18.1.–chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar.
18.1.-chizmadan ko’rinadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda ko’’aytirilishi mumkin:
1) resurslarning ko’’roq hajmini jalb etilishi;
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan.
Res’ublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo’llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining o’sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to’g’ri keluvchi asosiy ka’ital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida, ka’italning hajmi mutloq ko’’ayishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o’ssa, mehnat unumdorligi ‘asayadi, chunki har bir ishchining asosiy ka’ital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta’lim va malakali tayyorgarlik mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Inson ka’italiga investistiyalar qo’yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O’z-o’zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko’rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda res’ublikamiz iqtisodiyotida band bo’lganlarning 30%ga yaqini oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega. Lekin oliy va yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lganlar, aniq sohalardagi bilimlari darajasi bo’yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va ko’’chiligi o’z mutaxassisligi bo’yicha faoliyat turida band emas. Shu sababli keyingi yillarda res’ublikamizda maktab, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida ta’lim berishning ‘rogressiv tizimlari joriy qilinmoqda, kasb-hunar kollejlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Res’ublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda»1.
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo’ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda res’ublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga jalb qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |