1. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» iqtisodiyot fanining faktologiya va
metodologiya asoslarini ta’minlovchi fan sifatida ahamiyatli. Zero, bu fan
iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Hozirgi davrda iqtisodiyot har
bir inson hayotiga jo ‘shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to
‘g‘risida imkoni boricha ko'proq bilishga intilmoqdalar. Shunday ekan,
iqtisodiyot fanini o‘rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ulishi
tabiiy. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanlar tizimida katta o‘rin tutadi. U «Iqtisodiy
nazariya»ni to ‘ldirish bilan birga, m a’lum mustaqil vazifa ham bajaradi. Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi iqtisodiy ta’limda, iqtisodchilar tayyorlashda, ulaming malakasini
shakllanishida ham muhim o ‘rin tutadi. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiy
bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi tahlili butun ijtimoiy taraqqiyot jarayoni,
quldorlik tuzumidan boshlab barcha tarixiy davrlami o‘z ichiga oladi. «Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi» fan sifatida kishilik jamiyati taraqqiyotining asosini tashkil
etuvchi iqtisodiy tizimlaming shakllanish tarixini aks ettiradi, hozirgi zamon
iqtisodiy konsepsiyalarining mazmun-mohiyatini ifodalab beradi. «Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi» fani predmeti insoniyat taraqqiyotini turli bosqichlarida
iqtisodiy bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, ilmiy konsepsiyalarning vujudga kelishi,
ularning kurashi, almashuvi, iqtisodiy tafakkurdan o‘rin topib borishi, bugungi
iqtisodiy qadriyatlar qanday bosqichlardan o‘tib, sayqallanganini bildiradi.
2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti bo‘lib bu ma’lum davrlardagi u
yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy
g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayonini
o‘rganadigan fandir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan
iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarning shakllanish va
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili
yozuv ixtiro etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha
tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi. «Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi» fani predmeti insoniyat taraqqiyotini turli bosqichlarida
iqtisodiy bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, ilmiy konsepsiyalarning vujudga kelishi,
ularning kurashi, almashuvi, iqtisodiy tafakkurdan o‘rin topib borishi,
bugungi iqtisodiy qadriyatlar qanday bosqichlardan o‘tib, sayqallanganini
bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |