo'lmaydi. Gap shundaki, bozor iqtisodiyotining har bir bo'linmasi yoki unsuri boshqasi bilan bog'langan, biri bo'lmasa boshqasi amal qila olmaydi. Bu tizim minglab firmalar, xo'jaliklar, millionlab kishilar faohyatining uzviy bog'lanishini bildiradi. Iqtisodiyotdagi yaxlitlikning o'zi unga taalluqli islohotlarni xalq xo'jahgining hamma jab-halarida o'tkazilishini talab qiladi. Bas shunday ekan, islo­hotlar chala-chulpa, yarim yo'lda qoladigan bo'lishi mumkin emas.
Islohotlar kundalik joriy iqtisodiy muammolarni yechish bilan cheklanib qolmay, strategik, ya'ni uzoq istiqboldagi maqsadlarni mo'ljallaydi.
Ularning pirovard maqsadi erkin demokratik iqtisodi-yotni yaratish va unga tayangan holda xalqqa yaxshi tur-mush sharoitini yaratib berishdir.
Bozor islohotlarining asosiy yo'nahshlarini mulk, agrar, narx, mohya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijti-moiy (sotsial) islohotlar tashkil etadi. Ularning birgalikda o'tkazilishi rejali tizimdan bozor munosabatlariga o'tishni ta'minlaydi. Bu o'tish jarayoni eng so'nggi bo'lsada, qisqa vaqt davom etadi. Bozor islohotlari yo'liga kirgan mam-lakatlarning bir qismi 10 yil deganda bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlar statusi (maqomi)ga ega bo'ldilar. Boshqalari bunga keyinroq erishadilar. Bozor iqtisodilyoti-ga o'tishning «0'zbek modeli» mavjud bo'lib, jahon tajri-basi, O'zbekistonning iqtisodiy salohiyoti va milliy xususi-yatlarini hisobga oluvchi taraqqiyot yo'h sifatida Prezident I.Karimov so'zi bilan aytganda: «0'zbek modeli» Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, iqtisodiyotni bir yoqlama beso'naqay rivoj-lantirishning muhim merosiga barham berishga asoslana-di» . Bizning model prezident asoslab bergan 5 tamoyil qoidasiga tayanadi. Bu tamoyillar quyidagicha: /

Iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash.


Davlat bosh islohotchi bo'lishi.
3. Qonunlar va ularga rioya etishningm ustuvorligiga erishish.
Faol ijtimoiy siyosat yurgizish.
Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, ijtimoiy larzalarsiz va bosqichma-bosqich o'tish1.
Bozor islohotlari O'zbekistonda shu tamoyillarga amal qilgan holda o'tkazildiki, bular mulkiy, infratuzilma, agrar, tarkibiy, moliya-kredit va narxlar islohoti bo'ldi. Islohotlar tufayli bozor tizimiga asos solindi, iqtisodiyot bozor qonun-qoidalari asosida rivojlana bordi.
«0'zbek modeli» hayot sinovidan o'tgan va o'zini oqlangan model hisoblanadi, chunki «Bu hayotimizning denarii barcha jabhalarida o'z tasdig'ini va isbotini topgan, ko'pchilik tomonidan tan olingan haqiqatdir»2.
Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi, qo'l mehnatiga o'rin qolmaydi, g'oyat unumli mashinalar ishlatiladi, resurslar tejalib, mod-diy to'kinlik ta'minlanadi. Ishlab chiqarish mutlaqo yangi ilmtalab texnologiyani qo'llaydi. Bu ish kuchi sifatiga bo'lgan talabni mislsiz oshiradi. Natijada malakali mehnat ham cheklangan resursga aylanadi, shu sababli mehnatning malakali turlarini tanlash imkoni tug'iladi. Ish kuchini tayyorlash sarfi oshadi. XXI asr bo'sag'asida AQSHda bitta bolani o'stirib, o'qitib va kasb berish sarfi (18—20 yoshga qadar) 400 ming dollarga borib qoldi. Agar bozor tizimi-ning ilk bosqichida oddiy ish kuchi talab qilinsa va u kera-gidan ortiqcha bo'lsa, aralash iqtisodiyotda o'ta malakali ish kuchi kerak bo'ladi va u noyob resursga aylanadi. Shuning uchun yaratilgan daromadlarning talaygina qismi-ni (60—80%) ish haqi tashkil etadi. Buning uddasidan chiqqan korxonalar va sohalar noyob resursga ega bo'ladi-lar va raqobatda yutib chiqadilar.
Aralash iqtisodiyotda mayda biznes rivojlanadi, bu kishilarni yollanib ishlamasdan o'zi tadbirkorlik bilan shug'ullanishiga imkon beradi. Bunga bo'sh pul kapitali-ning ko'pligi va uni arzonga olib ishlatish mumkirdigi, nainitexnologiyaning borligi qo'l keladi. Aralash iqtisodiyot­da asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va davlat mulki. Ammo birinchi va ikkinchi mulk shakli asosi-da xalq korxonalari tashkil topadi, ular ishlab chiqaruvchi-larning o'ziga qarashli fermer xo'jaliklari, firmalar va kom-paniyalardan iborat bo'ladi. Korxonalarni ishchi-xiz-matchilar jamoasi va kasaba uyushmalari tomonidan sotib ohsh yuz beradi. Xalq korxonalarida ishlab chiqaruvchilar ayni bir vaqtda mulk egasi ham bo'lishadi, shunday kor-xonalarda o'z manfaati, o'z farovonligi uchun ishlash yuz beradi. Mulk monopoliyasining yo'qligi yoki uning qattiq cheklanganligi o'z navbatida ish kuchini yollash monopo-liyasini ham yo'qqa chiqaradi. Ish kuchini jalb etish uchun
raqobat ketgan sharoitda ishlab chiqarishdan kelgan daro-madni ishchilarning mehnatiga va mulkiga qarab taqsimlash yuz beradi. Yuksak malakali va saviyasi baland ishchilar xalq korxonasi jamoasining o'zagi hisoblanadiki, ularning unumh mehnatisiz raqobatda yengib chiqishi mumkin emas. Malakali ishchilar qo'nimli va ularning salmog'i katta korxonalarda odatda foyda ham yuqori bo'ladi.

Download 141,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish