3.Prognozlashning ekspert (logiko-evristik) usullari.
Prognozlarni ishlab chiqish uchun jamoa ekspert baholash usulining mohiyati ayrim mutaxassislar ilgari izohlab bergan prognozlash ob’ektini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlar fikrlarning muvofiqligini aniqlashdan hamda boshqa usul (masalan, tahlili hisob-kitob, sinov va h.k.) bilan aniqlashga imkon bo‘lmaydigan ob’ektni rivojlantirish jihatlarini baholashdan iborat.
Jamoa ekspert baholash usulining mazmuni quyidagilardan iborat.
Birinchidan, ekspert baholashni olib borishni tashkil etish uchun ishchi guruh tuzilib, ularning vazifalari so‘rovnova o‘tkazish, materiallarni qayta ishlash va jamoa ekspert baholash natijalarini tahlil qilishdan iborat bщladi. Ishchi guruh mazkur sohaning rivojlanish istiqbollariga ta’alluqli savollarga javob berishga ma’sul bo‘lgan ekspertlarni taynlaydi. Prognozni ishlab chiqish uchun jalb qilinayotgan ekspertlar soni ob’ektning murakkabligiga qarab 5 tadan 50 tagacha bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, ekspertlarni so‘rovnoma o‘tkazshni tashkil etishdan oldin ob’ektni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashtirish va bosh maqsad, unga erishish vositalarini aks ettiruvchi matritsani tuzish lozim. Bunda dastlabki tahlil qilish chog‘ida mutaxassislar guruhi bilan hamkorlikda qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun eng muhim maqsadlar aniqlanadi. Maqsadga erishish vositasi deganda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarning yo‘nalishlari tushunilib, ularning natijalari prognozlash uchun amalda bevosita foydalanilishi mumkin. Bunda ilmiy tadqiqotva ishlanmalarning yo‘nalishlari bir-biri bilan kesishmasligi mumkin, ushbu holatda o‘zaro kelishuvga yщl qo‘yilmaydi, fikrlar alohida bo‘lishi shart. .
Jamoa ekspert baholashning keyingi bosqichi savollarni tuzishdan iborat. Ular keyinchalik ekspertlarga taqdim etiladi. Savollarning shakli jadval ko‘rinishida ishlab chiqilishi mumkin, ammo ularning mazmuni prognoz qilinayotgan ob’ekt yoki tarmoqning ixtisosligiga mos kelish kerak. bunda savollar muayyan tarkibiy-ierarxiya chizmasi bo‘yicha tuzilishi, ya’ni keng savollardan tor savollarga, murakkab savollardan oson savollarga o‘tilishi lozim.
Uchinchidan, ekspertlarni so‘rovdan o‘tkazish paytida alohida savollarning bir martadayoq tushunish hamda ekspertlarning fikr yuritish erkinligini ta’minlashi lozim.
To‘rtinchidan, ekspertlarning umumiy fikrlari va shaxsiy baholashning muvofiqlik darajasini tavsiflab beruvchi jamoa ekspert baholash materiallarni qayta ishlash ishlari olib boriladi. Ekseprtlarning baholash ma’lumotlarini qayta ishlash progozli gipoteza va sohaning rivojlanish variantlarini sintez qilish uchun boshlang‘ich material sifatida xizmat qiladi.
YAkuniy baholash barcha ekspertlarning o
Mavzu: IJTIMOIY JARAYONLARNI VA AHOLI TURMUSH DARAJASINING O‘SISHINI PROGNOZLASHTIRISH
Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |