Yakuniy nazorat N°1
Savollar
1.Internet of things – buyumlar interneti.
2.C2C raqamli savdo platformalari.
3.Korxona va tashkilotlarda elektron xizmatlar ko’rsatishning afzalligi va kamchiliklari.
Javoblar
1.«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining о‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan о‘rtaga tashlangan edi. Unga kо‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy rо‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan texnik vositalar, masalan, kо‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil tо‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qо‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar – masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bо‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish kо‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya’ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali о‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bо‘lgani bu – erinchoqlikdir. О‘sha Romki ham tosterni о‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bо‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qо‘yasiz. Ular esa, internet orqali о‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini kо‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qо‘yib yoqib qо‘yadi. Zо‘r-a? Tо‘g‘rimi? Bu – buyumlar internetining birinchi muddaosi.
2.C2C-sxemasi yoki iste’molchidan-iste’molchiga. C2C-sxemasida ikkita iste’molchi bir-biri bilan savdo-sotiqni amalga oshiradi. Bunda ularning hech biri yuridik ma’noda korxona maqomiga ega bo‘lmaydi. Ammo, C2C-sxemasida elektron tijoratni amalga oshirish uchun maxsus internet-maydoncha, ya’ni vositachi sayt bo‘lishi lozim. Odatda, C2C-sxemasidagi tijoriy operatsiyalar internet-auksion saytlarida amalga oshiriladi. Bunday turdagi saytlar ichida hozirda AQShning “eBay” internet-auksioni butun dunyo bo‘ylab mashhurdir.
3.Bugungi kunda biznesni boshqarishning optimal strategiyalari uzoq muddatli raqobatdosh ustunlikni yaratish va kompaniyaning investitsion jozibadorligini oshirishning asosiy omiliga aylanmoqda. Samarali boshqaruv pul yoki moddiy boyliklar kabi resursdir. Aynan shu resurs doimiy ravishda o’zgarib turadigan bozor kon’yunkturasiga dinamik javob berishga, korxona faoliyatining barcha jabhalarini nazorat qilishga, qiyinchiliklarni tezda aniqlashga va hozirda eng zarur bo’lgan joyda harakatlarni jamlashga yordam beradi. Biz doimo Rossiya korxonalari G’arb ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha olmasligini, bizning texnologiyalarimiz unchalik rivojlanmaganligini va rus mahsulotlarining sifati xorijiy hamkasblaridan juda past ekanligini eshitamiz. Muammo shundaki, rus menejerlari kamida ikkita boshqaruv muammosiga duch kelishdi: · Ma’lum bo‘lishicha, korxona faoliyatini tahlil qilish va rejalashtirishda ilgari qo‘llanilgan ko‘rsatkichlar va tartiblar (masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi) muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon bermaydi; · Raqobatchilarning paydo bo’lishi nafaqat odatiy super-foydani olishga to’sqinlik qila boshlaydi, balki uni ba’zan nolga tushiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |